Yakshanba01:24
Akusher-ginekolog Sotsuk Anna Grigoryevnaning yosh qizlar onalarining savollariga bergan javoblari. Qiz bolani necha yoshdan ginekolog ko'rigidan o'tkazish mumkin? Ohirgi payt jinsiy a'zolar gigyenasi bilan bog'liq infeksiyalar, muddatidan oldin balog'atga yetish, jinsiy a'zolardagi jismoniy nuqsonlar kabi holatlarning ko'payganligi tufayli qiz bolani 1 yoshiga to'lgach yilda 1 marta, keyinchalik esa shikoyatlariga qarab ko'rsatmoq lozim, deb tavsiya qilaman. Bog'cha yoshidagi qiz bolani yuvintirayotganda tagini oddiy sovun bilan yuvsa bo'ladimi yoki iliq suvni o'zi yetarlimi? Kichik yoshdagi qizlarni bolalar sovuni bilan yuvintirish lozim. Mening 2 oylik qizimda shifokor tashqi jinsiy a'zolarining terisi yopishib rivojlanayotganini aniqladi va buni tezda operasiya qilishni tavsiya qildi. Operasiya qilish shartmi? Tashqi jinsiy a'zolari terisning yopishib ketishi sinehii deb ataladi va bu holat zudlik bilan amalga oshiriladigan plastik operasiyasini talab qiladi va doimiy ravishda terini maxsus gel bilan yoki yog' bilan yog'lab turish kerak. Sinehii borib borib ko'payish hususiyatiga ega. Qizim 11.5 yosh, lekin hayz ko'rmagan. Bu to'g'rimi? Bu yoshda hayz ko'rmasligi normal holat. <
...
Читать дальше »
Shanba01:31
Ko'pincha ota-ona bolasini urib tarbiyaga chaqirganda "Meni ham onam (otam) urganlar, kam bo'lmadim" deb o'zlarini oqlaydilar. Lekin nahotki o'sha payt sizga qanchalik ularning qo'li og'ir botgani esingizda bo'lmasa? Nahotki o'z farzandingiz ham shuni his etishini istasangiz? Axir jismoniy og'riq o'tib ketadi, lekin qalbdagi og'riqlar hayot davomida farzandingizni qiynab qo'yishidan qo'rqmaysizmi? Yoshligida ko'p kaltak yegan bolalar o'qishda, ishda cho'qqilarni zabt etishi mumkin, lekin bu muvaffaqiyatlar orqasida bolaning ichidagi psixologik stress yotadi. U barcha muvaffaqayatlarga xohish tuyg'usi bilan emas, balki qo'rquv tuyg'usi bilan erishadi. Bu tuyg'u esa unga hech qachon chindan baxtni his eta olishiga yo'l bermaydi. Chunki u maqsadga erishib "jazo"dan qutulganidan xursand bo'ladi, maqsadni qo'lga kiritganidan emas. Bolani urganda ota-onalar "Yaxshi gapga tushunmaydi" deb o'zini oqlaydilar. Siz o'sha gapti tushuntirib berishga harakat qilib ko'rganmisiz? Albatta bunga ota-onadan ko'p mashaqqat talab etiladi. Urib esa, bolani qo'rquvga solib ota-ona o'z istaganiga oson erishadi. Agar bolaga vaqt ajratib, u nega qarshilik ko'rsatayotganini aniqlab, bolaga siz undan kutayotgan narsani mehr va sabr bilan tushuntira olsangiz, bola
...
Читать дальше »
Dushanba01:23
Мактаб хато қилиш мумкин ва ҳатто керак эканлигини ўргатмайди, ахир фақат шу йўл билан ниманидир ўрганиш мумкин. 11 ёшли мактаб ўқувчиси болалар мактабга боришни истамаслигининг 10 та сабабини маълум қилди.
