Juma20:53
Urug'lanish yuz berganini tezroq bilish imkoni bormi? Homiladorlik bo'lganini xis etish mumkinmi?
Homilador bo'lishni orzu qiladigan ayollar agar uzoq muddat davomida maqsadiga erisha olmayotgan bo'lsalar, o'z organizmiga quloq soladigan va uning har bir o'zgarishiga kuchli e'tibor qaratadigan bo'lib qoladilar. Oddiy bosh og'riqni ham bunday ayollar homiladorlik belgisiga aylantirishni xohlaydilar.
Organizmda bo'layotgan urug'lanish jarayonini his etish mumkinmi?
Homilador ayollarning deyarli 80% bu savolga yo'q deb javob beradilar. Lekin qolgan 20% ayollar aynan urug'lanish sodir bo'lgan kuni organizmida qandaydur o'ziga xos o'zgarishlar yuz berganini ta'kidlaydilar. Urug'lanish jarayoni hayz siklining o'rtalarida sodir bo'lgan bo'lsa, uni haqiqiy natijasini faqat keyingi hayz sikli boshlanish davrida homiladorlik testi yoki qon analizi orqali bilsa bo'ladi. Ungacha o'tadigan 10-14 kun ayol uchun o'ta uzundek tuyuladi. Chunki aynan shu 10-14 kunda organizmda nima bo'layotganini hech qanday analiz ko'rsata olmaydi. Hissiyotlar-chi? Tibbiyotning ta'kidlashicha, ayol hech qachon urug'lanish jarayonini his eta olmaydi. Chunki ayol tuxumi erkak spermatozoidi bilan uchrashgandan so'ng 6-7 kun o'tgandagina zigota(urug'langan tuxum) bachadonga kelib tushadi. Ana shundan keyin homiladorlik davri boshlanishi mumkin. Bu muddat ichida zigota ma'lum sabablarga ko'ra o'z manziliga yetib bormasligi yoki bachadonda nobud bo'lishi h
...
Читать дальше »
Juma20:53
Homilador ayolni har bir og'riq havotirga solishi sir emas. Homiladorlik davrida qorin og'rishi ba'zida xavfsiz bo'lsa, ba'zida tez tibbiy yordamni talab etishi mumkin.
Homiladorlik davrida ayol og'riqlariga quloq tutishi va ularni ajrata olishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Quyidagi turdagi og'riqlar homiladorlik davomida keng tarqalgan bo'lib, onaga va homilaga xavf tug'drimaydi.
1. Qorin pastidagi son boshlanish joyidagi paylarda yuz beradigan og'riqlar. Odatda bu kabi og'riqlar homiladorlikning 2-trimestrida ko'p namoyon bo'ladi. Bunda paylar qorin kattalashgani tufayli cho'ziladi va kuchli bo'lmagan og'riqni keltirib chiqarishi mumkin.
2. Qabziyat va gaz yig'ilishi tufayli yuz beradigan og'riqlar. Homiladorlik davomida ayolda progesteron gormonining ortishi tufayli gazlar yig'ilishi ko'p kuzatiladi. Ushbu gormon homiladorlik davomida ko'paygan sari ovqat hazm qilish jarayoni shuncha sekinlashib boraveradi. Shuning uchun meva-sabzavotlardan ko'proq iste'mol qilish, suyuqlik ko'proq ichish tavsiya etiladi.
3. Yolg'on (Brekston-Xiks) to'lg'oqlar og'rig'i. Bu og'riqlar odatda homiladorlikning 3 trimestrida boshlanib, tuqqunga qadar davom etadi. Bunda qorin huddi to'lg'oqdagi singari bir necha soniyaga toraygandek tuyuladi. Bu og'riqlarning haqiqiy to'lg'oq lardan farqi shundaki, ular muntazam ham emas, ko'paymaydi va kuchli bo'lmaydi.
4. Undan tashqari homiladorlik davomida ayol o
...
Читать дальше »
Juma20:52
Qabziyat erkaklardan ko'ra ayollarda ko'p uchraydigan holatdir. Homiladorlikda esa qabziyat bo'lishi ehtimoli yanada oshadi.
Nega aynan homiladorlikda qabziyat holati jadallashadi?
