Chorshanba16:55
 Onalarimizning ta'kidlashicha, tuqqan ayol belini (qornini) bog'lab olsa, birinchidan beli og'rimas, ikkinchidan qorni osilib qolmas ekan. Bu haqda biron aniq tadqiqot mavjud emas. Undan tashqari shifokorlarning ta'kidlashicha uzoq vaqt mobaynida belni bog'lab yursa, bel mushaklari bo'shashib qoladi va belbog' yechilganidan so'ng og'rishi mumkin. Darhaqiqat, ba'zida ota-bobolarimizdan qolgan odatlar minglab tadqiqotlardan ustunroq bo'la olarkan. Xususan, tuqqandan so'ng belni bog'lash haqidagi odat. Tuqqandan so'ng belni bog'lab yurish juda kerak ekan! Tuqqandan so'ng ayol bachadoni 1-3 kun mobaynida keskin qisqarib undan ko'p miqdorda qon ajralishi kuzatiladi. Shu davr o'tgach, Ultra tovushli diagnostika bachadonda hech qanday qoldiq yo'qligini tasdiqlagach, bemalol qorinni bog'lab olish mumkin. Qorinni har kuni, iloji bo'lsa tunda ham qattiq bog'lab olish kerak. Bog'lov qattiq bo'z yoki cho'zilib ketmaydigan chitdan bo'lishi lozim. Razmeri bir choyshapchalik bo'ladi. Uni engli(20-25 sm) qilib taxlab belbog' shakliga keltirasiz. So'ng qalin tomonini qoringa qo'yib, bel tomondan bitta o'girib yana qoringa keltirib qattiq bo'glab olasiz
...
Читать дальше »
Chorshanba16:53
 Qo'lda chaqaloq bilan yangi homiladorlikdan saqlanish masalasiga jiddiy yondashish lozim. Bu onaning sog'lig'i uchun, o'sayotgan chaqaloqning jismoniy va ruhiy rivojlanishi uchun ham muhimdir. 1. Eng ishonarlik va bezarar usul bu prezervativdir. U foydalanishda qulay, erkak yoki ayol salomatligiga, hatto emayotgan bola salomatligiga ham hech qanday salbiy ta'sir ko'rsatmaydigan deyarli 99% samaraga ega bo'lgan saqlanish usulidir. U nafaqat rejalashtirilmagan homiladorlikdan, balki ko'plab jinsiy kasalliklardan ham himoya qiladi. 2. Gormonal kontrasepsiya vositalari. Bola tug'ilgach kamida 6 haftadan so'ng foydalanish mumkin. Ba'zi tadqiqotlarning ta'kidlashicha, emayotgan bola salomatligiga salbiy ta'siri mavjud emas. Lekin gormonal tabletkalar tufayli onada vazn oshishi, ba'zida bosh og'rishi kuzatilishi mumkin. Kam hollarda uzoq vaqt davomida qabul qilingan gormonal vositalar ko'krak saratoniga moyilligi bor ayollarda saraton kasalligini qo'zg'atib yuborishi mumkin. Undan tashqari gormonal tabletkalar qabul qilishning kamchiligi shundaki, ularni har kuni bir vaqtda o'tkazib yubormay ichish shart. Aks holda, homiladorlikdan saqlash samarasi pasayadi va onaning gormonal salomatligi buziladi. 3. Bachadon ichi vositalari. Ular mexanik va gormonal turlarga bo'linadi. Gormonal turining samarasi va ta'siri gormonal tabletka singari namoyon bo'ladi. Mexanik vositalar homiladorlikdan 98%ga saqlaydi, lekin ba'zi ayollarda bachadon yallig'lanishini keltirib chiqar
...
Читать дальше »
Seshanba00:59
 Ayol yana homilador bo'lmasligi uchun ko'p tug'ruqxonalarda ayolga bachadonini bog'lab tashlash (sterilizatsiya) qilish muolajasi taklif etiladi.
Bunday muolajaga rozi bo'lishdan oldin ayol yaxshilab o'ylab to'g'ri qaror qilishi lozim. Bachadonini bog'lab tashlagan ayollar bir necha yil o'tgach, taqdir taqazosi bilan yana tug'ish ni istab afsuslanishi keng tarqalgan holatdir. Ayolning roziligisiz esa hech qanday shifokor bachadonni yo'llarini bog'lab tashlashga haqqi yo'q.
