Payshanba00:41
Qiz ko'rish sirlari bormi? Nima qilsa qiz tug'iladi?
Afsuski, oldindan 100% qiz yoki o'g'il ko'rishni rejalashtirish imkoniyati mavjud emas. Lekin qiz ko'rish ehtimolini oshirish yo'llari mavjud.
1. Erkak va ayol rejalashtirishdan 6 oy oldin kalsiy va magniyga boy mahsulotlardan ko'proq iste'mol qilishlari zarur. Baqlajon, olma, qulupnay, limon, olma, sitruslik mevalar, salat barglari, ananas, tarvuz, sut va sut mahsulotlari, shirinliklarni dietangizga bemalol qo'shsangiz bo'ladi. Go'sht va go'sht mahsulotlaridan, banan va pomidordan yiroqroq bo'ling.
2. Rejalashtirilayotgan oyda hayz siklining 1-chi yarmida jinsiy aloqada tez-tez, har kuni yoki undan ko'proq miqdorda bo'lish muhim.
3. Gazlik ichimliklarni ichib yurish maqsadga muvofiq bo'ladi.
4. Jinsiy aloqani ovulyasiyadan 2 yoki 3 kun oldin bajarish va undan so'ng aloqada bo'lmaslik yoki prezervativdan foydalanish tavsiya etiladi. Shunda ovulyasiyagacha erkak spermatozoidi ayol organizmiga tushib bo'lgan bolib, unda uzoq yashay olmaydigan Y-spermatozoidlar ovulyasiyaga qadar nobud bo'ladi. Qiz bola uchun javobgar uzoqroq yashuvchan X-spermatozoidlar esa ovulyasini kuta oladi va aynan ulardan biri tuxumni urug'lantira olishi ehtimoli oshadi.
5. Urug'lanish uchun mo'ljallangan jinsiy aloqani erkak charchab turgan holatda majburlab bo'lsa ham bajargan ma'qul. Shunda o'g'il uchun javobgar Y-spermatozoidlar faoliyati sust bo'ladi.
...
Читать дальше »
Payshanba00:33
Odamlar o'gil tug'ish uchun nimalar qilmaydi. O'g'il tug'ish siri nima ekanligini bilgisi keladi. Bunga 100% ta'sir qilib bo'lmaydi, lekin o'g'il tug'ish ehtimolini oshirish mumkin.
O'g'il bola bilan homilador bo'lish ehtimolini oshirish uchun nima qilish kerak?
1. Homiladorlikni rejalashtirishdan oldin 6 oy davomida sog'lom turmush tarzida yashash kerak.
2. Erkak kaliy va natriyga boy mahsulotlardan ko'proq yeyishi kerak. Kaliyga banan, turshak, o'rik, pomidor, bodom boy bo'lsa, natriy bu oddiy tuz bo'lib, barcha sho'r yeguliklar uni organizmga ta'minlab beradi. Sho'r bodring, sho'r baliq, qazi, sho'r danak va hokazolar.
Цитата Sho'r mahsulotlar qon bosimini oshishiga olib kelishi mumkin. 3. Quritilgan hurmo, o'lxo'ri va turshakni erkak va ayol ko'proq yeyishi kerak. Цитата O'g'il tug'ishni rejalashtirayotgan juftliklar shirinliklar va gazli ichimliklardan iste'mol qilmasligi muhim. 4. Homiladorlik rejalashtir
...
Читать дальше »
Chorshanba23:57
Bachadon ichi vositasi(spiral)dan so'ng homilador bo'lish bo'yicha muloxazalar ko'p. Ba'zilar u tufayli homilador bo'la olmayamman desa, ba'zilar hatto u bachadonda bo'lgan holda homilador bo'lib qoladilar.