Homiladorlikning ilk davri organizmda progesteron gormonining oshishi bilan boshlanadi. Aynan shu gormon ichak tizimi faoliyatini sekinlashuviga, natijada qabziyat yuzaga kelishiga olib keladi. Homiladorlikning 2-3 trimestrida qabziyatga gormonlardan tashqari ayolning o'sayotgan qorni najas chiqish yo'llarini bosib qo'yishi, noto'g'ri ovqatlanishi va ba'zi vitaminlar(temir moddasi va kalsiy)ni qabul qilishi sababchi bo'ladi.
Homiladorlikda qabziyatning zarari yo'qmi?
Umuman olganda ayolga keltiradigan noqulayliklaridan tashqari qabziyatning homiladorlikka zarari yo'q. Lekin qabziyat tufayli ayol hojatga borganida jismonan qiynaladi. Homiladorlikda davom etgan qabziyat bavosil(gemorroy)ga olib kelishi mumkin. Hojatga borganda og'riq kuchayib, najasda qon ko'rinsa, shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Homiladorlikda qabziyat bo' lganda bavosil chiqib ketishi oson bo'lgani uchun kuchanish mumkin emas .
Homiladorlik davomida qabziyatga olib kelmaslik uchun nima qilish kerak?
1. Meva va sabzavotlardan ko'proq iste'mol qilish;
2. Kuniga kamida 1,5-2 litr suyuqlik ichish;
3. Toza havoda ko'p yurish;
4. Tanaga quloq solish. Ichingiz kelayotgani
...
Читать дальше »
Juma20:39
Homiladorlik bu kasallik emas. Normal homiladorlikda oddiy hayot tarzini davom ettirsa ham bo'ladi. Lekin quyidagi 10 ta faoliyatdan 9 oyga butunlay voz keshish kerak.
1. Chekish. Homilador ayolning o'zi ham yonidagilari ham uni oldida bu davrda chekmasliklari muhim. Tamaki tufayli homilaga kislorod yetishmasligi aniqlangan. Bu esa homila rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
2. Alkogol ichimliklarini ichish. Homiladorlikning 1-trimestrida ko'p miqdorda alkogol ichilsa, bolada tug'ma nuqsonlar rivojlanishi aniqlangan.
3. Kofe ichish. Ko'pchilik ayollar kofesiz o'z kunini tasavvur qila olmaydi. Albatta kunida ichilgan 1-2 chashkaning zarari tegmaydi. Lekin butun homiladorlik davomida kuni bilan kofe ichib yurish mutlaqo mumkin emas. Birinchidan, bu homilador ayolning qon bosimining oshirib yuborishi mumkin, ikkinchidan onaning yurak urishi tezlashib bolani muddatidan oldin tug'ilishiga, hatto homila tushishiga turtki bo'lishi mumkin.
4. Dori vositalarini palapartish qabul qilish. Homiladorlik davomida, ayniqsa 1-trimestrda dori vositalarini qabul qilishda nihoyatda ehtiyot bo'lish kerak. Imkon qadar bu davrda ortiqcha dori ichmaslik uchun shamollamaslik va kasallanmaslik lozim. Ba'zi dorilar bolada karlik, tug'ma nuqsonlar, asab tizimidagi patologiyalarni keltirib chiqaradi.
5. O't damlamalari ichish. Qadimdan o't damlamalarini biz dori emas deb ichishga odatlanganmiz. Lekin har qanday o't damlam
...
Читать дальше »
Payshanba22:20
Sog'lom homiladorlik da odatda jinsiy aloqaning zararli tomoni bo'lmaydi. Lekin ba'zi hollarda jinsiy aloqadan vaqtinchalik voz kechish muhim hisoblanadi.
Homiladorlik davomida jinsiy aloqada bo'lish quyidagi hollarda mumkin emas. Ya'ni bu holatlarda jinsiy aloqa homiladorlikni normal davom etishiga xavf tug'diradi:
1. Yo'ldoshning noto'g'ri joylashuvi aniqlansa. Bu holatni shifokor ko'rigida bilsa bo'ladi. Yo'ldoshning noto'g'ri joylashuvi tufayli qon ketish ehtimoli yuqori bo'lib, jinsiy aloqa bunga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi qo'shimcha faktor bo'ladi.
