Payshanba00:42
Ҳозирда жаҳон бўйича энг муаммоли дард бу бепуштлик дардидир. Бу дард ортидан келиб чиқадиган касалликларга эса асаб ва руҳий касалликларни мисол келтиришимиз мумкин.Аслида, эркак бепуштлигига сабаб бўлувчи омиллар жуда кўп. Энг кўп учрайдиганларини санайдиган бўлсак,
1)туғма етишмовчиликлар (крипторхизм ёки монорхизм – моякнинг ўз ўрнига тушмаганлик ҳолати, моякнинг биттаси ёки иккаласи ҳам ёрғоқда бўлмай, қорин бўшлиғида қолиши; анорхизм – баъзан иккала, кўп ҳолларда битта моякнинг туғма бўлмаслиги; гипоспадия – сийик чиқариш йўлининг қисман ёки бутунлай бўлмаслиги; эписпадия – эркаклар ташқи сийдик йўлидан бир қисмининг туғма камчилиги, масалан, шу тешикнинг жинсий олатнинг устки ёки пастки қисмида бўлиши), 2)узоқ давом этган чов, чов-ёрғоқ чурралари (грижалари), 3)моякнинг ўткир касалликлари – орхит (сил, захм, сўзак ва бошқа касалликларда моякнинг яллиғланиши) ва орхоэпидидимит (еркак жинсий бези ва ортиғининг яллиғланиши), 4)моякларнинг буралиши ва шикастланиши, 5)простатит ва венерик (жинсий йўл билан юқувчи таносил касалликлари) касалликлар, 6)варикотселе – уруғ тизимчасининг варикоз кенгайиши (еркаклар бепуштлигининг 15 фоизини ташкил қилади) 7)жинсий бузилиш, 8)иммунитетнинг ўта пастлиги, жинсий заи
...
Читать дальше »
Juma01:11
Bir qator tekshiruvlardan o'tgan bepusht juftliklarga ba'zida noaniq bepushlik degan diagnoz qo'yiladi. Bunda homiladorlik yuz bermasligiga yoki yuz berib homila tushishiga keltiruvchi sabab aniqlanmay qoladi. Bepusht juftlik har tomonlama tekshiruvlardan o'tgan bolsa ham, homiladorlik yuz bermasligini yoki bir necha bor homila tushishini sababini aniqlash qiyin bo'lishi mumkin. Ko'pincha bepushtlikka genetik, gormonal yoki ayol va erkak reproduktiv tizimidagi boshqa kasalliklar sabab bo'ladi. Bu muammolar maxsus tekshiruvlar yordamida oson aniqlanadi. Ota-ona sog'lom bo'la turib, embrionda genetik kasalliklar mavjud emasligi aniqlangan holda ham homila tushishi bir necha bor takrorlansa yoki homiladorlik yuz bermayotgan bo'lsa, immunologik bepushtlikka shubha qilinadi. Immunologik bepushtlik nima degani? Insonning immun tizimi o'ta murakkab bo'lib, u organizmni kasalliklardan, xususan virus va bakteriyalardan himoya qiladi. Aynan immun tizimi tufayli biz ko'p kasal bo'lmaymiz. Buning uchun organizmda biron bakteriya yoki virus kabi "yod" narsa paydo bo'lsa, immun tizimi uni yo'q qilish harakatiga kiradi va tez orada organizmdan chiqarib yuborishga erishadi. Immun tizimidagi nosozliklar ba'zida
...
Читать дальше »
Yakshanba04:03
Савол: 25 ёшдаман. Ҳозирга қадар Тошкентда мардикорчилик билан машғул эдим. Тирикчилик яхши бўлса, бу йил уйланиш ниятида эдим. Аммо «камбағални туянинг устида ҳам ит қопиши» рост экан. Бемор бўлиб қолдим. Аввал гапирганимда, овқат еганимда қулоқ ҳудудида оғриқ пайдо бўлиб, бироз шишди. Мушакларим толиқиб, бошим оғриб юрса-да, ишлашга мажбур эдим. Навбатдаги хонадонларнинг бирида бизни ишлатаётган онахон юзимга тикилиб турди-да: «Болам, тепки бўлибсиз-ку», дедилар. Ҳақиқатдан, қулоқ атрофидаги шиш гўёки бўйнимга ҳам ўтаётгандек эди. Савобталаб онахон менга ёрдам бериш ниятида қўшни келинни чақирди. Бу дард азал- азалдан келинларга тептирилиб, самарали даволанилганини менга тушунтиришди. Ҳақиқатдан қулоқ тагига тушган тепки бироз фойда бергандай бўлди. Ишлашни яна давом эттириб юравердим. Аммо орадан уч-тўрт кун ўтгач, ҳароратим кескин кўтарилди, энг чатоғи, моякларим кескин шишиб, чотим атрофи кучли оғрий бошлади. Энди шифокор қабулига бормасликдан ўзга илож топмадим. Ўн кунча ётиб даволандим. Дарддан халос бўлганимга шукрлар қилиб шифохонадан чиқишга чоғланганимда дўхтир ўз қабулига чақирди. Бир ойлар ўтгач, шаҳват суюқлигин
...
