Shanba00:25
Spermotozoid qanchalik kuchli bo'lsa, erkakning jinsiy salomatligi ham shunchalik kuchli bo'ladi.
1. Shakarni iste'mol qilishni kamaytirib, meva va sabzavotlarni ko'paytiramiz; 2. Kofein (kofe va achchiq choy)ni kamroq ichamiz; 3. Koka-kola va shu kabi ichimliklardan voz kechamiz; 4. Qizil rangdagi meva va sabzavotlar(pomidor, qulupnay, qizil bulg'ur qalampiri, olcha, gilos)ni ko'proq yeymiz; 5. Sarimsoq piyozini ko'p yeymiz; 6. Goji reza mevasi(zirk)ni yeb turamiz; 7. Iloji bo'lsa, ustritsa dengiz mahsulotini ko'p yeymiz; 8. Qora shokoladni iste'mol qilamiz; 9. Banandan ko'proq yeymiz; 10. Sarsabil o'simligidan yeymiz; 11. Yong'oq va danaklarni har kuni iste'mol qilamiz; 12. Qovoq pisatasini ham yeyish lozim; 13. Soya mahsulotlarini yemaymiz; 14. Sabzavotlardan ko'proq yeymiz; 15. Suyuqlik ko'p ichamiz; 16. Foliya kislotasini qabul qilib yuramiz; 17. Zinc vitamini ichamiz; 18. Vitamin E 400mg qabul qilamiz; 19. Jenshen ildizidan tayyorlangan vitamin qabul qilamiz; 20. Steroid va anaboliklardan mutlaqo voz kechamiz.
Yuqoridagi yeyish tavsiya etilgan mahsulotlarni muntazam ravishda iste'mol qilish spermatozoid soni vi sifati oshishiga olib kelishi tadqiqodlar tomonidan tasdiqlangan.
Spermotozoid yangilanishi uchun 10-12 hafta talab etiladi. Demak, natija bo'lishi uchun yuqoridagi tavsiyalarni kamida 3 oy dav
...
Читать дальше »
Dushanba00:34
Qarshi jins vakiliga yoqish istagi bizning qonimizga kiritilgan. Erkaklarga yanada yaxshiroq bo’lish va yoqtirganining e’tiborini jalb qilish uchun qizlarga qanday yigitlar yoqishi qiziqdir. Albatta, har bir xonim o’ziga xos ta’bga ega, ammo har qanday go’zalni jalb qiluvchi umumiy fazilatlar mavjud.
Tashqi ko’rinish bo’yicha qizlarga qanday yigitlar yoqadi? Ba’zan ko’zga tashlanmaydigan tashqi ko’rinishli yigatlar muxlisalarining adog’i ko’rinmaydi, chiroyli ko’rinishli yigitlar esa bir chetda o’tirishadi. Qizlarga bunday yoqishning siri nima? Barcha gap shundaki, bunday yigitlar, ongli yoki ongsiz ravishda qizlar bilan o’zini tutishni ma’lum qoidalariga amal qiladilar. Lekin ideal erkakning boshqa fazilatlarini ham unutmaslik kerak: Erkak har qanday holatda ham erkak bo’lib qolishi kerak. Qizlar tabiatan jasoratli yigitlarni tanlashadi. Yosh xonimlar necha bor sportiv qomat ahamiyatsiz deb ta’kidlashmasin, aslida mushaklar ularni e’tiborsiz qoldirmaydi. Mushaklarni chiqarish ortidan quvishga berilib ketmang. Yodda tuting: qizlar sportiv qomatni afzal ko’radilar — steroidli yigitlar ularni qiziqtirmaydi.
Har bir qizning yigit tashqi ko’rinishini baholash uchun o’z mezonlari mavjud. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, qizlar yonoqlari keng, to’la labli, yengil quyoshda toblangan, qora qosh va kirpikli yigitlarni chiroyli deb hisoblashar ekan.
Soqolli erkak — erkaklik, yetuklik va qat’iyatlilikning timsoli.
...
Читать дальше »
Juma21:37
Bugungi kunda erkaklar jinsiy olatini kattalashtirish bo’yicha reklamalar ko’rsatadigan barcha sehrli dori-darmonlar va vositalar, eng yaxshi holatda shunchaki pullaringizni ko’kka sovuradi, eng yomon holatda esa — sizning sog’ligingizga zarar yetkazadi. Jinsiy olatni kattalashtirishning yagona usuli — jarrohlik amaliyoti (operatsiya) o’tkazishdir, lekin bu qurbonlikka arzigulik sabab emas. Xo’sh, nima chindan ham yordam beradi, nima esa shunchaki afsona, quyida bilib olasiz.