Ko'pincha oilada 3 farzand dunyoga kelgach boshqa homilador bo'lish rejalashtirilmaydi. Lekin hayot juda uzun, nima bo'lishini hech kim bilmaydi, shuning uchunbachadonni bog'lab qo'yib yana farzandlik bo'lish imkoniyatini umuman yo'q qilish uchun jiddiy sabab bo'lishi lozim. Shunchaki homiladorlik dan saqlanish vositasi sifatida bu yo'lni tanlash to'g'ri emas.
Homiladorlikdan himoyalanish uchun prezervativ, dori vositalari, bachadon ichki moslamalaridan foydalanish mumkin .
Ayolning yoshi kattaligi, tibbiyot tomonidan tug'ish umuman taqidlanganligi, bir necha bor kesarcha yo'l bilan bola tuqqani, ayolda jiddiy irsiy kasalliklar mavjudligi bachadonni bog'lab qo'yishga sabab bo'lishi mumkin.
Uch va undan ko' p homiladorlik kesarcha kesish yo' li bilan yakunlangan bo' lsa, bachadon devorlari ingichkalashib ketgani sabab keyingi homiladorlikda bachadon yorilib ketish xavfi katta bo'ladi.
Juda kam hollarda b
...
Читать дальше »
Seshanba00:54
 Tug'ayotganda ba'zida shifokor ayolga tug'ish jarayonini og'riqsiz ukol bilan o'tkazishni taklif qiladi. Og'riqsiz ukolning keng tarqalgan turi epidural anesteziyadir. Epidural anesteziya nima degani? Epidural anesteziya biron joydagi mahalliy og'riqni blok qiluvchi vositadir. Epidural anesteziyaning umumiy anesteziyadan farqi u asosan og'riqni sezdirmaydi, umumiy anesteziya esa umumiy sezgirlik vaqtinchalik yo'qolishini ta'minlab beradi. Epidural anesteziya qanday amalga oshiriladi? Tug'ish jarayoni yaqinlashayotgan payti anesteziolog ayolni o'tirgan holida belini orqaga chiqarib bukilib turishini buyuradi. Bu holat anesteziyaning samarasini oshirib beradi. Anesteziya vositasi yuboriladigan joy sterillanadi va kichik shpritsda kiritilgan shol qiluvchi dori bilan atrof teri va mushaklar muzlatiladi. So'ng epidural anesteziya qilinadi, ya'ni orqa miya kanaliga kateter joylashtiriladi va u orqali tug'ish jarayonida anesteziya dorisi yuborilib turiladi. Epidural anesteziyaning yaxshi tomonlari qanday? Uzoq davom etadigan tug'sh jarayonida ayolga yegillik keltiradi; Ayol tug'ish dan charchab, ohiriga qadar holsizlanib qolmaydi; Epidural anesteziyada ayol tug'ish jarayonini his qiladi va unda to'liq ishtirok eta oladi, ya'ni o'zi kuchanadi, bolani o'tayotganini sezadi; Agar bola kesarcha tug'ish yo'li bilan tug'diralayotgan bo'lsa, ona uyquda bo'lmay bolasini tug'ilishini ko'ra oladi.
...
Читать дальше »
Seshanba00:50
 Hozirgi kunda homilador ayol og'riqsiz tug'ish i ham mumkin. Buning uchun unga maxsus dori yuboriladi.