Bachadon ichi vositasi (spiral) asosiy turalriga qarab ushbu masalaga oydinlik kiritamiz:
1.Mis yoki kumush qo'shilgan bachadon ichki vositasi. Ushbu kontratseptiv vositalar mexanik tarzda homiladorlik ni oldini oladi. Ular faqat bachadonga ta'sir qilib, ayol organizmi yoki qoniga ta'sir ko'rsatmaydi. Bu vositalar tufayli bachadondagi muhit achchiqlanadi, natijada spermotozoidlar nobud bo'lib homiladorlik yuz bermaydi. Bu turdagi vosita bachadondan olingani zahoti ayol homilador bo'lishga tayyor va hech qanday muolaja va muammosiz homiladorlik yuz berishi kerak. Ba'zida bachadon ichki vositasi tufayli bachadon devorlari yallig'lanishi kuzatib, bunda homilador bo'lish biroz qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Bu holda odatda 5-6 oyda bachadon devorlari o'z holiga qaytib o'z-o'zidan homiladorlik yuz beradi. Ko'pchilik bachadon ichki vositani olgach biron muolaja olishga shoshiladi. Hech qanday muolaja yoki davolanish shart emas. Homiladorlik rejalashtirayotgan bo'lsangiz birgina muhim narsa - bu foliya kislotasini ichib
...
Читать дальше »
Juma23:33
Homilasi nobud bo'lgan ayol uchun eng qiyini kutish bo'lsa kerak.
Bir tomondan ayol tezroq shu bo'shliqni to'ldirish ishtiyoqida bo'lsa, ikkinchi tomondan uni qo'rquv xavotirga soladi. Ayniqsa, boshidan bir necha bor homila tushishini kechirgan ona uchun yangi homiladorlik ni rejalashtirish juda mushkul psixologik vaziyatdir. Shifokorlar 6 oy saqlanishni tavsiya etadilar, lekin ayolda tezroq bag'rida bir jon borligini his etishga ehtiyoji juda kuchli bo'ladi. Olti oy bunday ayol uchun olti yuz yildek tuyulishi ajab emas.
Homila tushib qolsa yoki nobud bo'lsa yangi homiladorlik ka qanday tayyorlanish lozim?
1. Homila nega tushgan yoki nobud bo'lgani sababini biling. Shifokorning maslahatiga amal qilgan holda to'liq davolaning. Ba'zi hollarda erkakning davolanishi ham talab etilishi mumkin. Shifokor belgilagan davolanish programmasi, dori-vositalari va boshqa maslahatlarini kanda qilmang. 2. Yaxshi niyat qiling. Ayolning ichki hissiyoti ijobiy homiladorlik uchun juda muhim. Asablaringizni tuzating, ko'proq dam oling, yaxshi kayfiyatda bo'ling. Qo'rquvlaringizni chetga surib qo'ying. Agar siz homila tushgandan so'ng kerakli muolajalarni olgan bo'lsangiz ortiqcha xavotirga o'rin yo'q. Yangi homiladorlik ijobiy yakun topis
...
Читать дальше »
Seshanba01:44
Tabiatning jinsiy yaqinliqdan ko‘zda tutgan maqsadi yangi hayotning dunyoga kelishini ta’minlashdir. Qanday qilib inson-dan inson paydo bo‘ladi? Yorug‘ dunyoni ko‘rgunicha u qanday yashay-di?
Homilaning paydo bo‘lishiga sabab urug‘lanishdir. U jinsiy yaqinlik natijasida ayol tuxum hujayrasining erkak pusht hujay-rasi spermatazoid bilan qo‘shilib ketishi (singaliya) oqibatida yuzaga keladi. Qinga tushgan spermatozoidlar bachadon bo‘yni or-qali bachadon bo‘shlig‘iga, so‘ngra tuxum yo‘liga o‘tib, shu yerda jinsiy yaqinliqdan 1,5—2 soat o‘tgach, tuxum hujayra bilan to‘qnash keladi. Tuxum hujayraning pusti hisoblanadigan yupqa par dani teshib faqat bitta spermatozoid (eng kuchlisi) ichkariga o‘tib oladi; spermatozoid yadrosi va tuxum hujayra bir-biriga qo‘shilib ketadi (bu vaqtda tuxum hujayrada shunday murakkab o‘zgarishlar yuz beradiki, natijada boshqa millionlab spermatozoid o‘tolmay halok bo‘ladi) va urug‘lanish (singaliya) sodir bo‘ladi.
Dastlab urug‘langan tuxum hujayra (zigota) faqat mikroskop-lardagina ko‘rinadigan juda kichik tomchi holida bo‘ladi. Bachadon nayining to‘lqinsimon qisqarishi tufayli urug‘langan tuxum bachadon bo‘shlig‘i tomon surilib boradi. Ayni vaqtda urug‘langan tuxumda bo‘linish jarayoni boshlanadi: avval ikki nimtaga ajra-ladi, ularning har
...