Jinsiy olatning normal uzunligi qanday bo’lishi kerak? Erkaklar jinsiy a’zosining (penis) erektsiya holatidagi kattaligi 10-18 sm ni tashkil qiladi. O’rtacha uzunligi — 13,12 sm [1]. Kattalikdagi farq turlicha uzunlik oralig’idabo’ladi, va bu hali uning qalinligi va shakli hisobga olinmaganda. Patologik jihatdan kichik a’zolar (erektsiya vaqtida 7,5 sm dan kalta) juda kam uchraydi. Shunday ekan, ehtimol, jinsiy olatni kattalashtirish istagida bo’lgan erkalar behuda xavotirga tushishmoqda.
Kichik a’zodan shikoyat qilib, Qohira universitetiga murojaat qilgan 92 nafar shaxs o’rganilganda, hech qay biri haqiqatda ham kichik jinsiy organ egasi emasligi aniqlandi. Boshqacha qilib aytganda, 92 ta mutlaq normal yigitlar, o’zlarida kichik jinsiy olat mavjudligiga qaror qilishgan [2]. Chindan ham kichik olatli erkaklar bor, lekin ularning soni juda ko’p emas, lekin ko’pchilik erkaklar o’zlarida muammo mavjud deb hisoblashadi.
Qanday qilib jinsiy a’zoni
...
Читать дальше »
Shanba00:04
Ortiqcha terlash ko’pincha juda ko’p noqulayliklarga olib keladi. Oyoq terlashi ko’pincha yoqimsiz hidlanish bilan birga kechadi. Ushbu maqoladan oyoqlar nima sababdan terlashi va u bilan qanday qilib kurashish mumkinligini bilib olasiz.
...
Читать дальше »
Dushanba17:03
Qanday qilib erkakning jinsiy aloqa vaqtini uzaytirish yo’llari shartli ravishda bir necha guruhga bo’linadi.
Birinchisi jinsiy aloqa texnikasi bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqador bo’lganlari, ikkinchisi umumiy sog’liqqa tegishli tavsiyalar, uchinchisi esa turlicha qo’shimcha vositalarni qo’llash bilan bog’liq, masalan lubrikant.
Ushbu usullarning har birini batafsil ko’rib chiqishdan oldin, jinsiy aloqada bo’lish muddatiga bog’liq bo’lgan umumiy qoidalar bilan tanishib olish ortiqcha bo’lmaydi. Ushbu ma’lumotlarga asoslanib, jinsiy aloqa qisqaligi sabablari tushuniladi.
Umuman olganda, tabiatning o’zi shunday tarzda uyushtirilganki, erkak ayoldan oldin orgazmga erishadi. Bu nima bilan bog’liqligini chuqur o’rganishda ma’no yo’q, bu haqiqatni shunchaki postulat sifatida qabul qilish kerak.
Shu sababli, ayolning qoniqishini ta’minlash uchun erkak o’z tabiatini yengishni o’rganishi va o’z-o’zini nazorat qilishni rivojlantirishi kerak.
Bu yerda bir narsani ta’kidlab o’tish lozuim, agar erkaklar muntazam jinsiy aloqa qilib turishsa, odatda jinsiy aloqa davomiyligi bilan bog’liq hech qanday muammo yuzaga kelmaydi. Odatiy jinsiy hayotda bunday buzilishlar nomuntazam va kamdan-kam jinsiy aloqa qilish sharoitida sodir bo’ladi.
Erkak jinsiy aloqani uzaytirish masalasiga kelganda, ayol orgazmi sodir bo’lishi haqida ham to’xtalib o’tish maqsadga muvofiqdir, chunki aynan shundan kelib chiqqan holda jinsiy aloqa d
...
Читать дальше »
Payshanba00:13
Bugungi kunda ahvol shundayki, ko’plab o’rta yoshli erkaklar, ba’zi yoshlar ham jinsiy quvvat (potentsiya) bilan bog’liq muammolarga duch kelishmoqda. Shifokorga borishdan qo’rqib, erkaklar jinsiy quvvatni oshirish uchun dorilarga, ya’ni sun’iy preparatlarga murojat qilishmoqda, tabiiy vositalarni esa eslaridan chiqarib qo’yishdi. Sintetik vositalar faqat bitta afzallikka ega: ular erlik quvvatini darhol oshiradi. Misol uchun, taniqli Viagra yarim soatdan keyin ta’sir qila boshlaydi va o’z ta’sirini 5 soat davomida saqlab qoladi.
