Dushanba18:30
Ko‘pchilik ota-onalar farzandi o‘smayotanidan xavotirga tushadi. Lekin ko‘p holatlarda bu o‘rinsiz bo‘lib chiqadi. Chunki ozgina vaqt o‘tishi bilan bola tezlik bilan o‘sib ketadi. O‘sish jarayoni ma’lum qonun-qoidalarga asoslanadi. Eng tez bo‘y cho‘zilishi hayotning birinchi yilida kuzatiladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqning bo‘yi o‘rtacha 48 – 50 sm ni tashkil etadi. Bir yil davomida u 25 sm ga o‘sadi. Demak, 75 sm ga yaqin bo‘yga ega bo‘ladi. Yildan yilga uning o‘sishi pasayib boradi. Bola ikkinchi yili 8 – 12 sm ga, uchinchi yili 10 sm ga cho‘ziladi. Keyingi yillarda o‘sish 4 sm ga tushib qoladi. Sog‘lom bolalar o‘sish davrida “sakrash” bosqichini bosib o‘tadi. Bu tabiiy holat bo‘lib, birinchi sakrash 4-5 yoshlarda kuzatiladi. Ikkinchi sakrash esa balog‘at davriga to‘g‘ri keladi. Bu davrda bolalar juda tez, xuddi ikki yoshliklaridagidek yiliga 8 – 10 sm ga o‘sadi. Qizlarda bu 1 – 2 yil oldin sodir bo‘ladi, lekin o‘g‘il bolalar bo‘y borasida keyinchalik qizlarni orqada qoldirib ketadi. Sakrash paytida bolalar o‘zini yomon his qila boshlaydi. Chunki muskullar, ichki organlar bolaning bo‘yiga yarasha ishlay olmaydi. Buning natijasida b
...
Читать дальше »
Dushanba16:58
Naushnikning zarari! Bilib oling. Kundalik hayotimizda har bir buyumning o’z o’rni bor. Ba’zilari hayotimiz uchun zarur, boshqalari esa hayotimiz, sog’lig’imiz uchun zararli buyumlardir. Texnika kundan-kunga rivojlanib, biz uchun qulay bo’lgan yangidan-yangi buyumlar ixtiro qilinyapti. Shular jumlasidan kompyuter, uyali telefon, player, naushniklarni misol qilib olishimiz mumkin. Xo’sh, bu buyumlar bizning hayotimizda qanchalik muhim ro’l o’ynaydi? Bugungi kunimizni uyali telefonsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Katta-yu kichikda telefon. Hatto maktab o’quvchilarida ham. Kompyuter, uyali telefondan uzoq vaqt tinimsiz foydalanilganda, uning inson hayoti uchun zararli tomonlar haqida ko’p marotaba so’z yurutildi. Lekin uyali telefon naushnigining ham zararli ekanligini bilasizmi? Naushnik uyali telefondan kelayotgan radiatsiyani kamaytirar ekan. Lekin bu moslamadan noto’g’ri foydalanish oqibatida esa eshitish organlariga zarar yetadi. Odam qulog’i sog’lom bo’lganida 10-15 detsibel tovushlarni payqay oladi. Aslida barglar to’kilayotganda 20, sekin ovoz bilan so’zlashganda 20-30, soat chiqqillashida 30, suhbat jarayonida 30-35 detsibel tovush hosil bo’ladi. Uyali telefon naushnigida esa 120 detsibel tovush hosil bo’ladi. Bunday baland tovush <
...