Tug'ish jarayonida ishlatiladigan anesteziyaning asosiy keng tarqalgan turlari: Mahalliy anesteziya - kerakli mushaklarga qilinadigan ushbu ukol tug'ish jarayonida qinda yirtilish va chok tutishi ko'zda tutilsa ishlatiladi. Uxlatish yo'li - tomirga qilinadigan ukol yordamida odam bo'shashib qoladi, og'riq kamroq seziladi, lekin umuman yo'q bo'lmaydi. Blokada - bola chiqish yo'lidagi asab tomirlariga qilinadigan ukol bo'lib, bolani chiqishga tayyorgarlik jarayonida amalga oshiriladi. Epidural anesteziya qilinayotganida ingichka trubka-kateter orqali orqa miya kanaliga dori yuboriladi. Bunda ayol o'g'riq sezmagani bilan tug'ish jarayonini o'zi boshqara oladi. U kuchanishni va bolani chiqishini sezadi. Dori tug'ish jarayoni cho'zilgan sari katereк orqali asta-sekinlik bilan berilishda davom etadi. Orqa miya anesteziyasi huddi epidural anesteziyaga o'xshaydi, lekin bunda dori maxsus igna orqali orqa miya kanaliga to'g'ridan to'g'ri yuboriladi va uning samarasi shu zahotiyoq bilinib kuchliroq bo'ladi. Bunda tug'ayotgan ayol harakat qilishida qiynaladi. Anesteziyaning ushbu turi kesarcha usul bilan tug'ish da keng foydalaniladi. Umumiy anesteziya tomirlar orqali va nafas yo'llari orqali organizmga ta'sir qiladi. Tug'ish jarayoni murakkablashib qo'shimcha muaamolar yuz berganda ishlatiladi. Bu
...
Читать дальше »
Chorshanba01:23
 Ilk bor tug'ayotgan ona haqiqiy to'lg'oq larni homiladorlikda yuz beradigan og'riqlardan yoki Brekston-Xiks to'lg'oq laridan ajratishi qiyin bo'ladi. Tug'ish to'lg'oq larining alomatlari: To'lg'oqlar muntazam ravishda, ya'ni ma'lum bir muddat oralig'ida qaytalanmoqda; To'lg'oqlar kuchaymoqda: og'riq keskinlashadi, to'lg'oq lar soni ko'payadi, to'lg'oq lar davomiyligi uzayadi ular orasidagi oraliq esa qisqaradi; To'lg'oqlar, asosan, qorin past qismida belga kengaygan holda namoyon bo'ladi; To'lg'oqlar yoqimsiz bosim yoki tortuvchi to'lg'oq simon og'riq ko'rinishida bo'ladi. Agar homiladorlik ikkinchi va undan keyingi bo'lsa , u holda to'lg' oqlar boshlanishidan bola tug 'ilishigacha bo 'lgan davr qisqaradi . Ya'ni ilk bor tug 'ayotgan ayolda bachadon bo 'yni ochilishi , to' lg'oqlar davri uzoqroq kechadi . Og'riqlar ayol jismoniy holatini o'zgartirishi bilan to'xtamaydi, yurganda esa kuchayadi. Og'riqlar qindan qon ajralishi bilan birga kechadi. Qindan suyuqlik ajralishni boshlaydi va uning miqdori ko'payadi. Tez-tez siydik qistaydi.
Juma23:48
 Туғруқ табиий жараён. Она соғлом бўлса ва туғруқ жараёни нормал ўтса, боланинг туғилиши учун жиддий тиббий аралашувнинг ҳожати бўлмайди. Ёдда тутинг, ҳар бир аёлда туғруқ турлича ўтиши мумкин. Қуйида келтирилган маълумотлар туғруқ жараёни ҳақидаги энг асосий маълумотлардир. Тайёрлаш жараёни Қуйида туғруқ яқинлигини кўрсатувчи белгилар келтирилган, аммо улар ҳар доим ҳам туғруқ яқинлашганлигидан далолат бермайди. Улар танангиз туғруқа қандай тайёргарлик кўраётганлиги ҳақида аниқ хабар берувчи асосий белгилардир. Баъзи аёллар уларни сезади, бошқалар эса сезмаслиги мумкин, бу иккала ҳолат ҳам нормал ҳисобланади. Агар бу белгилар кузатилмаса ҳам, ҳеч хавотирланманг. – Кутилманда қувватнинг кўпайиши ёки оналик ҳиссиётининг кучайиши. – Бола бачадонда пастроққа тушади (бунда нафас олишингиз осонлашади ва тез-тез сия бошлайсиз), ўзингизни енгил сезасиз. – Ошқозон фаолиятининг бузилиши. – Ичкетар. – Қонли ажралма чиқиши – қиндан бачадон бўйнини бекитиб турувчи пушти рангли қон аралаш қуюқ шилимшиқ ажралма чиқиши. – Қуюқ шилимшиқ ажралмалар чиқиши. Кўп аёллар туғруқ бошланиши муддатини аниқ билишмайди ва туғруқхонага қачон бориш кераклиги ҳақида хавотирланадилар. Қайси вақтда туғруқхонага боришингиз зарурлиги ҳақида шифокор билан с
...