2. Muddatidan oldin tug'ish xavfi mavjud bo'lsa. Jinsiy aloqa tufayli bachadon qisqarishi, suv ketishi yoki bachadon yo'li ochilishiga turtki berib yuborish mumkin.
3. Qindan suyuq oq rang, qon yoki boshqa ajralmalar chiqayotgan bo'lsa. Ajralmalar sababini bilmaguncha jinsiy aloqada bo'lmaslik lozim. Chunki ba'zida ajralmalar xavfli holat belgisi bo'lishi mumkin.
4. Bachadon bo'yni rivojlanmagan yoki muddatidan oldin qisqargan bo'lsa. Ba'zi ayollarda bachadon bo'yni sust rivojlanganligi tufayli muddatidan oldin uning ochilishi kuzatiladi. Buni oldini olish yo'llari mavjud, undan tashqari jinsiy aloqada bo'lmaslik ham muhim.
5. Suv ketishi boshlangan bo'lsa. Agar bachadon shishi yorilib suv ketayotgan bo'lsa, jinsiy aloqada bo'lish aslo mumkin emas. Homilaga infeksiya kiritib yuborish xavfi yuqori bo'ladi.
6. Jinsiy infeksiyalar a
...
Читать дальше »
Seshanba17:08
Homilador ayol yotganida badani va karavoti bilan kurashishi ayollarga tanish holat. Unday yotsa ham, bunday yotsa ham joyini topa olmaydi. Homiladorlikda ayollarda uxlash holatini topish qiyinchiliklari yuzaga keladi. Doimgidek uxlash holati borgan sari to'g'i kelmay qoladi.
...
Читать дальше »
Payshanba23:41
Ovulyatsiya (lot. ovulla — tuxumcha) — gormonlar darajasidagi o’zgarish tufayli tuxumdonlardan tuxum hujayranini chiqishi hisoblanib, odatda har bir hayz davrida bir marta sodir bo’ladigan jarayondir. Ovulyatsiya vaqti keyingi hayz boshlanishidan 12-16 kun oldin sodir bo’ladi. Ushbu maqolada biz bu jarayonni yaqindan ko’rib chiqamiz va olingan ma’lumotni tezroq homilador bo’lish uchun qanday ishlatilishini tushuntiramiz.
Ovulyatsiya nima? Ovulyatsiya — gormon darajalari o’garishi tufayli tuxumdon tuxum hujayrani chiqarishi jarayoni; Homilador bo’lish uchun spermatozoid tuxum hujayrani uchratishi va uni urug’lantirishi kerak; Ovulyatsiya odatda lyuteinlovchi gormon (LG) keskin ko’tarilishidan 24-36 soat o’tib sodir bo’ladi, shuning uchun LG ko’tarilishini aniqlash sizga ovulyatsiya qachon boshlanishini tushunishga yordam beradi; Spermatozoidlar besh kungacha faol qolishi mumkin, shuning uchun juftliklar tuxum hujayra ozod qilinishidan oldin jinsiy aloqa qilgan bo’lishsa ham homiladorlik sodir bo’lishi mumkin.
Ovulyatsiya yaqinlashishi bilan ayol organizmi ko’proq estrogen gormonini ishlab chiqara boshlaydi. Bu gormon bachadon shilliq qavatining qalinlashishiga olib keladi va sperma uchun qulay muhit yaratishga yordam beradi.
Yuqori estrogen o’z navbatida boshqa bir gormon — lyuteinlovchi gormonning (LG) keskin darajada ortishiga sabab bo’ladi. LGning birdan ko’tarilishi tuxumdondan
...
Читать дальше »
Dushanba23:00
Avvalambor, ayollar bir narsani bilishlari va yodda tutishlari kerak: homiladorlik davrida hayz tushunchasi tom ma’noda sodir bo’lishi mumkin bo’lmagan narsa. Ha, homiladorlik paytida qon ketishi ayol hayz ko’rishi kerak bo’lgan paytlarda sodir bo’lishi mumkin, lekin birinchi navbatda ularning tabiati odatdagi normal menstruatsiyadan juda farq qiladi, bu narsa nimadir noto’g’ri ekanligidan shubhalanishga undaydi, ikkinchidan, har qanday holatda ham bu normadan chetlanish hisoblanadi va shuning uchun shifokor bilan maslahatlashishni talab qiladi.