Читать дальше »
Shanba00:55
Homilador bo'lishni niyat qilib, lekin ma'lum sabablarga ko'ra bo'la olmayotgan ayol o'z ovulyatsiya davri haqida bilishi lozim. Chunki aynan ovulyasiya payti yuz bergan jinsiy aloqa homiladorlikka olib keladi. Ovulyasiyani bilish uchun ultra tovushli diagnostika eng aniq yo'ldir. Lekin uy sharoitida ham taxminan ovulyasiya kunini aniqlash imkoniyati mavjud. Uy sharoitida ovulyasiya bazal haroratni aniqlash orqali amalga oshiriladi. Buning uchun: 1. Oddiy istma o'lchaydigan termometrni tayyorlaymiz. Harorat ayolning orqasi (anus)ida aniqlangani tufayli termometr toza bo'lishi kerak. Buning uchun uni spirt bilan artib chiqib har kuni kechqurun karavot yoniga idishga solib tayyor qilib qo'yamiz.
Termometr bilan nihoyatda ehtiyot bo'lish kerak. Uning sinib ichidagi moddaning to' kilishi hayot uchun o 'ta xavflidir . Termometr sinmasligi kerak. Mabodo sinib qolsa , uyni maxsus tez yordam brigadasi bilan tozalash talab etiladi . 2. Daftarga quyida ko'rsatilgandek jadval chizamiz: Hayz kunlari - bu sizning hayz davom etish davri (odatda 28-38 kunni tashkil etadi); Ovulyasiyani aniqlash uchun kamida 6 hayz siklini nazorat qilish talab etiladi. Ya'ni siz shunday jadvaldan
...
Читать дальше »
Shanba00:54
Har bir ayol ovulyasiya haqida qandaydir ma'lumotga ega bo'lishi kerak. Homilador bo'lish uchun u juda muhim bo'lsa, homiladorlikdan saqlanish maqsadida ham undan xabardor bo'lish kerak. Ovulyasiya haqida eng dolzarb savollarga javob olamiz. 1. Nega men ovulyasiya kunlarini bilishim kerak? Ovulyasiya homilador bo'lish uchun eng muhim davr hisoblanadi. Normada ayolda bir hayz sikli davomida o'rtacha 6 kun ichida urug'lanish imkoniyati mavjud bo'ladi. Aynan shu kunlarda jinsiy aloqa yuz bersa, ayol homilador bo'lish ehtimoli mavjud bo'ladi. Ovulyasiya kunlarini bilish ayniqsa, bepushtlik muammosi yuz berganda, jinsiy aloqalar muntazam bo'lmaganda, hayz sikli har xil bo'lganida juda muhim bo'ladi. Shunda homilador bo'lish uchun barcha harakat aynan o'sha ovulyasiya kunlariga qaratilgan bo'lishi talab etiladi. 2. Qanday qilib ovulyatsiya bo'layotganidan xabar topishim mumkin? Ba'zi ayollar o'zidagi gormonal o'zgarishlarni kuzatish jarayonida o'z ovulyasiya kunlarini ayta oladilar. Bu o'zgarishlarga bel og'rishi, qindan ko'proq suyuqlik ajralishi va boshqalar kiradi. Lekin bu alomatlar orqali ovulyasiyani aniq belgilab bo'lmaydi. Undan tashqari aptekada sotiladigan ovulyasiya testlari va ultra tovushli dia
...