Jinsiy quvvatni tabiiy ravishda oshirish usullari nafaqat jinsiy vazifani takomillashtirishga, balki erkaklar jinsiy funktsiyasiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir qiladigan butun organizmni sog’lomlashtirishga qaratilgan bo’ladi
Jinsiy quvvat bilan bog’liq muammo vaqtinchalik (bunda erektsiya buzilishi qisqa muddat kuzatiladi) yoki doimiy (erektsiya buzilishi uzoq vaqt qayd qilinadi) bo’lishi mumkin. Agar bunday muammo yuzaga kelsa, shifokor bilan bog’lanishdan oldin erkaklar sog’lig’ini va jinsiy quvvatni oshirish haqida maslahatlarga amal qilib, uni mustaqi hal qilishga urinib ko’rish mumkin.
Tabiiy usullar bilan jinsiy quvvatni oshirish yo’llari
1. Ovqatlanish butun organizmning faoliyatida asosiy rol o’ynaydi. Oziq-ovqat tarkibida organizm uchun barcha muhim oziqalar, ayniqsa, jinsiy quvvatni oshiruvchi vitaminlar va minerallar saqlashi kerak, ularning asosiylari rux, selen, B guruhi, E
...
Читать дальше »
Juma23:00
“47 ёшдаман. Касбим ҳамшира. Раҳматлик эрим билан шифохонада топишганимизда, эндигина йигирмадан ошгандим. Шифокор эрим билан ўн олти йил яшаб, уч нафар қизли бўлгандик. Шафқатсиз қисмат уни дардга йўлиқтириб, бағримиздан юлиб кетди. “Олдингдан оққан сувнинг қадри йўқ”лигини эндигина англаб етаётгандайман. Ҳозир икки қизим турмушга чиққан. Куёвларимда хўжайинимга хос хислатларни тополмай ҳалакман. Пешонам саждага бориб, ибодат ҳаловатини топгач, болаларимнинг отаси қандай асл инсон бўлганлигини кеч бўлса-да, тушундим. Эсимда, эндигина турмуш қурган пайтимизда, эр-хотиннинг “тенгҳуқуқлиги” борасида оғиз кўпиртиришни хуш кўрардим. Унинг жимгина жилмайиб туришини, таслим бўлганликка йўйиб, аёлларнинг “ожизалар” эмас, ўз ҳусни-жамоли билан эркакларни “ожиз қолдирувчи жинс вакилалари” эканликларини таъкидлаганим-таъкидлаган эди. У эса мени “ожизам” дея эркалаганига ҳам пушаймон бўлиб, аёлларни “ожиза” дейиш камситиш эмас, аслида замирида катта маъно ётувчи “унвон” эканлигини тушинтиришга ҳаракат қиларди. Эрим аёлига зулм қиладиган, рафиқасига оғир ишлар қилдирадиганларни ёмон кўрар эди. Уят бўлса-да айтай, ҳар ойда бўладиган ҳайз жараёни тугаш кунига албатта гўшт, сара ҳўл мевалар олиб келишга одатланганлигини, ўша кунлар ичида соғиниб қолганлигига йўярдим. Бу меҳрибончиликлар ҳикматини, мен нодон, тўнғич қизим ой кўриб бошлагандан сўнггина англадим. Хўжайиним қизидаги физиологик жараён тугаган кунда ҳам бозор-ўчар қилишни канда этмасди. Қи
...
Читать дальше »
Shanba00:50
Нега айрим эркаклар рафиқасига хиёнат қилади? Қанча уринсангиз ҳам, айюҳаннос солсангиз ҳам бу боши берк кўчадан қайтмайди? Тўғри, бундай вазиятларда улар ўзини оқлаш учун юзлаб сабабу баҳоналарни олдингизга териб қўяди. Биз эса бугун эркакларнинг хиёнат қилмаслиги учун ўнтагина сабаб келтирамиз.
- Яратган зинони ҳаром қилган. Бу улкан гуноҳ. Илгари шариат ҳукми бўйича зинокорларни тошбўрон қилишган. Жаҳаннам азоби олдида бу нима бўпти?!
- Кўнгил учун. Сиз аёлингизни севасиз, ардоқлайсиз. Нега уни бошқа бировга алмаштирасиз? Севмай қолган бўлсангиз, унга кўнглингиз тортмаса, барча оқибатларга рози бўлиб, масъулиятни зиммангизга олиб ажрашинг ва ўша севиб қолганингизга уйланинг. Токи ҳаммаси ҳалол бўлсин. Соф, тоза муҳаббатга ҳирсни аралаштириб нима қиласиз? Кейин севган ёрингизнинг кўзига қандай қарайсиз? Унинг тоза муҳаббатини қандай қабул қиласиз? Ҳисларнинг ҳам уволи бўлади. Энг ёмони оний лаззат деб, бир умрлик йўлдошдан ва муҳаббатдан айрилиб қолиш.