Vaziyat shunisi bilan murakkablashadiki, homiladorlikning erta davrida hayz kelishi ayolni noto’g’ri fikrga olib keladi va shu sababli u homilador bo’lganini bilmasligi mumkin. Ayniqsa homiladorlikda hayz ko’rish va homiladorlikka testning inkoriy natijalari birgalikda aniqlansa. Aynan shu uchun ko’pincha shunday holatlar kuzatiladiki, ayollar 3-4 oylikkacha o’zlarining vaziyati haqida bilishmaydi. Biroq, ba’zan faqatgina homiladorlikni dastlabki bosqichlarda aniqlash gina uni saqlab qolishning hal etuvchi omili bo’ladi.
Hayz nima? Homiladorlikda hayz ko’rish mumkinmi? Nima uchun odatiy talqindagi hayz va homiladorlik bir-biriga mos kelmasligini tushunish uchun, barchamizga maktabda anatomiyadan olingan boshlang’ich bilimlarni esga olish kifoya, ammo aksariyat ayollar allaqachon ularni foydasiz deb hisoblab, unutib yuborishgan.
Bachadon uch qatlamdan iborat: tashqi shilliq qavat, si
...
Читать дальше »
Dushanba22:42
O'zbeklarning bayramona dasturxoni xilma hil yeguliklarga boy bo'ladi. Odatda bayramda hamma aralash yeyishga odatlangan. Homilador ayolga bu borada ehtiyot bo'lish lozim. Quyidagi yeguliklarni homilador ayol yemasligi tavsiya etiladi: 1. Mayonezlik salatlar. Uni o'zrniga smetana yoki zaytun yog'iga aralashgan salat yegan ma'qul. 2. Xom baliqdan qilingan salatlar. (masalan, karischa Hek salati) 3. Selyodka balig'i solingan yeguliklar. 4. Konservadan qilingan yeguliklar. 5. Sushi. 6. Spirtli ichimliklar. 7. Sho'r va dudlangan taomlar. 8. Yog'liq shirinliklar. 9. Gazli ichimliklar. 10. Bundan oldin hech qachon yeb ko'rilmagan mahsulotlar. Allergik reaksiya qo'zg'otishi havfi bor. 11. Ko'cha-kuydagi taomlar. Yangi yil kechasi homilador ayol ko'cha ovqatidan yemagani ma'qul. 12. Chala pishgan taomlar. (masalan, steyk yoki kabob). Eng muhimi meyorida yeyish tavsiya etiladi. Dasturxondan og'ir qorin bilan emas, sal to'ymagan qorin bilan turish eng yaxshi qoida.
Dushanba22:39
Homiladorlikning alomatlaridan biri asabiylashish, yig'lash desak adashmagan bo'lamiz. Aslida xursand bo'lib yuradigan ushbu davrda ko'pchilik ayollar asabiy, yig'loqi bo'lib qoladi. Nega? Homiladorlik davomida ayol organizmida kuchli gormonal o'zgarishlar yuz beradi. Aynan shu gormonal o'zgarishlar tufayli ayolning kayfiyati o'zgaruvchan bo'lib qoladi. Hozirgina kulib turgan ayol birdaniga yig'lab yuboradi. Yoki arzimagan gap uni 1 soat tinmay yig'lashga undaydi. Eng qizig'i, homiladorlikni oylab, hatto yillab kutgan ayolda ham bu davr xursandchilikni o'rniga mayuslik, bexotirjamlik, havotir tuyg'ularini olib keladi. Ko'pincha kayfiyatdagi keskin o'zgaruvchanlik 2 trimestrning oxirlariga borib yo'qqa chiqadi. Bunga sabab ayol organizmidagi gormonal o'zgarishlar keskinligi bu davrda kamayadi. Eng alam qilgani, atrofdagilar yig'ab yurgan homilador ayolni tushunmaydilar. Aksincha, unga tanbeh berib, bunday qilish noto'g'ri ekanligini o'qtiradilar. Lekin ayol atayin bunday qilmaydi, undan tashqari atayin bunga chek qo'yish ham qo'lidan kelmaydi. Ko'chadagi daraxtga qarab turib ham yig'lab yuborishi hech gap emas bo'lib qoladi.Homilador ayolning yig'lashi keng tarqalgan holat. Bu yomonmi? Yo'q, albatta. Bu normal holatdir. Bunga hech qanday kasallik ham sababchi emas, lekin hadeb yig'layverish ham ayolga yengillik bermaydi. Undan tashqari rivojlanayotgan homilaga ham ijobiy ta'sir etmaydi. Shuning uchun eng muhimi homilador
...