1. Ўқитувчи Эндигина мактабга қадам қўйишингиз билан сизга қўрқувни сингдиришга уринишади. Улардан бири – ўқитувчидан қўрқиш. 2. Баҳодан қўрқиш Биринчи қўрқувдан сўнг баҳодан қўрқиш шакллана бошлайди. Ана ундан кейин ота-она ёки мактаб директорининг жазосидан қўрқиш. Мактабда сен ҳақиқатда кимлигингга қарашмайди, фақат баҳоларингга қараб хулоса чиқаришади. 3. Хато қилишдан қўрқиш Яна бир қўрқув – хато қилиб қўйишдан қўрқиш. Мактаб хато қилиш мумкин ва керак эканлигини ўргатмайди, ахир фақат шу йўл билан ниманидир ўрганиш мумкин-ку. 4. Камситиш Мактабга боришни истамасликнинг яна бир сабаби бу синфдошларнинг масхара қилишидир. Бу эса кўпинча ўқитувчиларнинг хатоси бўлади. Улар болаларни бирор нарсани синфдошлари каби уддалай олмаганлиги учун ҳамманинг олдида кулгуга қўяди. Улар учун баҳо ўқувчидан устунроқдир. Мен ижодкорлар клубига бориб, бисер тўқиш, хамирдан ясаш, теридан билагузуклар ясаш ва бошқа шу каби ҳунарлар
...
Читать дальше »
Yakshanba01:19
Tojikiston parlamenti maktab programmasiga jinsiy tarbiya haqidagi darslarni kiritishga rozilik berdi. Parlament deputatlarining aytishlaricha, jinsiy yo‘l bilan o‘tadigan kasalliklar va istalmagan homiladorlikni oldini olish haqida o‘smirlarni xabardor qilish maqsadida shunday qaror qabul qilingan. Tojikiston Namoyandalar Majlisi deputatlari maktab programmasiga jinsiy tarbiya haqidagi darslarni kiritishga rozilik berdilar. Bu taklif Tojikiston Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya vazirligi tomonidan “Reproduktiv salomatlik va reproduktiv huquqlar haqida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish paytida taqdim qilindi. Tojikiston Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza vaziri o‘rinbosari Nasim Olimov o‘z chiqishida jinsiy aloqa vositasida tarqaladigan kasalliklar va istalmagan homiladorlikni oldini olish uchun o‘smirlarni o‘qitishga alohida e‘tibor qaratish lozimligi haqida gapirgan. Tojikiston parlamenti deputati Abdurahmon Xonov bu darslar umumta‘lim maktablarining, ayniqsa¸ qishloq maktablarining yuqori sinf o‘quvchilariga o‘tilishini aytadi: “Jinsiy axloq, xususan jinsiy aloqa va reproduktiv salomatlik haqidagi ma‘lumot o‘quvchilarga kitob sifatida taqdim qilinishi kerak”, dedi Abdurahmon Xonov. Ammo maktablarga jinsiy axloq haqidagi darsning kir
...
Читать дальше »
Shanba00:39
“…Ота-онам ва мактабни бу йил битирадиган ёлғиз акам билан шаҳар марказида яшаймиз. Ота-онамлар эртадан кечгача ишда бўлишади. Акам эса дарсдан сўнг ўртоқлари билан сандирақлаб, уларнинг қайтишидан сал олдинроқ уйга етиб келишни одат қилган. Бир куни дадам уйимизга янги видеомагнитофон ва иккита кассета олиб келдилар. Ҳали қўшниларимиздан деярли ҳеч бирида видеомагнитофон йўқ эди. Жуда ҳам қувониб кетдик. Бу икки кассетадаги киноларни қайта-қайта кўрдик. Бир куни ота-оналаримиз ҳали ишда пайтида акам қўлида бир касета билан кириб келди. Биринчи кино “Йиртқич”, — деб аталиб, жуда ҳам қўрқинчли экан. Бир пайт иккинчи кино бошланди, қарасам уят жойлари кўп экан. “Ака, уялмайсизми, ўчириб қўйинг”, — десам, мени итариб нариги хонага чиқариб юбордилар. Орадан бир соатлар вақт ўтгач акам кўзлари қизариб, жуда ҳам қўрқинчли бўлиб хонамга кириб келдилар. Кейин эса, менинг бутунлай ўзимни йўқотганим, довдираб қолганимдан фойдаланиб, номусимни барбод қилдилар. Бутун вужудим оғриб, бир неча кун изтироб ичида юрдим. Акамнинг: “Агар бировга айтсанг, ўзимни балкондан ташлаб юбораман”, — деган пўписасидан қўрқиб дардимни ичимга яширдим. Нима қилай, ўзимни ўлдирайми ёки бўлган воқеани онамга айтиб берайми?…” Ўн йиллар олдин таҳририятга 15 ёшли қиздан к
...
