Jinsiy munosabatlar haqidagi 10 ta sir

Chorshanba17:34


Jinsiy aloqa er-xotin munosabatlarida eng asosiy hisoblanmasa ham, u juda muhimdir. Oiladagi totuvlik ham jinsiy munosabatlarda muammo bo'lmasligiga bog'liq.
Afsus, yillar o'tib, 10-15 yil birga yashagan er-xotinda jinsiy munosabatlar o'z boyligi, ehtirosi, kuchi va romantikasini yo'qotib boradi. Qanday qilib bunga yo'l qo'ymaslik mumkin?

Jinsiy aloqa asosiy bo'lmasa ham, u bo'lmasligi yaxshi emas.

Er-xotin har kuni yoki har ikki kunda jinsiy aloqa qilishi shart emas. Umuman aloqalar haftada necha marta bo'lishi emas, ularning er-xotin uchun yetarli bo'lishi muhim. Jismoniy yaqinlik natijasida ruhiy yaqinlik ham kuchayadi. Agar er-xotin borgan sari kamroq jismoniy aloqada bo'lsa, ular orasida ruhiy uzoqlashuv paydo bo'la boshlaydi, bu esa o'z navbatida yana jismoniy sovuqlikka olib keladi.

Bir-biringizni nafaqat tunda, balki kun mobaynida erkalash haqida unutmang.

Kopincha juftliklar jismoniy yaqinlashuvni faqat jinsiy aloqadan oldin amalga oshiradilar. Agar yaqin daqiqalarda jinsiy munosabatga imkoniyat bo'lmasa, demak bir-birini tegish, silash, erkalash ham mumkin emasdek tuyuladi. Psixolgolarning fikricha, kun mobaynida natijasi jinsiy aloqa bo'lmasa ham, er-xotin bir-birini erkalab turishi ular orasidagi jismoniy yaqinlikni kuchayishiga olib kelar ekan.

Biron xafagarchilikdan so'ng yarashish jinsiy aloqa bilan yakunlansin.

Qattiq kelishmovchilik natijasida er-xotin xa ... Читать дальше »

Erkakning qoniqishi!

Chorshanba17:15


Uning mohiyati nimada?
Tabiatan jinsiy aloqa erkak uchun jismoniy ehtiyojdir. Erkakning gormonal va jismoniy holatiga bog'liq ravishda bu ehtiyoj kuchli, normal va sust bo'lishi mumkin. Agar hayvonot olamida jinsiy aloqa nasl qoldirish uchun ro'y bersa, insoniyatda jismoniy lazzatlanish va ruhiy qoniqish uchun ham amalga oshiriladi.
Erkak uchun har bir aloqa orgazm bilan yakunlanadi. Ayoldan farqli o'laroq erkakda u aloqaning oxiridagina namoyon bo'ladi. Ayolda esa butun jarayon hissiyotga boy bo'lishi mumkin. Aynan mana shu farq erkakni aloqadan ruhiy qoniqishi shart ekanligini ko'rsatadi.

Bu nima degani?
Ayol har safar ham aloqadan lazzatlana olmaydi. Buning uchun uning va erining bunga qo'shgan hissasi bo'lishi kerak.
Erkak orgazmi uchun esa aloqani yakunlashdan boshqa hech qanday qo'shimcha harakat talab etilmaydi. Ya'ni yonida qanday ayol bo'lmasin, go'zalmi yo'qmi, mahorati bormi mahoratsizmi, erkak baribir aloqa natijasida jismonan qoniqadi. Nega unda ba'zida u qoniqmagandek bo'ladi? Sababi, unga ruhiy qoniqish ham kerak.
Jismoniy qoniqish unga yetarli emas, ayolga ham erkakka ham jinsiy aloqadan ruhiy qoniqish talab etiladi. Aynan shu ruhiy qoniqishni o'z ayolida topa olmagan erkak boshqa jinsiy munosabatlarni izlashni boshlaydi.

Ruhiy qoniqishni erkakka nima beradi?
Ayoli! Aloqa davomida erkak ruhan qoniqishi uchun ayolining ozg'in-to'laligi, go'zalligi, kelishganligi hech qanday ... Читать дальше »

Turmushimdan charchadim

Chorshanba17:09


Shunday ham bo'lib turadi...Ajrashish?
Yo'q, hech qachon ajrashishga shoshilmang, bu haqda hatto o'ylamang ham. Chunki turmushdagi muammolarni bartaraf etish mumkin va kerak, bu faqat sizning qo'lingizda!

Qanday qilib?
Hech bir turmush muammosiz bo'lmaydi. Istaymizmi yo'qmi, lekin har bir juftlikda bir davr boladi-ki, ular bir-biridan yiroqroq bo'lishga intilib qoladilar. Kimdadir bu hissiyot kuchli namoyon bo'lsa, kimdadir(baxtliroq juftliklarda) bu holat bir necha kun davom etadi. Nima bo'lganda ham turmushdan charchagan payt hammada bo'ladi. Bu degani siz baxtsiz emas, siz biroz dangasalik qilyapsiz deganidir. Erkak bo'lsangiz, yaxshi pul topib ishlayotgan bo'lishingiz mumkin, ayol bo'lsangiz, oshxona ishlarini bir maronda olib borayotgan bo'lishingiz mumkin, lekin turmushingizdan charchayapsizmi, demak o'z hayotingiz ustida ishlashga dangasalik qilayotganingiz aniq.