Читать дальше »
Payshanba01:08
Hozirgi kunda homilador ayolning ultratovushli diagnostika (UTD) qilinishi oddiy hol bo'lib qolgan. O'zbekistonda normal homiladorlik jarayonida bunday tashhis usuli homiladorlik davrida 3 marta (10-12 haftada, 20-24 haftada va 32 haftada) amalga oshirilsa, chet elda homilador ayolning deyarli har bir ginekologga qatnashi UTD (UZD, UZI) bilan tekshirilishini talab etadi. Buning zarari yo'qmikan degan savol barchani qiziqtirsa kerak.
1. Hamma homiladorlar ham UTD qilishi shartmi? Ha, ilmiy tadqiqotlarning ko'rsatishicha, homiladorlik davrida kamida 3 marta homilador ayolni UTD qilish kerak. 2. Homiladorlik davrida UTD necha marta va qachon amalga oshirilishi lozim? Bolaning bachadonda rivojlanishi bir necha dinamik bosqichlardan iborat. Shuning uchun ultratovushli diagnostikani, bachadon, yo'ldosh, bolaning anatomiyasi va holati haqida maksimal ma'lumot olish imkoniyati mavjud bo'lgan muddatlarda amalga oshirish lozim. Bu muddatlar homiladorlik ning 12-14 haftasiga, 22-24 haftasiga va 30-34 haftasiga to'g'ri keladi. 3. Har bir diagnostika jarayonida shifokor qanday masalalarni o'z oldiga qo'yadi? - 12-14 haftadagi UTD homiladorlik muddatini aniq ko'rsatadi, bachadonda nechta homila borligini aniqlaydi,
...
Читать дальше »
Payshanba01:02
Homiladorlik davrining 20-haftasigacha homiladorlik ni o'z-o'zidan yakunlanishiga homila tushishi deb ataladi. Aslida homiladorlik larning taxminan 15-20% homila tushishi bilan yakunlanadi. Ba'zida ayol hatto homilador ekanligini bilishga ulgurmay turib homila tushishi yuz berishi mumkin.
Homila tushishi alomatlari
- qindan qon ajralishi, qonli surkalish kuzatilishi; - qorin past qismida va belda qattiq og'riqlar paydo bo'lishi; - qindan to'qima qismlari ajralishi; - qattiq ich ketishi; - qizil yoki jigarrang ajralishlar chiqishi.
Homila tushishi sabablari
I. Gen yoki xromosoma anomaliyalar: 1. Ko'pincha homila tushishi homila rivojlanishidagi patologiya mavjudligi tufayli ro'y beradi. Bu patologiya embrion hujayralarini bo'linishi noto'g'ri bo'layotganidan vujudga keladi. Bunday embrion noto'g'ri xromosomaga ega bo'lganligi tufayli o'z-o'zidan tabiiy ravishda nobud bo'ladi. 2. Homila tuxumining bo'shligi. Bunda urug'langan tuxum hujayrasi embrion emas, yo'ldosh to'qimalarini tashkil qiladi, xolos. Ushbu holat homiladorlik davrining dastlabki 12 hafta ichida ro'y bergan homila tushishining 50% iga sabab bo'ladi. 3. Homilaning nobud bo'lishi. Bunda homiladorlik yakunlanishidan avval ho
...
Читать дальше »
Payshanba01:01
Homilador ayolning tashqi haroratga jismoniy munosabati oddiy ayolnikidan farq qiladi. Homilador ayolga yozning jazirama issig'ini kechirish qiyinchilik tug'diradi.
