2 oylik chaqaloq-rivojlanishi
Ikki oylik chaqaloq 1 oylikdan ko'ra ancha
katta desak adashmaymiz. Oradan
bir oy o'tgan bo'lsada, uning
rivojlanish darajasi keskin ortib
boradi. Bu davrdan boshlab iloji
boricha bola bilan ko'proq
gaplashing, unga tabassumingizni
ayamang. Bolangiz uchun yoqimli
qo'shiqlarni ayting, ota yoki ona
ovozi bilan aytilgan mayin qo'shiq
bola uchun butun umrga esdalik
bo'lib qoladi. Bolaning ko'rish
qobiliyati ham keskin kuchayib
boradi.
Shuning uchun bola ko'zidan 50-70
sm uzoqlikda rangli o'yinchoqlarni
ilib qo'ying, ularni vaqti vaqti bilan
qimirlatib qo'ying, bolaga bu ham
yoqimli, ham foydali bo'ladi.
Demak 2 oylik chaqaloq:
1. Ota-ona ko'zlariga qaray
boshlaydi;
2. Qo'l-oyoqlari biroz bo'shashib,
tanaga yopishib turmaydi;
3. Boshini 45' ga ko'taradi;
4. Bolani o'tqazib ushlab tursa boshi
likillab turadi;
5. Qo'l barmoqlari biroz ochiladi;
6. Qo'llari bilan hilpillatib yotadi;
7. O'yinchoqni bir oz ushlab tura
oladi;
8. Gugulaydi, qichqiradi;
9. Tabassum qiladi;
10. Emotsiya: xursandchilik yoki
xafagarchilikni namoyon qiladi;
11. Ota-ona kayfiyatini taqlid qiladi,
agar ota-ona xafa bo'lsa, u ham
xafa bo'ladi;
12. Katta barmog'ini so'radi;
13. Yuzingizni o'rganadi;
14. Yuzingiz mimikasini qaytarish
...
Читать дальше »
Reklama