Читать дальше »
Shanba02:25
 Ko'pchilik ayollarda homiladorlik va undan so'ng bavosil(gemorroy) yuzaga keladi. Ba'zilarda bu holat bir necha kundan so'ng o'zi o'tib ketsa, ba'zilarda oylab ayolga salbiy ta'sirini ko'rsatib keladi. Bavosil(gemorroy) nima degani? Bavosil deb, varikoz tomirlarning keskin shishiga aytiladi. Bavosil shakli va kattaligi turlicha bo'ladi. U qichish, og'riq, ba'zida anusdan qon ketishini bilan namoyon bo'ladi. Ba'zida kattalashgan bavosil tashqariga chiqib ketadi, shunda uning mavjudligi orqa tomonda shish borligi hissi bilan namoyon bo'ladi. Homiladorlik payti va tug'ish dan so'ng bavosil (gemorroy) chiqishi keng tarqalgan holat. Agar homiladorlikdan oldin ayolda bavosil mavjud bo'lgan bo'lsa, homiladorlikda u ko'pincha qayta chiqadi va qo'ziydi. Nega bavosil(gemorroy) yuzaga keladi? Homiladorlik nafaqat katta ichak tomirlarini, balki oyoq va ba'zida jinsiy a'zolar tomirlarini ham shishiga olib keladi. Bunga asosiy sabab, homilador ayolning o'sayotgan bachadoni toz tomirlarini va o'ng tomonda joylashgan katta tomirni siqib qo'yishidadir. Natijada qorindan pastda joylashgan qon tomirlaridan qon qaytishi qiyinlashadi va shuning ta'sirida ular shishadi. Undan tashqari homiladorlik payti progesteron gormonining oshishi tomir devorlarini mayinlashishiga olib keladi. Bu
...
Читать дальше »
Shanba02:18
 Tuqqan ayolni 40 kun chillada saqlash kerakligi bejiz aytilmagan. Tuqqan ayolning organizmi juda zaif va ta'sirchan bo'lib qoladi. Yangi tug'ilgan chaqaloq parvarishi birinchi o'rinda bo'lgani bilan, yangi tuqqan ayolga ham maxsus e'tibor talab etiladi. 1. Bola tug'ilishi jarayonida ayolning jinsiy a'zolarida yirtilish yoki kesish ro'y bergan bo'lsa, yaraning batamom bitishiga bir necha hafta talab etiladi. Amaliy yordam: Ko'proq yoting yoki maxsus o'rtasi teshik yostiqda o'tiring. Xojatga borib kuchanayotgan paytingizda yara yoki chok tushgan joyni toza latta bilan bosib ushlab turing, yirilib ketmasligini ta'minlash uchun. Chok yoki yaraga dezinfeksiyalovchi vositani qo'llang. Ichni yumshatish vositalarini shifokor bilan maslahatlashgan holda qabul qiling. Agar og'riq kuchayishi, chok yallig' lanishi , yoqimsiz hid chiqishi , chok va atrofida shish paydo bo 'lishi kuzatilsa, shifokorga uchrash zarur . 2. Qon ajralishi. Tug'ishdan so'ng qindan bir necha hafta davomida qon ajraladi. Qon ajralishi sekin- sekin kamayib boradi, rangi o'zgaradi. Bu davrda gigienaga rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Tez-tez iliq suvda yuvining. Toza tagliklardan foydalaning. Agar sizda qon ajralishi keskin ko'payib borayotgan bo'lsa yoki ajralayotgan qon hidi
...