- Болалар ҳаққи. Хиёнатингиз ошкор бўлиб қолса, ота-онасининг кундан-кун бузилиб бораётган муносабатларини кўриб, фарзандларингиз қай аҳволга тушишини ҳеч ўйлаб кўрганмисиз? Улар учун ота ҳам, она ҳам бирдек керак. Жондан азиз болаларингизнинг кўз ёшлари, тунги қўрқувлари, келажакдаги руҳий муаммолари, наҳотки, бир неча лаҳзалик (кунлик, ойлик ё йиллик бўлса ҳам...) кўнгилхушингизга арзиса? Шулар эвазига келадиган хушбахтлик туйғуси сизга қандай татийди? Борди
...
Читать дальше »
Juma00:36
1.Эркак киши нима исташини билади ва шунга қараб боради. Йигитда фақат ғоялар бўлади. Йигитлар у ҳақда кўп ўйламайди, агар ўйласа ҳам уларни амалга ошириш учун кам ҳаракат қилади. Йигит фаол бўлмайди, эркак киши ғайратлилиги билан ажралиб туради.
2.Эркак киши келажакни режалаштиради, мақсадларни аниқ белгилайди ва шу йўналишда ишлайди. Йигит фақат бугунги кун билан яшайди. У катта хаёлпараст, асосан унинг режалари келгуси дам олишлари қаерга бориши ва нима иш билан шуғулланиши билан чегараланган.
3.Эркак киши келажагини аниқ кўради, қандай намуна кўрсатишни исташини аниқ билади ва ўз ҳаётини аниқ режалаштиради. Унинг устун жиҳатлар тизими бор. Йигитда эса аниқ аҳлоқий компас йўқ, шу сабабли у кўпинча тутуруқсиз ва изчил бўлмайди.
4.Эркак киши вақтни қандай қилиб яхши тарзда ўтказишни ва ижтимоий фаол бўлишни билади, лекин кўпинча банд бўлади. Сабаби у кўзланган мақсад ва натижаларга эришиш сари бораётган бўлади. Йигит ўзини сийлашни жуда яхши кўради ва бошқа ишларга нисбатан шуни бажаради.
5.Эркак киши нимани гапираётганини назарда тутади, назарда тутган нарсасини гапиради. У ўз ваъдаларини бажаради ва сўзини шамолга совурмайди. Агар у ваъда қилинган нарсани бажара олмаса, унда жасорат етишмаса, бу ҳақда сизга айтади. Йигит ваъда беради, лекин уларни бажариш ҳақида ташвиш қилмайди. У бошқалар ва ўзи учун сабаб ва баҳоналарни топади.
6.Эркак киши рад қилинишдан қўрқади, лекин барибир ҳам ҳаракат қилади. Йигит ҳам
...
Читать дальше »
Yakshanba22:41
Hozirgi yoshlar negadir quyuq va kalta qilib soqol qo‘yishning payiga tushib qolishgan. Soqolni qirtishlab, yuzdan nur taratib turishga nima yetsin. Quyuq soqolni kimdir erkaklik ramzi deb ham qabul qiladi. Kim uchundir u ortiqcha dahmaza.
Siyrak soqol muammosi ko‘pincha irsiyatga bog‘liq. Siyrak soqolning boshqa sabablari testeron yetishmovchiligi, nosog‘lom turmush tarzi, terining sog‘lom bo‘lmasligi bo‘lishi mumkin.
Garchi irsiyatni o‘zgartirib bo‘lmasa ham, turmush tarzini o‘zgartirish, sog‘lom ovqatlanish va boshqa quyidagi tavsiyalar yordamida bu maqsadga erishish mumkin. Soqolni qalinlashtirish uchun tavsiyalar To‘yib uxlash yuz terisining ham rivojiga ijobiy ta’sir qiladi. Ayni o‘smirlik yoshida kamida 6-8 soat uxlash kerak. Bunday uyqu rejimida teri to‘qimalari o‘z vaqtida rivojlanib, soqol va mo‘ylab tez rivojlanadi. A, B, C, E vitaminlariga boy bo‘lgan mahsulot va mevalarni ko‘proq iste’mol qiling. Ular soch va soqolning o‘sishi uchun foydali. Sport bilan shug‘ullaning. Jismoniy faollik ham siyrak soqolni bartaraf etishning samarali usuli. Yuzni har doim toza tuting. Toza terida tuk tez va oson unadi. Har kuni tongda va kechki mahal yuzni iliq suvda yuving. Sigareta cheksangiz, bundan voz keching. Nikotin va sigareta tarkibidagi 4800 ta kimyoviy modda teri tarkibini zaharlab, soqolning siyraklashuviga olib keladi. Ko‘pchilik go‘zallik va salomatlik sohasi
...