Читать дальше »
Yakshanba00:37
Hozirgi kunda kompyuter va internetsiz kundalik hayotimizni tasavvur qila olmaymiz. Lekin bolalarning kompyuterdan uzoq vaqt fydalanishi ota-onani xavotirga solib qo'yadi. Kompyuterda ko'p vaqt o'tkazishning bolaga bo'lgan ta'siri: Ko'rish a'zolarining zoriqishi. Kompyuterga termilib o'tirish davomida nafaqat ko'z mushaklari zo'riqishini talab qiladi, balki ko'z ichki tomirlariga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi. Markaziy asab tizimini buzulishi. Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, 10-12 yoshgacha bo'lgan bolalarning kompyuterda ko'p o'tirishi ularning asabini buzulishiga olib kelar ekan. Bu narsa bolaning ortiqcha charchovda, bosh og'rish, uyquning buzulishi, kayfiyatining tushishi, asabiylashgani yoki o'ta passivligi, xayoli joyda bo'lmay qolishi kabi holatlarda namoyon bo'lar ekan. Qo'l, yelka va bo'yin mushaklarining o'zgarishi. Kompyuterta o'tirgan bolaning rivojlanayotgan qo'l, yelka va bo'yin mushaklari bir holatda uzoq vaqt davomida turishi natijasida qo'l mushaklarining ortiqcha holdan toyishiga, qon aylanishining buzulishiga, ayrim hollarda mushak og'riqlariga olib keladi. Bolaning psixikasi buzilishi. Bola uzoq vaqt kompyuterda o'tirib,
...
Читать дальше »
Yakshanba00:36
Psixologlarning fikricha, bola tarbiyasida bunday qilish mumkin emas ekan. Qanday desangiz, solishtirish. Qo'shnini bolasi ingliz tili o'rganayotgani uchun farzandini ingliz to'garagiga berish, jiyani a'lo baholarga o'qayotganini o'g'liga har doim namuna qilish, sinfdoshi yaxshi natijalarga erishganini ko'rib farzandidan ranjish - ko'pchilik ota-onaga tanish holat bo'lsa kerak. Aslida aynan solishtirish yaxshi tarbiyaga to'sqinlik qilar ekan. Birinchidan, bolani hadeb solishtiraverib uning haqiqiy qadr-qimmatini ko'rmay qolasiz. Qo'shni bolasining matematika bo'yicha a'lo baholarini quvish natijasida o'z farzandingizda aslida mavjud bo'lgan chizish qobiliyatini so'ndirib qo'yasiz. O'z bolangizni o'ylang, uning o'zining yutuqlaridan zavqlaning, birovdan oshgani uchun emas, o'zi ajoyib bo'lgani uchun. Ikkinchidan, bolani birov bilan solishtirganingizda uning yutuqlari yutuqdek emas, balki o'sha qo'shni bolasining baholariga erishilgan natijadek qaraladi. Agar solishtirish bo'lmaganda bolaning natijalari o'zining katta yutug'idek qabul qilinar edi. Masalan, ma'lum bir fandan sinfdoshi 78 ballga ega. Bolangiz o'sha
...