Читать дальше »
Payshanba08:09
Homiladorlik testi homiladorlikni aniqlash uchun eng qulay vositadir. Homiladorlik testidan foydalanishdan oldin unga ilova qilingan yo'riqnoma bilan tanishib chiqish zarur. Hayz siklining qaysi kunida homiladorlik testini o'tkazish mumkin? Agar hayz sikli muntazam ravishda bir xil bo'lsa, u holda testni hayz kechikkan kunida o'tkazsa bo'ladi. Ya'ni, hayz 22 mart kuni boshlanishi kerak bo'lib kelmasa, shu kun yoki undan 1-2 kun keyin testni o'tkazish mumkin. Bu davrda test natijasi salbiy(hamiladorlik mavjud emas) bo'lib chiqsa, biroz kutish zarur. Hayz kelavermasa, bir necha kundan so'ng testni qayta o'tkazsa bo'ladi. Hayz sikli muntazam bo'lmagan hollarda testni oxirgi hayz kelgan kunidan boshlab 35-40 kun o'tgach amalga oshirgan ma'qul. Javob aniqroq chiqadi. Test homiladorlikni tez aniqlay olmasligini sababi, aynan shu oyda ovulyasiya kechroq sodir bo'lgan bo'lishi mumkin yoki hayz kutilishi mumkin bo'lgan kun sanasi adashtirilgan bo'lishi mumkin. Kunning qaysi davrida test o'tkazgan ma'qul? Homiladorlikni ko'rsatuvchi HCHG gormoni miqdori ertalab ko'paygan bo'ladi. Shuning uchun tezroq va aniqroq natija uchun testni ertalab, uyg'ongandan so'ng ilk siydikdan foydalangan holda amalga oshirish ma'qulroq. Homiladorlik test aniqlagan javob necha daqiqada n
...
Читать дальше »
Payshanba08:00
Homiladorlik testi bilan har bir ayol tanish bo'lishi ajab emas. Aynan homiladorlik testi yordamida ayol uy sharoitida homiladorlik yuz berganligi haqida birinchi bo'lib bilib olish mumkin. Homiladorlik testi haqida asosiy savollarga javoblar. Homiladorlik testi nima degani? Uy sharoitida qilinadigan homiladorlik testi barcha dorixonalarda sotiladigan vosita hisoblanadi. Bu test ayol siydigidagi inson xorionik ganodropin (IXG) moddasini o'lchaydi. Urug'lanish yuz bergandan so'ng 7-10 kun o'tgach homilador bo'lgan ayolda IXG moddasi o'lchash uchun yetarli miqdorda ishlab chiqarilishni boshlaydi. Shunda testlar siydikda IXGning miqdoriga qarab homiladorlik yuz bergan yo bermaganligi haqida xabar beradi. Homiladorlik testini qachon o'tkazsa bo'ladi? Homiladorlik testlari IXG moddasiga sezuvchanligi har xil bo'lgani uchun ba'zi testlarda oxirgi hayz kunidan 1 sikl (odatda 28-30 kun)o'tganda natija aniq chiqsa, ba'zi testlar bu davrda xato natija ko'rsatadi. Shuning uchun homiladorlik testini o'tkazish uchun eng qulay davr - bu siz kutayotgan hayz kuni kechikkan kun va undan keyingi davr. Shu kundan keyin o'tkazilgan test aniqroq javobga ega bo'ladi. Homiladorlik testi qanday o'tkaziladi? Odatda har bir test upakovkasida uni o'tkazish usuli ko'rsatilgan bo'ladi. Test
...
Читать дальше »
Payshanba00:18
Bepushtlikka olib keluvchi yana bir kichik faktor - bu ayol bachadon bo'yni suyuqligidir. Uning kimyoviy va fizik holati erkak urug'ini bepusht bo'lishiga olib kelishi mumkin. Ma'lumki, erkak urug'i ayol tuxumdoni tomon yo'l olishida unga bachadon bo'yni suyuqligi yordam beradi. Spermatozoidlar o'zidan o'zi ayol tuxum hujayrasi tomon harakat qila olmaydilar. Ularning u yerga "yetaklovchi" suyuqlik kerak. Ana shu suyuqlik ayolda ovulyasiya davrida keskin ko'payadi va uning holati spermatozoidlar uchun moyil bo'lib qoladi. Lekin bu suyuqlik nafaqat mavjud bo'lishi kerak, balki u erkak urug'i uchun kerakli holatda ham bo'lishi zarurdir. Ba'zida er-xotin tibbiy ko'rikdan o'tadi, biron kasallik aniqlanmaydi, orada jinsiy aloqa muntazam ravishda bo'ladi, lekin homiladorlik yuz bermaydi. Shunda ayolning bachadon bo'yni suyuqligini tekshirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bachadon bo'yni suyuqligi tufayli spermatozoidlarni nobud bo'lishiga olib keladigan holatlar: 1. Bachadon bo'yni suyuqligida erkak spermatozoidlarga qarshi antitanachalar mavjud bo'ladi. Bunda jinsiy aloqadan so'ng erkak urug'i ayolning tuxum hujayrasiga yetib bormay turib nobud bo'ladi. Chunki ayolning bachadon bo'yni suyuqligidagi antitanachalar erkak urug'ini ayol organizmiga yod deb bilib nobud q
...