Читать дальше »
Yakshanba23:51
Erta bo’shalish (tez tashlash) (PE); intravaginal eyakulyatsiyaning davomiyligini juda qisqa bo’lishi (IELT-intravaginal ejaculation latency time), eyakulyatsiyaning nazorat qilaolmaslik hissi va bunga bog’liq ravishdagi stress va qayg’udan iborat uch komponentli holatdir.
Xalqaro Jinsiy Sog’liq Jamiyati (ISSM- international society for sexual medicine)’ning 2014yili yangilagan ta’rifiga ko’ra erta bo’shalish quyida keltiriladigan o’ziga hos taraflaridan iborat erkaklarning jinsiy muammosidir.
Birinchi jinsiy aloqadan boshlab har doim yoki har doim vaginal penetratsiyadan oldin yoki penetrasiyadan keying bir minut ichida ro’y beradigan eyakulyatsiya (umr bo’yi PE) yoki IELT’da 3 minut yoki undan biroz kamroq, oldingiga nisbatan tezlashgandek sezilsa (orttirilgan PE)
Vaginal penetratsiyaning barchasida yoki deyarli barchasida eyakulyatsiyani kechiktiraolmaslik
Xavotir, besaramjonlik, umidsizlanish va/yoki jinsiy qo’shilishdan qochishlik kabi nojo’ya holatlar
Bundan boshqa PE’ga oxshash jinsiy xavotirlar, tez bo’shalish ro’y berishi mumkin bo’lgan jinsiy disfunktisya bo’lmagan holatlar ham bor. Bular Tabiiy o’zgaruvchan PE va Sub’ektiv PE shaklida 2 tipga ajratiladi.
Tabiiy o’zgaruvchan PE erkakning turli vaqt/juft bilan birga bo’lganida ro’y berishi mumkin bo’lgan holatdir. Bu holat odatdagi jinsiy hayotning bir ko’rinishi xolos.
Sub’ektiv PE’da aslida erkaklarning eyakuly
...
Читать дальше »
Shanba00:47
Nikohdan keyingi qovushishdan asosiy maqsad oilada farzand dunyoga keltirishdir. Bu esa erkak zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi, ya’ni u sperma (urug‘) yuqori sifatli bo‘lishiga erishishi lozim.
Bilish muhimki, irsiy xomashyo (spermatozoidlar) nihoyatda injiq bo‘lib, jinsiy hayotdagi arzimagan xatoliklar ham uning sifatiga putur yetkazadi. Aytaylik, jinsiy yaqinlikni xohlab turgan erkak 3-4 kungacha o‘z istaklarini so‘ndirib tursa, shu sabr-qanoatning o‘ziyoq urug‘ning sifat jihatdan yetilishiga xizmat qilar ekan.
Kuchli asab buzilishi, qattiq charchoq, yaxshi ovqatlanmaslik, hatto ekologiyaning yomonlashishi kabi sabablar ham sperma oqimini «bo‘g‘adi». Olimlarning aniqlashicha, erkakning urug‘ hujayralari 75 kun davomida to‘la shakllanib bo‘larkan.
Jinsiy hayot uchun foydali tanaffus
Jinsiy hayot davomida erkak va ayol ongli ravishda ma’lum tartib-qoidalarga amal qilgani ma’qul. Masalan, erkak 4-5 kun to‘shakda o‘zini «jilovlay» olsa, jinsiy hujayralar sifati yaxshilanishiga erishadi. Tanaffusli kunlar davomida ovqatlanishga alohida ahamiyat berish kerak. Sitrus mevalar, bulg‘or qalampiri, ismaloq va pomidorni kundalik taomnomaga albatta kiriting. Ho‘l mevalar (ayniqsa, anjir va limon), shuningdek, C, E vitaminlari, tarkibida rux (sink) mavjud mahsulotlar iste’mol qilinganda jinsiy hujayralar yetilishi uchun zarur bo‘lgan testosteron gormonining ajralishi yaxshilanadi, urug‘ sifati ham a’lo darajada turadi. <
...