Quyidagi maslahatlar homilador ayolga issiqlikni osonroq kechirishga yordam beradi:
1. Ko'proq suyuqlik iching. Bunda nafaqat oddiy suv balki elektrolidlik maxsus suyuqliklar ham asqotadi. 2. Faqat tabiiy matolardan tayyorlangan kiyimda yuring. Paralonlik byustgalter va to'rlik ichki kiyimlar issiq kunda faqat salbiy ta'sir ko'rsatadi, xolos. 3. Quyosh nurlaridan nari bo'ling. Homilador ayollar teri quyosh nurlariga yanada ta'sirchan bo'ladi. 4. Kunning issiq paytida tashqariga chiqmagan ma'qul. 5. Issiq kunda homilador ayolga ko'roq dam olish tavsiya etiladi. Issiqlik organizmni holsizlantiradi, demakki, homilani ko'tarish uchun kuch yig'ish talab etiladi. Oyoqlarni ko'tarib, kunida kamida 2 soat dam olish maqsadga muvofiq bo'ladi. 6. Kechki payt salqin tushganda, albatta, tashqarida sayr qilib keling. Homilador ayolning toza havoga bo'lgan ehtiyoji yanada katta bo'ladi. 7. Ich keltiradigan dori vositalarini qabul qilmang. Bunday vositalar organizm suvsizlanishini kuchaytirib yuboradi. 8. Shifokor bilan maslahatlashgan holda, kuniga kamida 1 marta salqin
...
Читать дальше »
Seshanba01:39
Homiladorlikning 32-35 haftasidan so'ng bola chiqish yo'li tomon boshi bilan emas, yoni yoki tozi bilan joylashgan bo'lsa, noto'g'ri joylashuv hisoblanadi va kesarcha kesish orqali tug'dirilishni taqazo etishi mumkin.
Normada bola homiladorlik ning ohirgi haftalariga kelib chiqish yo'llari tomon boshi bilan joylashib oladi. Har 2500 ming homiladorlik larning faqat 1 donasida bola tug'ish davriga kelib bachadonda noto'g'ri joylashgan bo'ladi. Ko'pincha bola tug'ish kuniga qadar kerakli holatga ag'darilib oladi. Lekin ba'zi sabablarga ko'ra bola boshi bilan pastga qarab joylashib ola olmasa, u holda uni kesarcha usulda tug'dirib olish kerak bo'ladi. Aks holda tug'ilish jarayonida bolaning salomatligiga zarar yetkaziladi.
Nega bola bachadonda noto'g'ri joylashib oladi?
Bolaning vazni juda kichik bo'lsa; Homila oldi suv miqdori normadan ko'p bo'lsa; Bundan oldingi bola kesarcha kesish usuli bilan tug'dirilgan bo'lsa; Yo'ldosh pastda joylashgan bo'lsa; Homilador ayolda preeklampsiya holati bo'lsa; Bolaning salomatligida muammolar bo'lsa; Ko'p homilali homiladorlik da; Bachadon shakli bilan bog'liq kasalliklar mavjudligida va boshqalar.
O'ttiz besh - o'ttiz yetti haftagacha aniqlangan bolaning noto'g'ri joyl
...
Читать дальше »
Shanba00:39
Emizayotgan ayol homilador bo'lib qolishi ko'p uchraydigan holat. Ayniqsa, kontrasepsiya vositasi sifatida emizishni qo'llaydigan onalarda shunday vaziyat keng tarqalgan. Shifokorlarning ta'kidlashicha, ikki farzand orasidagi muddat kamida 2 yilni tashkil qilishi kerak. Bu muddat onaning salomatligi tiklanib olinishiga, bola sog'lom muhitda katta bo'lishiga kerakdir. Shuning uchun ham chaqalog'i bor onalar bolani emizib, hayz ko'rmayotgan bo'lsalar ham, qo'shimcha kontrasepsiya vositalaridan foydalanishi zarur. Emizish homiladorlikdan himoya qilmaydi. Emizib turib, tuqqandan so'ng hayz ko'rmagan ayolda ham homiladorlik yuz berishi ehtimoli katta. Bolani emizayotgan davrda eng qulay va zararsiz kontrasepsiya vositasi bu prezervativ va bachadon ichi spiralidir. Qo'lda chaqaloq bilan homilador bo'lib qolsa, nima qilish kerak? Birinchi navbatda, xursand bo'lish kerak! Olloh sizni yana bir bora shunday oliy ne'mat bilan taqdirlayotganiga shukur qiling. Ikkinchidan, yuz bergan homiladorlik tufayli asabiylashuv asoratini qo'ldagi chaqaloqqa chiqarmaslik zarur. Asabiy bo'lib qolgan bo'lsangiz, tinchlaning. Ko'proq dam oling. Ko'pincha ayolning homiladorlikdagi asabiylashuvi uning charchashidan kelib chiqadi. Uchinch
...