Читать дальше »
Shanba02:14
![]() Tug'ish jarayonidan har xil ayol turlicha o'tadi. Og'riq va stress hammada bo'ladi, lekin og'riq davomiyligi, kuchi va ayolga bo'lgan ta'sirini kamaytirish tug'ish ga bo'lgan tayyorgarlikka bog'liq. Chet elda necha o'n yilliklar davomida tug'ish ga tayyorgarlik o'quv kurslari mavjud. Bu kurslar yordamida bo'lajak ona tug'ish jarayonini yengillashtirish yo'llari bilan tanishib amalda qo'llashni o'rganadi. Tug'ish jarayoniga tayyorgarlik nega kerak? 1. Tug'ish jarayonida ona kamroq stress oladi; 2. To'lg'oq og'riqlari kamroq seziladi; 3. Bola chiqayotganida unga ona o'z xatti- harakati va nafas olishi bilan yordam bera oladi; 4. Tug'ish tufayli yirtilish yuzaga kelmaydi; 5. Tug'ish tufayli gimorroy yuzaga kelmaydi; 6. Tug'ish jarayoni organizm xususiyati tufayli uzoq vaqt davom etsa, ona kuchsizlanib qolmaydi; 7. Tug'ish tufayli kuchli stress olgan onada sut qochib ketmaydi; 8. Tug'ishdan oldin onani vahimaga soladigan qo'rquv bo'lmaydi; 9. Bo'lajak ona tug'ish jarayoniga ma'suliyat bilan yondashadi; 10. Tug'ish jarayonidan ijobiy xotiralar qoladi. Har bir ayol tug'ish oldidan o'z shifokori bilan qiyidagi masalalar bo'yicha maslahatlashishi darkor: 1. Shifoxonaga to'lg'oq lar boshlanganidan so'ng qanchada borish zarur? 2. Tug'ishga borishdan oldin uyd
...
Читать дальше »
Chorshanba01:57
![]() To'qqiz oy davomida ayol katta bir voqeaga tayyorlanib yuradi. Nihoyat 9 oy tugaydi va ayol dunyodagi eng baxtli inson bo'ladi. Bu borada unung yaqinlari ayolning har bir iltimos-u talabini bajarishga tayyor bo'lib turadilar. Chunki farzand ko'rgan ayol eng yuqori, eng chiroyli mehrga to'la e'tiborga loyiqdir. Lekin bir hafta o'tar - o'tmas yaqinda ona bo'lganidan qanotlanib yurgan ayolni ko'z yosh bilan ko'rib qolishingiz ajab emas. Bunga sabab birinchi navbatda ayol organizmidagi gormonal o'zgarishlardir. Undan tashqari tunda uyqu bo'lmasligi, ko'krakda og'riqlar, beldagi og'riq, erning munosabati ayol istaganicha emasligi, og'ir tug'ishdan so'ng jinsiy organlarda og'riq, ko'krakda sut yetishmasligi ayolni tushkunlikka tushib qolishiga olib keladi. Depressiya tushkunlik, qo'rquv, vahima, yig'lash, uyqusizlikda namoyon bo'ladi. Agar depressiya namoyondalari ayolda kuzatilsa, demak organizm qiynalayotganidan, ya'ni yetarlicha dam olmaslik, kuchli stress, umuman jismonan va psixologik kuch yetishmovchiligi, mehr va e'tiborning kamligidan dalolat beradi. Bu faktorlar qanchalik tez bartaraf etilsa, tug'ishdan so'ng ayol shunchalik tez o'ziga keladi va kerakmas, ortiqcha kasalliklarga duch bo'lmaydi. Depr
...
Читать дальше »
Chorshanba01:56
![]() Odatda onada bola tug'ilganidan so'ng bir necha kun qon ketadi. Lekin 1 oylar ichida u kamayib butunlay to'xtashi kerak. Agar 6-8 haftadan so'ng bachadondan to'xtamay qon kelishi kuzatilsa, bunga quyidagilar sabab bo'lishi mumkin: bachadonda tug'ruqdan so'ng qon lahtalarining qolib ketishi va ularga ajralib chiqib ketish uchun yo'l yo'qligi; bachadon hajmining o'zgarishi; bachadonda yo'ldosh qoldiqlari mavjudligi; bachadonning tug'ishdan so'ng yetarlicha qisqarmagani. Eng ko'p uchraydigan hol - bu bachadonda yo'ldoshning qismlarini qolib ketishidir. Buning oldini olish uchun tuqqandan so'ng 2-3 kun o'tib, yo'ldosh qoldiqlari mavjud emasligini UTD (UZD) orqali tekshirib olishi kerak. Agar ayrim sabablarga ko'ra UZD qilinmay ona uyga chiqarib yuborilgan bo'lib, uyda qattiq qon ketishi kuzatilsa, darhol vrachga murojaat qilmoq lozim. Qon ketishi og'riqsiz bo'lishi mumkin, lekin qon juda ko'p yo'qotiladi. Shuning uchun uy sharoitida uni to'xtatishga urunmay, vrachga murojaat qiling.