Читать дальше »
Yakshanba00:32
Kichik bolalarimizning xulq- atvoriga, o’zini tutishiga ahamiyat bermog’imiz lozim. AMI- TASSning xabariga binoan, kanadalik olimlar tadqiqodlar o’tkazib, maktab oldi yoshdagi bolalarning 15 foizida depressiya va xavotir olish darajasi yuqori ekanligini aniqlashibdi. Olimlar 5 yil davomida maktab oldi yoshdagi bolalarning xulq- atvori va kayfiyatini kuzatib borishibdi. Tadqiqodlar natijasi shuni ko’rsatdiki, maktab oldi yoshidagi bolalarning 15 foizida psixika bilan muammolar mavjud bo’lib, bu muammolar 6-7 yoshga kelganda depressiya va xavotirga olib kelar ekan. Yana aniq bo’ldiki, depressiyaga sazovor bo’lgan bolalarning onalari ham bu kasallikdan qiynalmoqda ekanlar.
manba: Uzbaby.uz
Yakshanba00:26
Yaqinda Rossiya olimlari maktab yoshidagi bolalarning yurak va nafas olish organlarini dars paytidagi holatini tahlil qilib chiqishdi. Tahlil natijasiga ko’ra o’quvchining dars paytidagi xavotir darajasini kosmonavtlarning fazo holatidagi xavotir darajasi bilan solishtirsa bo’lar ekan. O’quvchi partada o’tirgani bilan u juda ko’p kaloriya yoqotar ekan. O’quvchining miyasi ovqat bilan kirgan energiyaning 25 foizini ishlatar ekan, vaholanki kattalar atigi 3-4 foizni ishlatadilar. Shuning uchun bolalar 7-10 yoshida ovqat bilan birga kuniga 2000 kilokaloriya qabul qilishligi kerak, 11-14 yoshda 2400-2600 kilokaloriya, 16 yoshda esa 3000 kilokaloriya (kattalar ? 2000-2200, keksalar ? atigi 1500 kilokaloriya). Lekin bu degani o’quvchilar qornini sosiska, gamburger, qovurilgan kartoshka va shokoladli konfeta bilan to’ldirib, hammasi dars davomida so’rilib ketadi degani emas. Birinchidan, so’rilib ketmaydi, hamma ovqat ham har xil so’rilish darajasiga ega. Hozirgi kunda o’quvchilarning 10 foizi ortiqcha vaznlik kasalligiga duchor. Ikkinchidan, haqiqiy a’lochilar umuman boshqa mahsulotlarni iste’mol qilishi zarur. Onaning kashasi (quymoq) Bolalar dietolog
...
Читать дальше »
Yakshanba00:24
Bola nutqi va tili rivojlanishida bolaning to'g'ri emotsional rivojlanishi juda katta ahamiyat kasb etadi. Bola muloqot qilishni hoxlashi kerak. Lekin muloqotdan o'zini olib qochadigan bolalar uchrab turadi. Buning sababi ko'p va turlicha bo'lishi mumkin. Masalan, yomon oila va atrof- muhit tarbiyasi, cho'chib ketish bilan bog'liq psixik shikast, bolaning oiladan birdan ajralishi, yoki kasalxonaga tushib yolg'izlanib qolishi, duduqlanish va boshqalar. Bolaning muloqot qila olmasligi AUTIZM deb ataladi - bunda bola umuman "o'ziga kirib ketib", atrofdagilar bilan aloqa qilmaslikni istaydi. Bu holat bolada psixologik kasallik mavjudligidan dalolat beradi. Bunday bolalar muomala qilmaydilar, atrof-muhitga hech qanday qiziqish bildirmaydilar, qo'rquv ko'rsatkichlari bolada namoyon bo'lib turadi. Autizm bolalari jismonan bitta harakatni qaytarib yurishni ma'qul ko'radilar. Ayrimlarida agressiya kuzatilsa, boshqalar esa aksincha judayam passivligi, befarqiligi bilan ajralib turadi. Bolada kichikligidanoq autizm alomatlarini aniqlash mumkin: 1. Bunday bolalar kattalar bilan har qanday aloqadan o'zlarini olib qochadi, masalan,
...