Читать дальше »
Juma23:45
Ko'plab homilador ayollar ovqatdan so'ng yoki uyqudan oldin jig'ildoq qaynashi kabi noxush holat bilan tanishdirlar. Bunga sabab homiladorlik gormonlaridir. Ayniqsa, progesteron gormoni oshishi natijasida homilador ayolning xazm qilish tizimi kuchsizlanadi, oshqozon mushaklari bo'shashadi. Shunda ovqatning xasm bo'lish davri cho'ziladi. Natijada ovqat xazm bo'lguniga qadar jig'ildoq qaynashi kabi hissiyot kuzatiladi. Homiladorlik davomida bachadon kattalashgan sari oshqozonni bosadi va jig'ildoq qaynashi hissi yanada ortishi mumkin. Homiladorlikda paydo bo'lgan jigildoq qaynashi tuqqandan so'ng o'z-o'zidan o'tib ketadi. Buning hech qanday salbiy tomoni mavjud emas. Jigildoq qaynashi hissini kamaytirish maqsadida dori-vositalarini qo'llashga shoshilmang, buni o'rniga quyidagi maslahatlardan foydalanib ko'ring: Tez-tez va oz-ozdan ovqatlaning. Shu yo'l bilan siz oshqozonga tushadigan og'irlikni kamaytirasiz. Ovqat "pastroqqa" tushishini ta'minlang. Ovqat yegandan so'ng kamida 30 daqiqa davomida yotmay, o'tirgan holatda bo'ling. Shunda ovqat tezroq oshqozonga tushadi va jig'ildoq qaynashi hissi kuzatilmaydi. O'ng biqiningizda yoting. Bu yo'l bilan oshqozondagi ovqatni tezroq xazm bo'lishiga yordam berasi
...
Читать дальше »
Chorshanba22:33
Homiladorlik davomida barcha ayollar vazni ko'payadi. Albatta, bu ko'payish hammada har xil kechadi. Kimdir 10 kg ga semirsa, kimdir 30 kg ham semirishi mumkin. Homiladorlik davomida vazn ko'payishining o'rtacha normal ko'rsatkichlari bilan tanishib chiqing. Buning uchun homiladorlik boshiga to'gri kelgan sizning bo'y va vazn og'irligingizni bilishingiz lozim. Vazn og'irligi indeksini (VOI) hisoblaymiz: VOI=vazn o'girligi (kg)/bo'yi (m) VOI <19.8 vazn og'irligi past VOI=19.8-26.0 vazn og'irligi normada VOI > 26 vazn og'irligi ortiqcha Masalan, homiladorlik boshida ayolning bo'yi 1.60 cm, vazn og'irligi 60 kg edi. VOI = 60/1.60 = 23.4 Demak, ayol vazn og'irligi normada. Quyida keltirilgan jadvalga asosan homiladorlikning 30 - haftasiga kelib, shu ayolning vazni o'rtacha 9.1 kg ko'payishi va homiladorlikning 40-haftasiga kelib 13.6 kg ga ko'payishi normal hisoblanadi.