Читать дальше »
Yakshanba21:27
IKSI degani inglizcha "IntraCytoplasmic Sperm Injection" iborasining qisqa ko'rinishi. Bu muolaja hisoblanib, unda erkak spermatozoidining eng sifatlisi embriolog tomonidan ajratib olinib maxsus igna orqali ayol tuxumdoniga sun'iy kiritiladi. IKSI muolajasidan qachon fydalaniladi? Spermatozoidlar sonining nihoyat kamligi; Harakatlanuvchan spermatozoidlar sonining kamligi; Spermatozoidlar tarkibining patologiyasi; Spermotozoidning sifatsizligi; Eyakulyatsiya davomida sifatli smermatozoid ajralmasligiga qaramay, erkak tuxumdonini punksiya qilish (maxsus igna bilan teshib) natijasida sifatli spermatozoidlarni ajratib olish imkoniyati mavjudligi; Saboq.Org saytidan olingan. Bir necha bor qilingan sun'iy urug'lantirish muolajalari spermatozoidlarning sifatsizligi tufayli samarasiz bo'lgani; Erkak maniyida spermatozoidlarni sifatsizlantiruvchi moddaning mavjudligi; Bepushtlikning sababi noaniq ekanligi; Ayol tuxumi bilan erkak spermatozoidlarining kimyoviy jihatdan bir-biriga mos emasligi; Bo'lajak ota-onaning yoshi kattaligi. Statistik ma'lumotlarga qaraganda, IKSI muolajasi yordamida amalga oshirilgan urug'lantirishning 45% homiladorlikka olib keladi.
manba:
...
Читать дальше »
Shanba16:21
Hozirgi kunda oilada er-xotin kamida 1 yil davomida muntazam ravishda saqlanmay jinsiy aloqada bo'la turib, homiladorlik yuz bermasa, bepushtlik diagnozi qo'yiladi. Turmush qurilganiga 1 yil bo'lmasdan davolanishni boshlash noto'g'ri hisoblanadi. Chunki statistik ma'lumotlarga ko'ra, sog'lom juftlikda o'rtacha 8-12 oy ichida tabiiy homiladorlik yuz beradi. Bir yildan so'ng ham homiladorlik yuz bermasa , er-xotin birgalikda shifokorga murojaat qilishlari lozim. Odatda bepushtlikning sababi turlicha bo'ladi va u bittagina faktorga bog'liq bo'lmaydi. Ko'pincha shifokorga murojaat qilgan oilalarda bepushtlikning bir necha shakli namoyon bo'ladi. Ayol bepushtligi sabablari: 1. Bachadon yo'llaridagi patologik o'zgarishlar SABABI: - salpingit kasalligi; - kichik toz a'zolarining kasalliklari; - endometrioz; - kichik toz a'zolarida amalga oshirilgan jarrohlik aralashuv (abort, oldingi homiladorlik natijasida ro'y bergan patologik tug'ish jarayoni); - infeksiya; - tug'ma nuqsonlar; - bachadondan xoli homiladorlik; - bachadon yo'llarini jarrohlik yo'li bilan bog'lanishi; - appendiksning ayrim kasalliklari; - gormonal buzulishlar. 2. Endokrinologik kasalliklar - qalqonsimon bez kasalliklari;
...