Читать дальше »
Dushanba02:00
Биласиз, ушбу саҳифамиз бўлажак оналарга бағишланган. Бугун эса ноанъанавий тарзда уни бўлажак оталар учун тайёрладик. Нега дейсизми? Ахир янги меҳмонни кутиб олишга ота ҳам тайёр туриши керак. Қолаверса, бу жажжи меҳмон келгунича ҳомиладор рафиқасининг инжиқликларию эркаликларига чидаш учун эркакка нафақат сабр, балки бу даврда ўзини қандай тутиш борасида билим ҳам асқатади. Шундай қилиб, ҳурматли эркаклар, агар рафиқангиз ҳомиладор бўлса (ёки фарзанд кўришни режалаштираётган бўлсангиз ҳам), қуйидаги маълумот ва тавсиялар айнан сиз учун! 9 ой давомида қандай муаммоларга дуч келишингиз мумкин? Уларни бартараф этиш йўллари қандай?
«Рафиқам инжиқ ва жиззаки бўлиб қолди…»
Ҳа, кайфиятнинг тез-тез ўзгариши ҳомиладор аёлларга хос хусусият. Фақат бу аёл организмида «жўш ураётган» гормонларнинг иши эканини билиб қўйсангиз ёмон бўлмасди. Сиз айтаётган «шикоят» айниқса, ҳомиладорликнинг биринчи уч ойлигига хос.
Нима қилиш керак? -Ҳомиладор рафиқангиз организмида жиддий ўзгаришлар юз бераётганини унутманг! Ўзингизни вазмин тутишингиз шарт! -Асосийси, ўйлаб кўринг: унинг инжиқликларига сизнинг эътиборсизлигингиз ҳам сабаб бўлмаётганмикан? -Ўз фикрингизда оёқ тираб туриб олманг, овозингизни баландлатиш ёки аксинча, г
...
Читать дальше »
Seshanba10:19
Эр-хотин урушиб қолди. Аёл хафа бўлиб, онасининг уйига кетмоқчи бўлиб, нарсаларини катта сумкасига сола бошлади. Эр буни сезиб, аёлига чиройли сўзларни айтиб, самимий табассум қилди ва ундан: “Нима қиляпсан?” деб сўради. Шунда аёли: “Ёзги кийимларимни сумкага солиб, қишки кийимларимни оляпман” деди.
Ҳа, аёлларнинг кўнгли нозик, улар биргина гап билан хафа бўлиб, бир ширин сўз билан, самимий табассум билан хурсанд бўлиши мумкин. Уларга биргина ширин сўз ва биргина табассум етарлидир. Аёлларга нисбатан мулойим бўлайлик! Аёлига нисбатан мулойим муносабатда бўлиши кишининг мард ва олийжаноблигига далолат қилади. Пайғамбаримиз Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Аёл кишини фақат олийжаноб киши (яхши хулқ эгаси)гина ҳурмат қилади ва фақат пасткаш одамгина уларни таҳқирлайди!” деганлар.
Нозимжон Ҳошимжон тайёрлади
Yakshanba00:19
– Кўпдан бери оёқимдаги нохуш ҳиддан қийналаман. Қилмаган ишим қолмади, ҳисоб, бари бефойда. Ванналар, ҳидли пайпоқлар, чайинишни-ку, канда қилмайман. Менга нимани маслаҳат берасиз, бу муаммодан қандай қилиб фориғ бўлишим мумкин? Эркаклардаги оёқ ҳидланишининг чорасини айтсангиз?..
Савол «СМС» орқали келган
Саволга шифокор дермато-венеролог Рустам ЗОКИРОВ жавоб беради:
– Инсон танаси бўйлаб тарқалган тер безларининг кўп фоизи оёқ кафтида жойлашган. Ҳаракатланиш вақти оёқларда қон айланиши жараёни содир бўлади ва бу тер безларининг фаоллашиши, оёқ кафти териси ҳароратининг кўтарилишини пайдо қилади. Организм ўзгаришларга сезгир бўлгани боис, ҳарорат алмашинувига қарши тезгина ҳимоя тизимини ишга туширади. Яъни тер ажралиши ортади. Тер ажралмасининг асосий таркиби сувдан иборат, шунингдек, холестерин, турли хил ёғ кислоталари ва яроқсиз ҳолга келган азот моддалари ҳам бор. Тер ажратиш тизимида бирор бир носозлик юзага келмаса, оёқдан ёқимсиз ҳид келмайди. Акси бўлганида эса тер ажралиши ортиб, тери қатламида юзага келган юпқа қобиғ бактерияларнинг кўпайиши учун асос бўлиб хизмат қилади. Бактериялар эса ўз навбатида ёқимсиз ҳиднинг сабабчиларидир. Асабийлик, стресс, сурункали чарчоқ, кучли ҳис-хаяжон, ички касалли
...