Читать дальше »
Shanba00:33
Қайнона ва келиннинг бир кунда туғуруқхонага тушгани ҳақида эшитганмисиз? Ёки амакиси ўзидан кичкина, тоғаси билан тенгдош таниш- қариндошларингиз бордир. Бу ҳолат кеч ҳомиладорлик деб аталади. Унинг яхши ва ёмон томонларига тўхталамиз. Хулосани эса ўзингиз чиқаринг. Биринчи фарзандни 20-24 ёш оралиғидан дунёга келтириш кераклиги, 35 ёшдан кейин ҳомиладор бўлиш хавфли экани тиббиётчилар томонидан тасдиқланган. Аммо 35 ёшдан кейин ҳам аёл жисмонан соғлом, репродуктив тизимида ўзгаришлар бўлмаса, ҳомиладорлик яхши ўтиши ва соғлом болани дунёга келтириши мумкин. Бу фикр Нью-Йоркдаги Маунт-Синай шифохонасида ўтказилган тадқиқотда ҳам исботланган. Аммо яна бир гуруҳ шифокорларларнинг кузатуви эса бу фикрни рад этди. Унинг тадқиқот натижаларига кўра, 35 ёшдан кейинги ҳомиладорликда чақалоқнинг муддатидан аввал, кам вазнли ва қувватсиз туғилиши эҳтимоли кўп. "Бир-бирига зид тадқиқот натижалари, ҳаётдаги мисоллар асл хавфни тўғри баҳолашни қийинлаштиради. Кеч туғуруқнинг хавфи ҳақида кўп гапирилгани, баъзан хавф жуда ошириб кўрсатилгани учун, катта ёшли ҳомиладор аёлни ваҳима босади. Ҳар бир эмоция организмдаги биокимёвий жараёнларни ўзгартиради. Агар ўз
...
Читать дальше »
Shanba22:37
Қадимдан эркаклар ўзидан кейин насл қолдириш мақсадида ўғил фарзандли бўлишни кўпроқ хоҳлашган. Табиат ҳам ўғил бола туғилишига кўроқ имконият яратар экан: кўп йиллик кузатишлар ва статистик маълумотларга қараганда, 100та қиз бола чақалоққа 106та ўғил бола тўғри келар экан. Бу кўрсаткич сабаби ҳамон илмий жиҳатдан изоҳланмаган. Шунга қарамай табиат ер юзидаги эркак ва аёл сони ўртасидаги мувозанатни бузмаган ҳолда бошқариб туради. Аёлларда туғилиш имкони камроқ бўлса-да, яшовчанлик қобилияти кўпроқ берилган. Ўғил ёки қиз туғилиши нимага ёки кимга боғлиқ? Агар аёлнинг Х хромосомаси билан эркакнинг У хромосомаси жуфтлашса, ўғил бола, аёлнинг Х хромосомаси билан эркакнинг Х хромосомаси жуфтлашса, қиз бола дунёга келади. Ўғил бола туғилиши учун керак бўладиган У хромосома фақат отада мавжудлиги боис, ўғил туғилиши фақат отага боғлиқ. Ўғил бола туғилиши имконини оширувчи омиллар: 1. Қон янгиланишига қараб. Жинсий ҳужайраларнинг уруғланишидан олдин кимнинг қони янги бўлса, ўша жинсдаги фарзанд пайдо бўлади. Буни олдиндан билиш учун қуйидаги оддий ҳисоблашни билиш кифоя: эркак кишининг қони ҳар 4 йилда, аёлнинг қони эса ҳар 3 йилда янгилади. Шунинг учун отанин
...