manba: Uzbaby.uz
Chorshanba01:56
![]() Beldagi og'riq ham ma'lum bir kasallikning belgisi bo'lib xizmat qilishi mumkin. Ma'lumki, ayol tanasining tuzilishi ortiqcha zo'riqishga yo'l qo'ymaydi. Tana skeleti, mushaklar va boylamalar faqat homilani olib yurishga va uni dunyoga keltirishga moslashgan bo'ladi. Homiladorlik vaqtida organizmga yuklama asta-sekin osib boradi, tuqqandan keyin esa bu muvozanat keskin buzuladi, cho'zilgan mushaklar va boylamalar azaliy holatiga qaytmaydi. Bu holat qandaydir darajada har bir ayolda saqlanib qoladi va hayz ko'rish paytida belda qattiq og'riq paydo bo'lishiga qisman sabab bo'ladi. Jinsiy organlarning noto'g'ri joylashib qolishi, masalan bachadonning qiyshayib qolishi, bachadonning tushib yoki kattalashib ketishi, qoniqarsiz jinsiy hayot kechirish beldagi og'riqlar manbai bo'lishi mumkin. Shifokorlar tuqqan ayollarga maxsus jismoniy mashqlar, ginekologik massaj, fizioterapiya, mushaklar massaji, muntazam jinsiy hayot va jismoniy yuklamalarni kamaytirishni tavsiya qiladilar.
manba: Uzbaby.uz
Chorshanba01:52
![]() Tu'gishdan keyin ayollarda eriga talpinishi (jinsiy aloqaga munosabati) Ko'pchilik erkaklarga ayollarda homiladorlik va emizish bilan bogliq badanidagi o'zgarishlar yoqadi. Ayollarda esa tuqqandan keyin eriga nisbatan talpinish (jinsiy aloqaga ehtiyoj) pasayib ketadi. Buning sababi nima ekan? Bu munosabat, aslida kuni bilan bola bilan ovora bo'lgan onaning charchaganidan kelib chiqadi. Jinsiy aloqa haqida o'ylash u yoqda tursin, "tezroq bolam uxlasa-yu, men ham to'yib uxlab olsam" degan fikr ustun bo'lib qoladi. Agar er uy yumushlarini bir qismini o'ziga olib, bolani parvarish etishda xotiniga yordamini ayamasa, bundan o'zi ham yutgan bo'ladi. Ayollar esa biroz bo'lsada eriga ahamiyat berishga, o'zida, uyda romantik holatni yaratishga harakat qilmog'i lozim. Albatta yotog'ingizni hamma burchagida kir pelyonkalar va pamperslar yoyilib yotsa jinsiy aloqa uchun yetarlicha sharoit bo'lmaydi. Yana bir narsani unutmaslik kerak-ki, ayollarda emizish davrida jinsiy organlaridan jinsiy aloqani yumshatuvchi maxsus suyuqlik chiqishi sustlashadi. Bu esa erkaklardan yanada katta sabr va mehrni talab etadi. Agar erkakning barcha harakatlari ham ayolda lazzatlanish imkoniyatini yaratuvchi suyuqlik ajralishiga olib k
...
Читать дальше »
Chorshanba01:50
![]() Xonadonda yangi chaqaloq tug'ilganda katta o'zgarishlar sodir bo'ladi. Ota-ona munosabati, uy-ro'zg'or ishlari, katta farzandlar bilan munosabat - bularning barchasi qayta shakllanishni talab etadi. Shu o'rinda otalarning o'rni beqiyos. Agar siz mas'uliyatni his qiladigan, suyukli xotiningiz uchun barcha sharoit yaratib berishdan bosh tortmaydigan, qolaversa yangi tug'ilgan chaqaloq sizga ham bog'langan bo'lishini istagan va oilada tinchlik va xotirjamlikni maqsad qilib qo'ygan ota bo'lsangiz, u holda bu maslahatlar siz uchun juda foydali bo'ladi. 1. Uyni toza saqlang. Chaqaloqli uy toza bo'lishi shart. Lekin chaqalog'i bor ona hozircha uy- yumush ishlari bilan band bo'lishga kuchi ham, iloji ham yo'q. Shuning uchun o'zingiz yoki do'st-qarindoshlar yordamida uyni tozaligini ta'minlang. Yig'ishtirilmagan, chang bo'lib qolgan uy onani asabiylashishiga, bu esa o'z navbatida chaqaloqni qiynalishiga olib keladi. 2. Xotiningizga ko'p ahamiyat bering. Kuni bilan bola bilan ovora bo'lgan onaga mehr, qo'shimcha taom, mazali yeguliklar, sharbat va mevalar berib turish foydadan xoli bo'lmaydi. Siz bolaga ozingiz qarab turganingizda, xotiningiz issiq vanna qabul qilib olishini yoki kosmetolog, parikmaxerga borib kelishga vaqt
...