Читать дальше »
Seshanba00:49
Mashhur bolalar yozuvchisi Astred Lindgrenning fikricha, dunyodagi vahshiylik bolalar xonasida boshlanar ekan. 1979 yilda Astred Lingredning bir nutqidan so'ng Shvetsiya birinchi bo'lib bolalarni oilada urish mumkin emasligi haqida qonun chiqaradi. Astred Lingred o'z nutqida quyidagi hikoyani so'zlab beradi: Bir ona hech qachon farzandini urmaslikka o'ziga va'da beradi. Lekin shunga qaramay, bir kuni o'g'lining bir nojo'ya harakati tufayli uni jazolamoqchi bo'ladi. U davrlarda bolani chiviq bilan urish keng tarqalgan jazo turi edi. Shunda ona o'z farzandiga borib ko'chadan bir nechta chiviq olib kelishini buyurgan. U chiviq bilan urib uni jazolashini bolasiga aytgan. Bola uzoq vaqtga yo'q bo'lib ketib, birozdan so'ng ko'zi yoshdan ishib ketib kelgan. Faqat qo'lida chiviq emas kattagina tosh bo'lgan. Onasi hayron bo'lib, toshga qarasa, bola unga yig'lab: "Chiviq topa olmadim, lekin meni jazolash uchun shu toshni topib keldim, uni menga otsangiz bo'ladi", degan. Shunda ona ushbu holatga bolaning ko'zi bilan qaragan. "Onam menga og'riq keltirmoqchi bo'lsa, nima farqi bor, qanday yo'l bilan unga erishadi, chiviq bilan uradimi yoki menga tosh otadimi..." Shunda ona yig'lab yuboradi. Kim bolasiga tosh ota olarkan...unda chiviq bilan urishning undan nima farqi bor?
...
Читать дальше »
Shanba01:41
Eshitgandirsiz... Onalar o‘rtasida qizlar tarbiyasiga oid gap ketsa, ko‘pincha «Oq qanddek avaylab, gard yuqtirmay o‘stirdim», deyishadi. Oq qand... Darhaqiqat, juda nozik o‘xshatish. Nozikligi shundaki, oq qandga biror gard yuqsa, uni tozalash qiyin — gard tekkan joyini kesib yoki qirqib olib tashlash kerak. Ko‘pincha esa gard tekkan qand bo‘lagi mol oxuriga yoki parranda donlari orasiga tashlab yuboriladi. Qiz bolaning nomiga ilashgan yomon dog‘ — isnodning ketishi shuncha qiyin. Ba’zida ko‘rmayin bosilgan tikan jabrini bir umr tortib yurishga to‘g‘ri keladi. Ba’zan u kishini umrbod gumon, shubha, demakki, baxti bekamlik emas, baxti kemtiklik qiynog‘iga solib qo‘yadi. Hammasiga ko‘pincha o‘ylamay ish qilish, iroda jilovining bir-ikki daqiqaga bo‘sh qo‘yilishi sabab bo‘ladi. Qiz bolaning sha’ni... Bu haqda juda ko‘p va har so‘ziga alohida urg‘u, alohida salmoq berib gapiriladi. Insoniy fazilatlar, ma’naviy qadriyatlar haqida so‘z ketsa ayni shular kiz bolada eng oliy darajada bo‘lishi talab qilinadi. Axir u qiz bola-da! Millatning kurki, millatning kelajagi. Qiz bola shunchaki qiz bola bo‘lib qolishi mumkin emas. U juda nazokatli, iffatli, iboli, sabrbardoshli, oqila, mehribon... bo‘lishi kerak. Hatto qiz bolaga berilgan nisbat, o‘lchov, mezonlar ham o‘rtamiyona
...