Turmush esa, ayniqsa baxtli turmush tinmay mehnatni talab qiladi. Munosabatlar ustidagi mehnat!
Bir eslang, siz turmushga chiqqaningizda yoki o'ylanayotganingzida qanday edingiz? Turmush o'rtog'ingiz qanday edi? Nahotki yillar o'tib siz yoki turmush o'rtog'ingiz o'sha-o'sha bo'lib qolaverasizlar, deb o'ylasangiz? Yoki undan yomoni nega turmush o'rtog'im boshida bo'lgani kabi emas deb nolib yurgan bo'lsangiz?. Shuni bilingki, siz hatto ideal insonga turmushga chiqqan yoki o'ylangan bo'lsangiz ham turmushingizni baxtli qilish ustida ishlamasangi ... Читать дальше »

Tuqqandan so'ng qorinni bog'lab olish natijasi

Chorshanba16:55


Onalarimizning ta'kidlashicha, tuqqan ayol belini (qornini) bog'lab olsa, birinchidan beli og'rimas, ikkinchidan qorni osilib qolmas ekan.
Bu haqda biron aniq tadqiqot mavjud emas. Undan tashqari shifokorlarning ta'kidlashicha uzoq vaqt mobaynida belni bog'lab yursa, bel mushaklari bo'shashib qoladi va belbog' yechilganidan so'ng og'rishi mumkin.
Darhaqiqat, ba'zida ota-bobolarimizdan qolgan odatlar minglab tadqiqotlardan ustunroq bo'la olarkan. Xususan, tuqqandan so'ng belni bog'lash haqidagi odat. Tuqqandan so'ng belni bog'lab yurish juda kerak ekan!
Tuqqandan so'ng ayol bachadoni 1-3 kun mobaynida keskin qisqarib undan ko'p miqdorda qon ajralishi kuzatiladi. Shu davr o'tgach, Ultra tovushli diagnostika bachadonda hech qanday qoldiq yo'qligini tasdiqlagach, bemalol qorinni bog'lab olish mumkin.
Qorinni har kuni, iloji bo'lsa tunda ham qattiq bog'lab olish kerak.
Bog'lov qattiq bo'z yoki cho'zilib ketmaydigan chitdan bo'lishi lozim. Razmeri bir choyshapchalik bo'ladi. Uni engli(20-25 sm) qilib taxlab belbog' shakliga keltirasiz. So'ng qalin tomonini qoringa qo'yib, bel tomondan bitta o'girib yana qoringa keltirib qattiq bo'glab olasiz






... Читать дальше »

Tuqqandan so'ng homiladorlikdan saqlanish usullari

Chorshanba16:53


Qo'lda chaqaloq bilan yangi homiladorlikdan saqlanish masalasiga jiddiy yondashish lozim. Bu onaning sog'lig'i uchun, o'sayotgan chaqaloqning jismoniy va ruhiy rivojlanishi uchun ham muhimdir.
1. Eng ishonarlik va bezarar usul bu prezervativdir. U foydalanishda qulay, erkak yoki ayol salomatligiga, hatto emayotgan bola salomatligiga ham hech qanday salbiy ta'sir ko'rsatmaydigan deyarli 99% samaraga ega bo'lgan saqlanish usulidir. U nafaqat rejalashtirilmagan homiladorlikdan, balki ko'plab jinsiy kasalliklardan ham himoya qiladi.
2. Gormonal kontrasepsiya vositalari. Bola tug'ilgach kamida 6 haftadan so'ng foydalanish mumkin. Ba'zi tadqiqotlarning ta'kidlashicha, emayotgan bola salomatligiga salbiy ta'siri mavjud emas. Lekin gormonal tabletkalar tufayli onada vazn oshishi, ba'zida bosh og'rishi kuzatilishi mumkin. Kam hollarda uzoq vaqt davomida qabul qilingan gormonal vositalar ko'krak saratoniga moyilligi bor ayollarda saraton kasalligini qo'zg'atib yuborishi mumkin. Undan tashqari gormonal tabletkalar qabul qilishning kamchiligi shundaki, ularni har kuni bir vaqtda o'tkazib yubormay ichish shart. Aks holda, homiladorlikdan saqlash samarasi pasayadi va onaning gormonal salomatligi buziladi.
3. Bachadon ichi vositalari. Ular mexanik va gormonal turlarga bo'linadi. Gormonal turining samarasi va ta'siri gormonal tabletka singari namoyon bo'ladi. Mexanik vositalar homiladorlikdan 98%ga saqlaydi, lekin ba'zi ayollarda bachadon yallig'lanishini keltirib chiqar ... Читать дальше »

1 2 3 ... 42 43 »


Diqqat !!! Saytdagi barcha materiallar ma'lumot uchun qo'yilgan. Agarda sizda jiddiyroq savol paydo bo'lsa, albatta shifokorga murojat eting!
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saboq.ORG saytiga qay darajada muhlissiz ?!
Всего ответов: 56
Saytga Kirish

Hisobot


Savol-Javob

    Ёш: 23

    Савол: Assalomu aleykum.Men onanizm bn uzoq muddat shugillandim toki sizni saxifangizni uchratguncha.u yerda yozgan va keltirib chiqaradigon zararli oqibatlarni bilganimdan kegin to'xtadim.Ammo Hozirgacha nafsim bn olishyapman.Uylansam ayolimi oldida hijolat bub qomimanmi avvalgidak tarang buladimi.Sizdan ALLOH rozi bulsin

    Жавоб: Tarang bo`ladi, konglingiz tolmasa uylanishdan oldin korik, tekshiruvlardan song proflaktik davolash otqazib oling

Bilasizmi ?

    Bilasizmi - Dunyoda eng yosh Ota-Onalar
    1910-yilda xitoyda bo'lgan. Ulraning yoshi
    8 yoki 9da bo'lgan.