Chorshanba22:32
Homiladorlik davrida kandidoz kasalligi homilador bo'lmagan ayollardan ko'ra 2-3 barobar ko'proq uchraydi. Bunga sabab homiladorlik davrida qindagi kimyoviy muhit bakteriya uchun qulay bo'lib qolishi, immunitetning pasayishi va ona organizmidagi gormonal o'zgarishlardir. Kandidoz alomatlari: - tashqi jinsiy organlarda qattiq qichishish (ayniqsa uyqu payti va suv tekkanda qichishish kuchayadi); - qindan oq rangli, tvorogsimon suyuqlik ajralishi; - jinsiy aloqa davomida og'riq; - siyish davomida og'riq. Lekin bu simptomlar boshqa infeksion kasalliklar (trihomoniaz, gardnerellez, gonoreya, gerpes va boshqalar) simptomlariga o'xshash bo'lgani uchun, faqat simptomlarga asoslanib davolanish noo'rin bo'ladi. Davolanishdan oldin qin analizi orqali infeksiya turi aynan kandida ekanligi aniqlab olinishi shart. Homiladorlik davomida kandidozni davolash: Odatda vrach kandidoz kasalligi onaga homiladorlik davomida jiddiy qiyinchilik keltirmayotgan bo'lsa, davolamaydi. Lekin tug'ish dan oldin qinni barcha infeksiyalardan holi qilish shart. Chunki bola onaning jinsiy organlaridan o'tayotganda, u yerdagi mavjud infeksiyalarni o'ziga yuqtirib olishi mumkin. Davolash usulini shifokorning o 'zi homilador ayolning organizmiga v
...
Читать дальше »
Chorshanba22:28
Homilador ayollarda bolaning qimirlashi har xil davrda boshlanib, ayollarning hissiyotlari ham bunda bir-biridan farq qiladi. Aslida, homila 2 oyligidan boshlab qimirlaydi. Lekin bola kichikligi tufayli uning harakatlari juda zaif bo'ladi va onaga sezilmaydi. Homiladorlikning 18-haftalariga kelib, bola qo'l-oyoqlarini kerib bachadon devorlariga tega boshlaydi. Ko'pincha bo'lajak ona aynan shu harakatlarni sezishni boshlaydi. Bu davr, odatda, homiladorlikning 18-22 haftalariga to'g'ri keladi. Farzandi bor homilador ayollar homilaning harakatlarini oldinroq sezishi ham mumkin. Ba'zi ayollar esa bola qimirlashini 22-24 haftadan o'tib ham sezmay yurishlari mumkin. Ozg'in ayollar bola qimirlashini to'la ayollardan ko'ra tezroq sezadilar. Bolaning ilk qimirlashlarini faqatgina uning onasi his eta oladi. Shu bilan ham homilador ayol o'zini baxtiyor his etib yuradi. Homilador ayolning hissiyotlari Bolaning harakatlari zaif yoki sust deb ranjishga shoshilmang. Qo'l va oyoqchalari 5 santimetr atrofida bo'lgan bolaning kuchi juda ham katta emasligini tushuning. Boshida ayol bolaning harakatlarini qorin g'uldirlashi bilan adashtirib ham yuboradi. Lekin vaqt o'tgan sayin bu aynan bola harakatlari ekanligiga amin bo'lasiz va bu hissiyo
...
Читать дальше »
Chorshanba22:25
Homilador ayolda oyoq yoki qo'l tomirlarining tortishib qolishi to'satdan yuz beradi. Ayniqsa dam olish payti, uyquda bunday holat soni ko'payishi mumkin. Homiladorlik paytida tomir tortishish sabablari turlicha bo'lib, ularning asosiylari 1. Ayol organizmida kalsiy, kaliy, magniy va vitamin B6 mikroelementlarning yetishmasligi; Bunga quyidagilar sabab bo'lishi mumkin: Homiladorlikning dastlabki davridagi kuchli toksikoz, bunda ayol ko'p qayt qilib kerakli mikroelementlarni keraklicha hazm qilmaydi. Homilaning mikroelementlarga bo'lgan ehtiyojini kuchayishi (odatda homiladorlik davrining o'rta qismida namoyon bo'ladi). Siydik keltiruvchi dori va suyuqliklarni vrach nazoratisiz ko'p iste'mol qilish. Noto'g'ri ovqatlanish natijasidaayol organizmiga kerakli moddalar yetarlicha tushmaydi. 2. Qonda gemoglobin moddasi darajasi keskin pasayib ketishi (anemiya); 3. Qondagi shakar miqdorining buzilishi, ko'pincha homilador ayolning ovqatlanish tizimi buzilib, katta vaqt oralig'ida birdaniga ko'p yeb olish yoki shirinliklarni ovqat o'rniga yeb yurish sabab bo'lishi mumkin; 4. Oyoqda tomirlarning varikoz kengayshi, bu ayniqsa oyoqlarga katta og'irlik tushayotganda kuzatiladi; 5. Kofeinga boy suyuql
...
Читать дальше »
|
Reklama