Читать дальше »
Yakshanba05:33
Homiladorlikning dastlabki alomatlari turlicha bo'ladi. Homiladorlikni orzu qilib yashayotgan ayol bu alomatlarni bilib o'zida tezroq his etishni istaydi. Axir homiladorlik bu juda ajoyib, ilohiy bir davrdir. Homiladorlik bir ayolda barcha alomatlar bilan kechsa, boshqa ayol 9 oyni umuman hech narsa sezmay o'tkazishi mumkin. Quyida keltirilgan alomatlar homiladorlikning dastlabki alomatlaridir, lekin ba'zi hollarda boshqa holat yoki kasallik mavjudligidan dalolat berishi ham mumkin. Juda oz miqdordagi qon ajralmalar Ayol tuxumdoni urug'langandan so'ng bachadonga joylashishni boshlaydi. Bu jarayon implantasiya deb ataladi. Aynan shu davrda (odatda 1-2 kun) qindan oz miqdorda qon ajralmalari kuzatilishi mumkin. Ular hayz davomidagi ajralmalardan rangi, davomiyligi va miqdori bilan tubdan farq qiladi. Rangi ochroq, davomiyligi qisqaroq va miqdori juda oz bo'ladi. Ko'krak shaklini o'zgarishi yoki kattalashishi Homiladorlik yuzaga kelganda ayol organizmida katta gormonal o'zgarishlar yuzaga keladi. Bu o'zgarishlar ko'krak bezlarini ham ish faoliyatini o'zgartirib yuboradi. Shunda ko'krakning kattalashgani yoki uning shakli o'zgarganini kuzatishimiz mumkin. Lekin ko'krakning kattalashishi homi
...
Читать дальше »
Yakshanba03:55
Савол: Ассалому алайкум! Эрим билан келишиб яна бир фарзанд кўрмоқчимиз. Тиббий кўрикдан ўтдим, Гемоглабин 113 экан. Чап тухумдонимда озгина шамоллаш аниқлангач, даволандим. Вазним 45 кг. Шу холатимда фарзанд кўрсам бўладими? Жавоб: Аввало ушбу кўрсаткичлар ҳомиладор бўлишингизга яъни туғишингизга монеълик қилмайди. Аммо қуйидагиларни бартараф этсангиз, келажакда фарзандингиз соғлом бўлиши муқаррар: 1. Сиздаги тухумдон шамоллаши, албатта эрда ҳам гўёки “арзимас” ҳали безовта хазон.ру сайтидан олинган қилмайдиган яллиғланиш дардидан далолат бўлиши мумкин. Давони эрингиз ҳам олиши шарт. 2. Вазнингиз енгил зеро, сизнинг вужудингизда бўлғуси фарзанднинг ҳаққи борлигини унутманг. 3. Гемоглабиннинг деярли меъёрдаги эканлиги онанинг буткул соғлом эканлигидан далолат эмас. Шу боис, ўзингизни муфассал кўрсатиб, даъволатганингиз маъқул. Зеро, мукаммал соғлиқ – баркамол фарзандга пойдевор бўла олади.
Manba: Hazon.Ru
Seshanba01:08
Ayol hayz siklining ma'lum bir davrida tuxumdondan tuxum hujayralarining yetilib chiqib, bachadon bo'ynida joylashib, urug'lanishiga tayyor bo'lib turishiga ovilyatsiya deyiladi. Ovulyatsiyani bilish ayol uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ovulyasiya kuni va undan bir necha kun oldin va keyin amalga oshirilgan jinsiy aloqadan so'ng ayolning (boshqa faktorlar mavjud bo'lmasa - masalan jinsiy kasalliklar, qo'shimcha saqlanish vositalardan foydalanish va hokazo) homilador bo'lish ehtimoli yuqori bo'ladi. Ovulyasiyaga qarab er- xotin homiladorlikdan saqlanishi mumkin, ya'ni o'vulyasiya kunlari jinsiy aloqa qilinmaydi yoki jisniy aloqa bo'lsa ham prezervativdan foydalaniladi. Ammo ovulyasiya bo'layotganini aniq bilish juda qiyin. Ovulyasiyani qanday aniqlash mumkin: 1. Ultra tovushli diagnostika orqali (eng aniq yo'l). 2. Ovulyasiya testlari (Dorixonada sotiladigan maxsus test: siydik testerga tomchilash yordamida ovulyatsiya yaqinlashayotgani aniqlanadi). 3. Qon tekshiruvi. Saboq.Org saytidan olingan. 4. Rektal (anusdagi) haroratni kuzatish (Bunda bir necha oy davomida rektal harorat aniqlanadi. Buning uchun har kuni ertalab o'rindan turmasdan anusga termometr joylashtirilib 5 daqiqa davomida ushlana
...