Читать дальше »
Yakshanba00:23
Har bir ota-ona farzandi baxtli bo'lishini istaydi. Lekin "baxtli bo'l" degani bilan hamma ham baxtli bo'la olmaydi. Bolani tabiiy ravishda baxtli bo'la olishiga nima yordam beradi? Yangi tug'ilgan chaqaloq bu dunyoni onaning ko'zi bilan ko'radi. Dunyo yaxshiliklari-yu yomonliklari unga ota-ona uchun yahshi va yomon bo'lgan narsalarda ko'rinadi. Bolaga "Sening ko'zing chiroyli", deb ota-ona aytsa, "Chiroyli ko'z - bu mening ko'zim ekan," degan fikr bilan bola katta bo'ladi. Huddi shunday boshqa narsalarga ham bolaning munosabati - bu ota- onaning munosabatidir. Shunday ekan bolaga baxt so'zini qanday anglatish mumkin? Bola katta bo'lganida baxtli bo'lishni qaerdan o'rgansin? Baxt bola uchun ota-onasining baxtidir. Bola yoshligidan boshlab qancha ko'p ota-onasini kulishi, bir-biriga mehrga to'la munosabati va hursandchiligini ko'rsa, shu baxt ekan, shunday yashash kerak degan fikr bilan ulg'ayadi. Ota-onaning baxtli ko'rinishi, tabassumi bola uchun baxt ma'nosini anglatib beradi. "Hayotda baxt bor va unga erishish uchun ota-onamdek munosabat qurishim kerak", degan psixologik qarash bilan katta bo'ladi. Lekin tez-tez janjallashib turadigan, ko'zlari mayus va hafa, ishi va hayotidan noliydigan ota
...
Читать дальше »
Yakshanba00:21
Deyarli har bir ota-ona farzandi aldaganiga duch kelgan. Ba'zi ota-onalar bunga befarq bo'ladilar, ba'zilar bolani koyidilar, ba'zilar esa qattiq jazolaydilar. Nega bola aldaydi? Maktabgacha yoshdagi bolalarda aldash uchun 3 asosiy sabab bo'ladi: 1. Kuchli tasavvur. Kichik bolalar tasavvur qilishni yaxshi ko'radilar. Shu sabab ba'zida ular haqiqatni tasavvur bilan adashtirib yuborishlari mumkin. Ota-ona qancha urinmasin, bu davrda bolaga haqiqat bilan tasavvurni alohida ekanligini tushuntira olishning iloji yo'q. "Shokoladni men yeganim yo'q, bu qo'shni dugonamning ishi" kabi yolg'onlarni shu qatorga kiritish mumkin. 2. Esdan chiqarish. Bu yoshda bolalar biron muhim narsani esidan chiqarishi normal holat. Devorda chizilgan rasmlar kimning ishi ekanligini so'raganizda, bola, "bilmadim", deb tursa, u haqiqatan ham esidan chiqarib qo'ygan bo'lishi mumkin. 3. Yaxshi ko'rinish. Bolada ota- onasi uni yaxshi bola bo'lsagina yaxshi ko'radi, degan fikr bo'lsa, u qilib qo'ygan xatosini ota- onasidan bekitishga harakat qiladi. Shunda eng oson yo'l, bu aldash bo'ladi. Lekin maktab yoshidagi bolani aldashga yuqoridagi vaqtinchalik holatlar emas, balki boshqa sabablar undashi mumkin. Bunga atrof-muhit
...