Читать дальше »
Shanba01:38
Qiz bola bilan o‘g‘il bolalar, birinchi navbatda, avratlari, jinsiy a’zolari bilan farq qiladilar. Jinsiy a’zolar — nayel, zurriyot qoldirish a’zolaridir. Bunday a’zolar ichki va tashqi a’zolarga bo‘linadi. Ichki jinsiy a’zolar endokrin (tirik orga-nizmni boshqaruvchi) apparat funksiyasini ham bajaradi; ular erkak va ayollarga moye jinsiy gormonlar ishlab chiqaradi. Bu gormonlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri qonga tushib, shu jinsga xos ikkilam-chi jinsiy belgilarning o‘z vaqtida yuzaga kelishi va organizmda fiziologik jarayonlarning maromida kechishini ta’minlaydi. Qizlarning ichki jinsiy a’zolari qin, bachadon, uning naylari (tuxum yo‘llari) va tuxumdondan iborat. Qin — naysimon, muskulli, elastik a’zo bo‘lib, qizlarning qizlik pardasi-dan boshlanib, bachadon bo‘yni yopishadigan joyda tugaydi. Qiz bolalarda qin teshigi yupqa parda (qizlik pardasi) bilan beki-lib turadi. Parda o‘rtasida kichkina teshik bor. Birinchi jinsiy aloqada qizlik pardasi yirtiladi. Qin shirasi (sekreti) oqim-tir, o‘ziga xos hidli bo‘lib, qin shilliq pardasini ozgina namlab turadi. Sog‘lom ayol qin chiqindilarini sezmaydi. Bachadon — toq, kovak a’zo bo‘lib, muskullardan tuzilgan, u kichik chanoq bo‘shlig‘ida qovuq bilan to‘g‘ri ichak orasida joylashgan, shakli nokka o‘xshaydi; homila shu yerda yetiladi. Uning yuq
...
Читать дальше »
Seshanba01:38
10-11 ёшдан бошлаб сизнинг организмингиз аёл бўлишга тайёрланади. қад-қоматингиз аёлларникига хос равишда ўзгара бошлайди. Яна 3-4 йилдан кейин танангиз ўзгаради. Қизларнинг балоғат ёшига етганининг асосий белгиларидан бири ҳайз (менструация) кўришдир. Қизлар биринчи ҳайзни 10-15 ёш орасида кўрадилар. Гимнастика, балет ёки спорт билан шуғулланадиган қизлар кечроқ ҳайз кўришлари мумкин. Биринчи ҳайз тўсатдан келади. Бу пайтда қизлар организмларидаги ўзгаришлардан қўрқиб кетишлари мумкин. Асло қўрқиш керак эмас, ҳамма нарса ўз навбати билан келяпти. Шу пайтдан бошлаб ҳар ойда бир марта ҳайз кўришингиз керак. Бундай пайтда қизлар турли хил тампонлардан эмас, бир неча қават дока ёки гигиеник пакетлардан фойдаланганлари маъқул. Докалар ишлатилганидан кейин тоза ювилиб, кейин дазмолланади. Гигиеник пакетларни эса бир марта ишлатиб бўлгач, қоғозга ёки целлофан пакетга ўраб, чиқинди челагига ташлаб юбориш мумкин. Агар сиз 15 ёшдан ўтиб кетдингизу, лекин ҳали ҳайз кўрмаган бўлсангиз ёки 3 ой ҳайз кўрганингиздан кейин у номаълум сабабларга кўра тўхтаб қолган бўлса, онангиз билан шифокорга мурожаат қилганингиз дуруст. Ҳайз кўриш уч кундан етти
...