Читать дальше »
Seshanba01:06
Har bir ayol ovulyasiya haqida qandaydir ma'lumotga ega bo'lishi kerak. Homilador bo'lish uchun u juda muhim bo'lsa, homiladorlikdan saqlanish maqsadida ham undan xabardor bo'lish kerak. Ovulyasiya haqida eng dolzarb savollarga javob olamiz. 1. Nega menga ovulyasiya kunlarini bilish kerak? Ovulyasiya homilador bo'lish uchun eng muhim davr hisoblanadi. Normada ayolda bir hayz sikli davomida o'rtacha 6 kun ichida urug'lanish imkoniyati mavjud bo'ladi. Aynan shu kunlarda jinsiy aloqa yuz bersa, ayol homilador bo'lish ehtimoli mavjud bo'ladi. Ovulyasiya kunlarini bilish ayniqsa, bepushtlik muammosi yuz berganda, jinsiy aloqalar muntazam bo'lmaganda, hayz sikli har xil bo'lganida juda muhim bo'ladi. Shunda homilador bo'lish uchun barcha harakat aynan o'sha o'vulyasiya kunlariga qaratilgan bo'lishi talab etiladi. 2. Qanday qilib ovulyatsiya bo'layotganidan xabar topishim mumkin? Ba'zi ayollar o'zidagi gomonal o'zgarishlarni kuzatish jarayonida o'z ovulyasiya kunlarini ayta oladilar. Bu o'zgarishlarga bel og'rishi, qindan ko'proq suyuqlik ajralishi va boshqalar kiradi. Lekin bu alomatlar orqali ovulyasiyani aniq belgilab bo'lmaydi. Undan tashqari aptekada sotiladigan ovulyasiya testlari va Ultr
...
Читать дальше »
Seshanba01:04
Tug'sh yoshidagi har bir ayol o'rtacha har 28-32 kunda hayz ko'radi. Hayz siklidan tashqari ovulyasiya sikli ham mavjud. U haqda bilish ovulyatsiyani hisoblashda yordam beradi. Ovulyasiya sikli fazalari: Hayzning birinchi kunidan boshlab follikulyar yoki hayz fazasi boshlanadi. Bu davrda ayol tuxumdonida bir necha follikula o'sishni boshlaydi. Hayz boshlangan kunidan 7 kunga kelib ovulyator faza davom etadi. Shu davrda asosiy follikul ajralib, unda tuxum hujayrasi rivojlanadi. Yigirma sakkiz kunlik hayz siklining 14 kunida ovulyatsiya sodir bo'ladi. Shu kunda yuqorida ta'kidlangan asosiy follikula yoriladi: undan yetilgan tuxum hujayrasi chiqadi. Aynan shu damda ayol ovulyasiya og'riqlarini his etishi mumkin. Ovulyasiya o'tgandan so'ng tuxum hujayrasi bachadon tomon harakatlanadi. Saboq.Org saytidan olingan. Turli xil tadqiqotlar natijasiga ko'ra tuxum hujayrasi 24-48 soat yashaydi. Yigirma sakkiz kunlik siklning 15 kunidan boshlab sariq tanaha fazasi boshlanadi - bu davr ovulyasiya bilan keyingi hayz kelishining orasidagi muddatga aytiladi. Bu davrda yorilgan follikula devorchasi yog'lar va lyutein pigmentini yig'a boshlaydi. Bu pigment follikulaga sariq rang beradi. Shuning uchun ushbu follikulani endi sar
...