Читать дальше »
Shanba16:17
Oilada bepushtlik muammosi bo'lsa, odatda birinchi bo'lib ayol davolanishni boshlaydi. Lekin erkaklarda ham bepushtlik muammosi keng tarqalgan bo'lib Erkak bepushtligiga quyidagilar sabab bo'ladi: 1. Azospermiya . Bu kasallikda erkakda spermatazoidlar mavjud bo'lmaydi. Bu patologiya og'ir kasalliklar, kuchli jarohat va tuxumdonning o'tkir kasalligi natijasida vujudga keladi. 2. Urug' yo'li tomirlarining shishlari. Bepushtlikning bu shakli ko'pchilik bepusht erkaklarda uchraydi. 3. Kuchli stress. 4. Ayrim dori vositalari. 5. Bolalikda o'tkazilgan ayrim kasalliklar: tuberkulyoz, parotit (tepki), qizilcha, shikastlanish. 6. Tuxumdon va jinsiy a'zolarning kasalliklari. 7. Spermatazoid yo'llari o'tkazuvchanligi buzulishi. Bunda jarrohlik yo'li bilan yo'llar ochiladi va homiladorlik oson yuz beradi. 8. Gormonal buzulishlar (endokrinologik kasalliklar). 9. Infeksiya (erkaklarning har xil ayollar bilan jinsiy aloqada bo'lishi TORCH infeksiyalari (gerpes, xlomidiya, taksoplazma va boshqalar)ni orttirib olishga olib keladi. Saboq.Org saytidan olingan. Bu infeksiya boshida namoyon bo'lmay erkak jinsiy a'zolariga katta jarohat keltiradi. Afsuski, kasallik alomatlari namoyon bo'lganda davolanish samarasiz bo'lishi
...
Читать дальше »
Shanba16:12
Afsuski, bepusht oilalar oramizda yo'q emas. Farzand ko'ra olmay yuzlab shifoxonalarga qatnagan, ko'plab qiyinchiliklardan o'tgan er- xotin qanchalik qiynalishi boshidan kechirmaganga qorong'u bo'lsa kerak. Atrof muhitning ta'siri, yaqinlarning munosabatlari, do'st- dushmanning gaplari bunday er- xotinga juda katta psixologik ta'sir ko'rsatadi. Oilada bir necha yil davomida farzand dunyoga kelmasa: Avallambor to'g'ri va aniq davolanish lozim. Afsuski, ayrim shifokorlar davolash o'rniga jarohat yetkazishi ham mumkin. Qanday desangiz, noto'gir diagnoz qo'yilib davolangan kasallik og'ir oqibatga olib kelishi mumkin. Shuning uchun birinchidan, turmush qurganingizga 1 yildan oshmagan bo'lsa, aslo shifokorga murojat qilmang. Sog'lom oilalarning 12% da muntazam jinsiy aloqalar 8-12 oy davom etganda homiladorlik yuz beradi. Siz ana shunday oilalar qatorida bo'lishingiz mumkin. Ortiqcha dori-vositalar bilan sog'lom organizmingizga zarar keltirib qo'ymang. Savodli shifokor 1 yillik kelin-kuyovga hech qachon o'tkir davolanish mexanizmini qo'llamaydi. Agar oila qurganingizga 1 yildan oshgan bo'lib homiladorlik yuz bermay, shifokorga murojaat qilishni ko'zda tutgan bo'lsangiz, bunga mas'uliyat bilan yondash
...
Читать дальше »
Shanba16:09
Erkak bepushtligini asosiy sababchilaridan biri - spermatozoid sifati bilan bo'gliq muammolardir. Hozirgi zamon tibbiyoti bu muammolarni ko'pincha muvaffaqiyatli bartaraf etib kelmoqda. Quyida spermatozoid bilan bog'liq muammo va yechimlar haqida suhbatlashamiz. Jinsiy aloqa jarayonida millionlab spermatozoidlar ayol organizmiga kirib, ular orasidan faqat bir necha yuztasi ayol tuxumdoniga yetib borishi va uni urug'lay olishi mumkin bo'ladi. Spermatozoid ayol tuxum hujayralarini muvaffaqiyatli urug'lashiga bir qator faktorlar ta'sir qiladi: Spermatozoid miqdori; Spermatazoid konsistensiyasi (1 millimetr urug'da spermatazoidlarning soni); Erkak urug'i hajmi; Spermatozoid harakat qilish qobiliyati; Spermatozoid harakati tezligi; Spermatozoid morfologiyasi (shakli). Saboq.Org saytidan olingan. Ushbu faktorlarning yomonlashuvi erkak bepushtligiga sabab bo'lishi mumkin. Shuning uchun ularning har biri yuqori ko'rsatgichga egaligi muhim ahamiyat kasb etadi. Spermatozoid muammolarini nima keltirib chiqaradi? Erkakning yoshi Umuman, erkakning ayolni urug'lay olish qobiliyati 35 yoshdan so'ng asta so'nishni boshlaydi. Bu asosan spermatozoid miqdori va harakatlanuvchanligida namoyon bo'ladi
...
Читать дальше »
|
Reklama