Читать дальше »
Chorshanba01:49
![]() Amerikalik olimlarining fikricha, tug'ishdan so'nggi onaning og'riqlarini kamaytirish yo'li mavjud ekan. Tadqiqodda tug'ish davomida va undan keyin turlicha og'riqlarni his etgan 1200 ayol qatnashdi. Tadqiqodlar natijasi shuni ko'rsatdiki, ona organizmidagi oksitotsin gormoni tug'ruqdan so'ng onani og'riqdan himoya qilib turar ekan. Oksitotsin jismoniy va ruhiy holatni bog'lovchi muhim gormon hisoblanib, tug'ruqdan so'ng ona va bola orasida bog'lanishni hosil qilar ekan, yosh onani esa og'riqdan xoli qilib turar ekan. Shuning uchun bo'lsada, shifokorlar orasida oksitotsin gormoni "baxt gormoni" deb ham ataladi. Muhimi, oksitotsin gormoni emizish jarayonida ishlab chiqariladi. Yangi tuqqan onalar aslo emizishdan bosh tortmasalar, og'riq va asabiylik kabi noxush holatlardan xoli bo'lar ekanlar.
manba: Uzbaby.uz
Chorshanba01:48
![]() Tug'ish paytidagi og'riq tezda esdan chiqib ketadi. Shuning uchun ko'pchilik ayollar farzandini tug'ilishini eslayotganda to'lg'oq og'riqlarini emas, balki bola chiqish yo'llaridagi yirtilish yoki vrachlar tomonidan amalga oshiriladigan kesilishni esga oladilar. Bu esa onaga 1 oy davomida og'riq keltirishi mumkin. Kesilish yoki yirtilishni bo'lmasligi uchun nima qilish kerakligi haqida gapiri o''tamiz. Bola tug'ilayotganda chiqish yo'llaridan o'tayotganda, onada nega yirtilish sodir bo'ladi? Afsuski, onaning jinsiy a'zolari joylashgan kirish yo'llarida mushaklar qanchalik yaxshi rivojlanganiga qaramay, ularning elastiklik xususiyatini pasayishiga olib keluvchi bir nacha faktorlar mavjud: - Ona yoshi 35 dan oshgan (ayniqsa agar birinchi tug'ishi bo'lsa); - Kirish yo'llari baland bo'lsa, bu degani anus bilan qin orasi 7-8 sm dan ko'p bo'lsa; - Qin mushaklarining juda rivojlanganligi (sport bilan shug'ullanuvchi ayollarda); - Qin mushaklarining rivojlanmaganligi (Kegel mashg'ulotlarini qarang); - Jinsiy kirish yo'llaridagi mushaklarda bo'lib o'tgan operasiya yoki tug'ishlardan keyin qolgan asoratlar mavjudligi; - Uzoq cho'zilib ketgan tug'ish jarayoni; - Tezlik bilan o'tgan tug'ish j
...