Читать дальше »
Seshanba01:02
Homilador bo'lish ovulyatsiya bo'lishiga bevosita bog'liq bo'lgani uchun ovulyatsiya bo'lmasligi homilador bo'lishga to'sqinlik qiladi. Lekin sog'lom ayolda ham 1 yil mobaynida normada 2-3 hayz sikli ovulyatsiyasiz o'tadi. Yoshi katta bo'lgan sari shunday ovulyatsiyasiz hayz sikllari ko'payaveradi. Agar yilda 4 va undan ko'p hayz sikli ovulyatsiyasiz bo'lsa, u holda ginekologga uchrash talab etiladi. Ba'zida ovulyatsiya bo'lmasligi endokrin yoki ginekologik kasallliklar mavjudligidan dalolat berishi mumkin. Ovulyatsiya qaysi hollarda bo'lmaydi: Homiladorlikda; Klimaksda; Ayol organizmi gormonal holatining buzilishida (bu holatga stress ham sababchi bo'lishi mumkin); Ba'zi dori vositalarni qabul qilish natijasida. Saboq.Org saytidan olingan. Homilador bo'lishning tabiiy usullari yordam bermaganda, ovulyatsiyani qo'zg'atish yo'li qo'llaniladi. Ma'lum bir dori vositasi yordamida, shifokor nazorati ostida ovulyatsiya sun'iy ravishda keltiriladi. Bu jarayonni uy sharoitida shifokor nazoratisiz amalga oshirish mumkin emas.
manba: Uzbaby.uz
Seshanba01:00
Ovulyasiya o'z vaqtida, kechikib yoki oldinroq sodir bo'lishi mumkin. Odatda o'z vaqtida keladigan ovulyasiyada homilador bo'lish muammosi bo'lmaydi (agar erkak sog'lom bo'lsa). Lekin kechikkan va erta sodir bo'ladigan ovulyatsiya ba'zida homilador bo'lishga qiyinchilik yaratib berishi mumkin. Erta ovulyasiya Erta sodir bo'lgan ovulyasiyaga tuxum hujayrasini follikuladan hayz siklining o'rtasida emas, balki oldinroq ajralib chiqishiga aytiladi. Bunga quyidagilar sabab bo'lishi mumkin: intensiv jinsiy aloqa ; jismoniy kuchanish (og'ir ko'tarish, og'ir jismoniy mashg'ulotlar); stress; dieta; kasalliklar; gormonal holatning buzilishi. Agar ayolda hayz siklining o'zi notog'ri bo'lsa, u holda ovulyatsiya erta yo kech kelishini aniq aytib bo'lmaydi. Bu holat organizmda gormonal buzilish ro'y berganligidan dalolat beradi.Saboq.Org saytidan olingan. Agar ayolda hayz siklining o'zi notog'ri bo'lsa, u holda ovulyatsiya erta yo kech kelishini aniq aytib bo'lmaydi. Bu holat organizmda gormonal buzilish ro'y berganligidan dalolat beradi. Hatto ozish , qattiq siqilish, ba'zi kasalliklar ham ovulyatsiya erta o'tishiga sababchi bo'lishi mumkinligi tufayli, ko'pchilik ayollarda erta ovulyasiya yuz berib turadi.
...
Читать дальше »
Shanba15:48
Foliya kislotasi organizm uchun juda muhim vitaminlardan biri hisoblanadi. Afsuski, u haqda homilador bo'lgan ayollargina eshitadi xolos. Foliya kislotasining organizmda yetishmovchiligi ba'zi kasalliklarning sababchisi ekan. Foliya kislotasi nima degani? Foliya kislotasi - bu B turkumiga kiruvchi vitamin hisoblanadi. Ushbu vitamin organizm yangi to'qimalarni ishlab chiqarishiga yordam beradi. Kim foliya kislotasini qabul qilishi kerak? Hamma foliya kislotasiga muhtoj, lekin homiladorlikka tayyorgarlik ko'rayotgan ayol uchun u nihoyatda muhim. Chunki homiladorlikdan oldin va homiladorlik davomida foliya kislotasining yetishmovchiligi homilada umurta miyasi va anesefaliya (bosh miya kasalligi) kasalliklarini rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Ba'zi tadqiqotlarning ko'rsatishicha, foliya kislotasining organizmda yetarli miqdorda bo'lishi homilada boshqa tug'ma nuqsonlar vujudga kelishini va onada saraton kasalligini ham oldini oladi (bu haqda yetarlicha natijalar hali mavjud emas). Ayol organizmiga qancha foliya kislotasi kerak? Homilador yoki homiladorlikka tayyorgarlik ko'rayotgan ayol kuniga 400mcg dan 800 mcg gacha foliya kislotasini qabul qilishi lozim. Bu o'rtacha ko'rsatkich bo'lib, uni q
...
Читать дальше »
|
Reklama