Читать дальше »
Payshanba01:08
Uylanish uchun ideal yosh necha yosh deb o’ylaysiz?
AQSh’ning Yuta universitetining Institute of Family Studies (Oila tadqiqotlari instituti) kuni kecha chop etgan ma’qolasida ideal uylanish yoshiga oydinlik kiritdi. Tadqiqot 20-32 yoshdagi erkaklar gruppalari orasida, 2006-2013-yillar orasidagi uylangan, oilaliklar va ajrashganlarni o’z ichiga olgan.
Tadqiqotni boshlashdan oldin sotsiologlar uylanish yoshining hech qachon kech bo’lmasligiga ishonishar edi. 13-19 yosh orasida 20 yoshlargacha erkaklar juda oson uylanishgan va juda osongina ajrashib ketishgan. Bu ko’rsatkich 30 yoshga yaqinlashganda pastlab ketgan. 30-40 yosh orasida (uylanish-ajrashish) yana yuqoriga ko’tarilgan. 28-30 yoshgacha biror marotaba uylanmagan erkaklar o’zlariga bo’lgan ishonchni 20-25 yoshga nisbatan pasayganligini qayt etib o’tishgan.
Wolfinger-“Tadqiqodga qatnashuvchilarning jinsi, irqi, oilaviy kelib chiqishi, diniy odatlari, diniy ishonchlari va jinsiy o’tmishi, metropol (Katta shahar) da yashashidan qa’tiy nazar yuqoridagi fikrlarga xohlasa, xohlamasalarda to’be bo’lishadi”, deb takidlaydi.
Tadqiqotning natijasi ham o’zimizning O’zbekona urf-odatiga ko’ra, erkaklar uchun ideal uylanish yoshi 22-28 yosh ekan.
Chorshanba23:53
Quyidagi ro'yhatdagi mahsulotlar har bir erkakning kundalik ratsionida bo'lishi foydadan holi bo'lmaydi.
1. Qora shokolad. L-arginine moddasiga boy ushbu mahsulot spermatozoid hajmini keskin oshirish hususiyatiga ega. 2. Tuxum. Oqsil va vitamin E ga boy tuxum erkak spermatozoidlarini kuchini oshiradi. 3. Banan. Bana tarkibidagi bromelain enzimlari erkak xohishini oshirib berish xususiyatiga ega. 4. Ismaloq. Ismaloq erkak reproduktiv faoliyati uchun muhim bo'lmish foliya kislotasiga boy mahsulotdir. 5. Sarsabil ko'kati. Bu o'simlik vitamin C ga boy bo'lib, spermatozoid hujayralarini buzilishidan himoya qiladi. 6. Sarimsoq piyozi. Organizm uchun juda foydali mahsulot bo'lib, spermatozoid sonini va erkak jinsiy a'zolaridagi qon aylanishini yaxshilash xususiyatiga ega. 7. Sabzi. Tarkibidagi Vitamin A spermotozoid ishlab chiqarilishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. 8. Zirk. Yoki Goji reza mevasi erkak tuxumi haroratini kerakli darajada ushlab, spermatozoid ishlab chiqarilishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. 9. Yong'oq. Omega yog'lariga boy bo'lib, jinsiy a'zolarda qon aylanishi tizimini yaxshilaydi. 10. Qovoq pistasi. Phytosterol moddasiga boy ushbu pista turi erkak kuchiga javob beruvchi testosteron gormonini oshiradi.
Shanba23:03
Kelinchakka chimildiqda aytadigan birinchi gaping shu bo‘lsin:
"Ilohim, siz bilan birga hammamizga saodatli kunlar kelayotgan bo‘lsin. Ammo aytib qo‘yay, men oila a'zolarimsiz bir bo‘lakman, butunligim ular bilan. Meni dunyoga keltirgan mualliflarim, tumshug‘ida suv, don berib voyaga yetkazgan xaloskorim - shu oilamdagilar. Ularning pastu- baland fe'llari o‘zimga ayon. Balki biridan sevinib, biridan kuyib yurarman. Ammo qandayligidan qat'i nazar, ular mening mulkim, mehrimga tushgan, yoqmay qolsa, kechib yuborolmayman! O‘rtaga qo‘yadigan birinchi shartim shu: hech qachon jigar-bag‘irlarimni menga yomonlamang. Siz tufayli hech biridan ko‘nglim qolmasin! Qo‘lingizdan kelsa, ularni menga issiq ko‘rsating, yomonlarimni yaxshi qilib bering! Agar bu iltimosimni bajarmasangiz, sizdan ikki dunyo rozi emasman!" Mana shu gapni aytish qo‘lingdan kelsin, o‘g‘lonim!