Читать дальше »
Chorshanba01:47
![]() Tug'ish paytida ko'p uchraydigan qiyinchiliklardan biri bu asfiksiyadir. Asfiksiya natijasida homila tanasining deyarli barcha organlari va to'qimalari lat yeydi, lekin asosiy zararni asab tizimi ko'radi. Chunki asfiksiya davomida organizmga kislorod bormaydi, bu esa asab tizimi hujayralarini yashay olishiga to'sqinlik qiladi. Asfiksiya nima degani? Yangi tug'ilgan chaqaloq asfiksiyasi shunday holatki, bunda bola tug'ilgan zahoti yurak urishidan qat'iy nazar nafas olaydi yoki juda sust nafas oladi, natijada organizm yetarlicha kislorod bilan ta'minlanmaydi. Oddiy qilib aytganda, askiksiya - bu bo'g'ilib qolish. Asfiksiya sababini uch guruhga bo'lib ko'rishimiz mumkin: - Homilador ayol organizmida kislorod yetishmovchiligi (qattiq qon ketish, shok, yurak-tomir kasalliklari, intoksikatsiya, qon kasalliklari); - Homilaning qon aylanish tizimida yoki kindik-yo'ldosh tizmida mavjud bo'lgan buzilish (kindik yoki yo'ldoshdagi patalogiya, homiladorlik muammolari, muddatidan o'tgan homiladorlik, tug'ish faoliyatining buzulgani va boshqalar); - Homila kasalligi yoki homila asab tizimidagi patologiya; - Homilaning nafas olish yo'llarining to'liq yoki qisman bekilib qolgani. Asfiksiya alomatlari: Asfiksiya
...
Читать дальше »
Chorshanba01:46
![]() Hozirgi kunda deyarli barcha mamlakatlarda erning xotini tug'ayotganida birga bo'lishi ko'zda tutilgan. O'zbekistonning ayrim tug'ruqxonalarida ham bunday amaliyot tadbiq qilinmoqda. Er bilan tug'ish yoki tug'maslik bu har bir er- xotinni shaxsiy tanlovi. Agar tug'ish jarayonida birga bo'lishni er-xotin niyat qilgan bo'lsa, u holda er xotiniga qanday yordam ko'rsatishi mumkinligi haqida bilib olish kerak. 1. Erning xotini tug'ayotganida birga bo'lishiga ham o'zining, ham xotinining xohishi bo'lishi zarur. Agar eri bundan bosh tortayotgan bo'lsa yoki xotiniga bu holat uncha yoqmasa, birga tug'ish foyda keltirmaydi. 2. Erkak xotini dard tutayotganda og'ir bo'lib, xotinini qo'ldan kelgancha tinchlantirib turishga qodir bo'lishi kerak. Uning hotirjamligi xotiniga kuch beradi. 3. Er to'lg'oqlar orasidagi vaqt intervalini o'lchab turishni bilishi kerak. Bu haqda oldindan vrachdan so'rab olsa bo'ladi. 4. Er ayoliga nafas olishi, to'g'ri holatda bo'lishig yo'l ko'rsata bilishi kerak. Og'riqdan qiynalayotgan ayolda nafas olish ritmi buzulsa, dard og'irroq kechadi. Ba'zi erkaklar tug'ishda ishtirok etishni istaganlari bilan, aslida tayyor bo'lmasliklari mumkin. Bu esa, tug'ish davomi
...
Читать дальше »
Chorshanba01:46
![]() Kesarev kesish uchun qachon zarurat paydo bo'ladi: homila asfeksiyasi (bo'g'ilib qolishi) vujudga kelsa ; dard tutishning zaifligi bo'lsa; homila bachadonda noto'g'ri joylashgan bo'lsa(ya'ni chiqish yo'llariga boshi bilan emas, balki tozi yoki qo'l-oyoqlari bilan); bosh va chanoq oralig'ida nomutanosiblik bo'lsa; yo'ldosh ko'chgan bo'lsa; homila patalogiyasi bo'lsa. Kesarev kesilish rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan bo'lishi mumkin. Kesarev kesilishda homilador ayolning qorin pastki qismi orqali jarrohlik yo'li bilan bachadondan homila olinadi. Operatsiyadan keyin ayol reanimatsiya bo'limiga o'tkaziladi va u yerda 3 sutka davomida kuzatiladi. Bachadon o'z shakliga qaytishi, kesilish joylarida yallig'lanish vujudga kelmasligi uchun maxsus muolajalar qilinadi. Ko'pincha kesarev kesishdan keyin tabiiy yo'l bilan tug'ish mumkin, buning uchun keyingi homiladorlikgacha kamida 3 yillik interval bo'lishi lozim. Kesarev kesilish bilan tuqqan ayollar tug'ruqxonada fiziologik tuqqan ayollarga ko'ra 3-4 kun ko'proq bo'ladilar. Kesarev kesilish yo'li bilan tug'ilgan bolaning sog'lig'i oddiy tug'ilgan bola sog'lig'idan farq qilmaydi. Agar kesarev kesilish shart bo'lsa, operat
...
Читать дальше »
|
Reklama