Читать дальше »
Yakshanba03:59
Ўтган хафта Гўзал ёш келинчак тўғрисида мақола ёзганди. Мақолада бир аёлнинг 15 ёшли қизи хомиладор бўлиб қолади, ва бу опа қизини эрга беришга мажбур бўлади. Охири оқибати, қиз бола туғишда жароҳатланади, ва бир умирга боласизликка чалинади. Албатта, бундай холлар ҳар бир хазон.ру сайтидан олинди оилада учрамайди, лекин аминманки, ҳар бир ота-она бундай фожеа уларнинг оиласида содир бўлишидан қўркади. Ўн беш ёшли қиз ва йигитлар биологик жиҳатдан аллақачон жинсий алоқага тайёрлиги аниқ. Гап шундаки, улар руҳан бунга тайёр эмаслар. Бизнинг жамиятимизда, ота оналар болалари билан бу тўғрисида умуман гапирмайди, уят хисобланади. Лекин бу тўғрими? Агар сиз ой кўришни бошлаган қизингизга баданига нима бўлганини тушунтирмасангиз, у бу маьлумотни дугоналаридан изламайдими? Ёки овози ёғонлашиб, гормонлари ошиб кетган йигитга нима бўлаетганни ким тушунтириши керак? Албатта ўспиринларда бундай саволлар туғилади, улар жинсий уйғониш тўғрисида билгиси келади, бу – факат табиий. Уларга жинсий алоқа тўғрисида ўргатишимиз керакми? Ёки тўй кунигача кутишимиз маьқулми? Малика
manba: Hazon.ru
Yakshanba03:58
— Оилада қиз туғилди. Ўзбек оилаларида қиз боланинг иффатли, латофатли ва назокатли бўлиб ўсишига мурғаклик давриданоқ алоҳида эътибор берилади. Хўш, қиз болалар жинсий тарбиясида нималарга аҳамият бериш зарур? — Албатта қиз боланинг жинсий тарбиясида кўплаб ўзига хос жиҳатлар мавжуд. Аксари ота-оналар гўдак қизалоқларидаги айрим меъёрий ҳолатларни дард аломатлари деб ўйлашади. Хусусан, гўдак сийналари, яъни сут безларининг вақтинчалик бироз қаттиқлашиши ёки гоҳида қизалоқ жинсий йўлларидан бирозгина қизғиш суюқлик чиқиши ўткинчи меъёрий ҳоллардир. Қиз бола, тетапоя бўла бошлаган даврданоқ ташқи таъсиротларга ўта сезувчан бўлади. Қизалоқ бир ёшга тўлгунга қадар унинг суяк тузилиши тўғри ривожланишига аҳамият бериш зарур. Жумладан, рахит касаллигида скелет мускулатураси тонусининг ошиши қиз бола чаноғининг тор ва яссироқ бўлиб қолишига олиб келади. Бу ҳол ўз навбатида жинсий аъзолар ривожига ҳам акс таъсир кўрсатади. Гоҳо улғайиб турмуш қурилганда одатий туғруқ йўлларининг торлиги боис, туғиш асоратли кечишига ҳам болалик давридаги бефарқ муносабат сабаб бўлиши мумкин. Гўдак беқиёс она сути ва табиат неъматларидан
...
Читать дальше »
Seshanba01:34
Фарзанд – ширин неъмат, дейишади. Бу исбот талаб қилмайдиган ҳақиқат. Ва ҳар бир киши ўз фарзанди учун мукаммал ота ёки она бўлишга ҳаракат қилади. "Ота‑она боласига ёмонликни раво кўрмайди” – бу ҳам сўзсиз исбот талаб қилмайдиган ҳақиқатлар сирасига киради. Аммо ҳар доим ҳам тўғри бўлиб чиқавермайди. Боласини ортиқча эркалатиб бошига чиқариб юборган она ҳам, ортиқча қаттиққўллик оқибатида фарзанднинг ўзига ишончини йўқолишига сабаб бўлган ота ҳам – уларнинг барчаси ўз фарзандига яхшиликни раво кўрган. Яна мақолларимизда келтирилишича, "Ҳар нарсада меъёр лозим”. Мана шу ўй‑фикрлар оғушида ўтирар эканман, қизимнинг тапур‑тупур югурган оёқ товушлари қулоғимга чалинади. Ҳаёлларимни бўлган бу кичик тўполончига нисбатан жаҳлим чиқади. Ва ҳатто унга "зараркунанда” тамғасини ҳам босаман. Ойи, кўчага чиқсам майлими? – дейди ўз "тўполон”ларидан бехабар қизим. Йўқ, ‑ "тўполон”лари учун ўч олишга киришаман ундан. Нимага? Куни билан кўчада санғиш керакми? Ундан кўра, тинчгина ўтириб китоб ўқисанг бўлмайдими? Бирорта фойдали иш қилсангчи?!. Илтимос, ‑ дея иложи борича сўзни чўзади қизим. Худди илтимос сўзи узоқ айтилса, онасига мўъжизакор таъсир қилишига умид боғлаг
...
Читать дальше »
|
Reklama