O‘g‘lonim, ota-onangdan ko‘rgan mehr- muhabbatingga gap yo‘q. Ammo hayotingda eng yuksak izzat-hurmatni kuyov bo‘lganingda qaynona-qaynotangdan ko‘rasan. Millatimizning tamoyili shunday, bolasiga, hatto, o‘ziga ilinmagan hurmatni, mukofotni kuyoviga tutadi. Sochlarining oqi bilan kuyovi qoshida ta'zimda turadi. Xullasi, uni bolasidan a'lo ko‘radi. O‘g‘lonim, sen bu muhabbatlardan rohatlan va shu bilan birga bir o‘kt
...
Читать дальше »
Yakshanba13:43
Ko’chada ketayotgan go’zal qizni ko’rib, unga tikilib qolasiz. Ammo, nimadur sizni uning yoniga borib, tanishishdan qaytaradi. «Borib nima deyman?» — deya o’zingizga savol berasiz. Quyida sizga qizlarga gap otishning ko’plab ishonchli namunalari keltiramiz. Marhamat!
-Sizga erishish uchun navbatga turaman.
-Ortingizda barno yigit turganidan hijolat tortmaysizmi?
-Sizga er kerakmi? (Yo’q.). -Unda menga siz keraksiz.
-Bu yerda vagon-restoran qayerda? (Metroda).
-Soat nechaligini aytolmaysizmi? (Sakkiz).-1. Ertalabkimi yoki kechqurungi? 2. Ha, hohlaganimmi?
-Yaxshi qiz, to’xtang, sumkangizdagi nima? Bomba emasmi? Hozir urf bo’lganda. Ha, do’kondan harid qilib kelayapsizmi? Qalay, yaxshimi?
-Sochlaringiz buncha jozibali! Yarimini kesib bering.
-Yaxshi qiz, kelishgan, bo’ydoq yigitlarni yoqtirasizmi? Yo’g'e, men o’zim emas, do’stim haqida aytayapman. Uning yaxshi ko’rgan qizi - shallaqi tashlab ketdi. Siz shallaqi emasmisiz?
1.(Yo’q).- Yaxshi do’stim unda kutib turadi. Xo’sh, endi o’zim uchun qiziqaman.
2.(Ha).- Ajoyib. Lekin do’stimga to’g’ri kelmaydi, menga esa to’g’ri keladi. Shunaqalarni yoqtiraman.
-Yaxshi qiz, oyoq
...
Читать дальше »
Yakshanba00:02
Бошимизда 100 минг дона атрофида соч толаси бор. Шундан кунига 50-100 та тўкилиши меъёрий ҳолат ҳисобланади. Бундан ортиқ тўкила бошласа, чора кўришга киришинг!
Одатда эркаклар сочлари ҳақида аёллар каби қайғуришмайди. Эътиборсизликнинг оқибати эса оғир бўлиши мумкин. Ваҳоланки, оддийгина қоидалар билан соч умрини узайтирса бўлади. Соч парваришини деярли ҳар куни амалга ошириш лозим: сочни ювиш, тараш ва қуритиш.
Тўғри танланг. Шампунь ва бальзам сочингиз турига мос бўлсин. Агар бу борада иккилансангиз, сартарош билан маслаҳатлашинг. Ювиш. Тана каби сочга ҳам тозалик керак. Ёғли сочни ҳар 2-3 кунда, қуруқ сочни эса ҳар 5-6 кунда ювиш лозим. Сув жуда иссиқ бўлмасин. Яхшилаб таранг. Сочни ҳар куни тараб туринг. Бу бош терисида қон айланашини яхшилашга ва ёғ безлари секретининг сочлар бўйлаб тенг тарқалашига ёрдам беради. Сочни илдизидан учига қараб тараш керак. Ҳўл сочни эҳтиёткорлик билан таранг. Қуритиш. Ёғли ва нормал сочларни фен билан, қуриқларини сочиқ билан қуритган маъқул. Мунтазам калталатинг. Сочни мунтазам равишда калталатиб туриш нафақат ташқи кўриниш учун, балки сочнинг соғломлиги учун ҳам керак. Ҳар уч-тўрт ҳафтада сартарошга бориб туришни унутманг. Бош терисига эътибор.
...
Читать дальше »
|
Reklama