Читать дальше »
Yakshanba00:19
Aqlli bola 2 yoshdan alfavitni biladigan yoki 4 yoshida ko'paytirish jadvalini yoddan ayta oladigan bola emas. Aqlli bola deb izlanuvchan, qiziquvchan, kreativ(yangilik o'ylab topadigan) va mohir bolani tushunish kerak. Quyida ko'rsatilgan yo'llar bolani haqiqatan aqlli bo'lib o'sishiga yordam beradi. Ko'p gapirish Yoshi 1.5-2 atrofidagi bolaning tili chiqishi uchun ota-ona u bilan ko'p suhbat qurishi kerakligi haqida bilamiz. Kattaroq bolalarda ham shunday. Bolaning tili rivojlanishi aqliy rivojlanish bilan uzviy bo'gliq. Bola bilan ko'p suhbatlashish, yoshiga munosib kitoblarni ko'proq o'qib berish, berayotgan savollariga aniq va tushunarlik qilib javob berish juda muhim. Bola gapirishni televizordan emas, muloqotdan o'rganishi kerak. Televizor yordamida tili chiqqan bolaning jamiyatda muloqot qilishi jarayonida muammolar kutishi mumkin. Ko'p gapiradigan bola, ko'p ma'lumotga muhtoj bo'ladi. Ana shunday ma'lumotlarni ota-ona bolaning yoshiga munosib ravishda suhbat orqali taqdim eta olishi darkor. Hissiyotlarni o'rganish Bola kichikligidanoq o'z hissiyotlarini anglay olishni bilishi kerak. U salbiy yo ijobiy his bo'lishidan qat'iy nazar bola uni bekitmasligi lozim. Aksincha, o'z hissiyotlarin
...
Читать дальше »
Yakshanba00:16
Ikki va undan ko'p farzandi bor ota-ona shunday savol berishi ajab emas. Bir ota-onada katta bo'layotgan bolalarning tarbiyasi, xarakteri, jismoniy va aqliy rivojlanishi, munosabati ba'zida bir-birinikidan tubdan farq qilishi mumkin. Bir farzandimizning zehni o'tkir bo'lsa, biri juda hayolparast, biri aqllik bo'lsa, ikkinchisi dangasa, biri muloyim bo'lsa, ikkinchisi qo'pol va hokazolar. Shunday solishtirishlarni cheksiz davom etish mumkin... "Qara, ukang qanday aqlli, ikkita besh olib keldi, sen esa yana ikki bilan kelding", "Qachon singlingga o'xshab xonani tozalab yig'ishtirasan?", "Nega akangga o'xshab bir joyda o'tira olmaysan," kabi iboralar deyarli har kuni bolaning qulog'iga chalinadi. Bundan faqat bitta natija kutsa bo'ladi, bolaning o'ziga bergan bahosi pasayib ketaveradi. Natijada o'ziga bo'lgan ishonchi ham so'nib boradi. Bola, "Men hech narsaga loyiq emasman", "Men onamni niyatlarini oqlay olmadim," "Nima qilsam ham noto'g'ri chiqadi," kabi hayollar bilan katta bo'ladi. Shunday qilib ota-ona o'z qo'llari bilan guldek farzandini sekin- sekin so'ldirib qo'yadi. O'ziga ishonmaydigan, xarakteri og'ir, quloqsiz bola katta bo'ladi. Bolani tarbiya qilishda solishtirish eng yomon ta'sir qiladigan
...
Читать дальше »
Yakshanba00:15
Bolani uxlatish juda oson ish emas. Bola qanchalik charchagan bo'lmasin, ko'pincha uxlatishga qarshilik ko'rsatadi. U o'yin va boshqa uning uchun qiziqarli bo'lgan faoliyatlarga, qolaversa, ota-onasiga to'yib olishni xohlayveradi. Ota-ona bolani uxlatishda asosan 6 xatoga duch kelar ekan. Aynan shu xatolar bolani uxlatishda qiyinchiliklar tug'dirib beradi. 1. Bolani juda kech uxlatish. Ba'zi ota-onalarning bolani o'z vaqtida uxlatishga vaqti bo'lmaydi, ba'zida maktab yoshidagi bolalar dars va to'garaklar tufayli o'ynashga vaqti qolmay kechqurun o'ynavalib tunga yaqin yotishga odatlanadi. Yana bir turdagi ota- onalar bola ko'proq charchasa yaxshi uxlaydi deb, bolani juda kech uxlatishni afzal ko'radilar. Natijada bola uyquga to'ymaydi, uyquga to'ymaslik esa bolaning sog'lom o'sib rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Ikkinchi tomondan, uxlatish tufayli bola bilan urush va janjallar ikki tomonni ham charchatib yuboradi. Yechim: bolani har kuni bir vaqtda, ertaroq uxlatishni odat qilib oling. Erta uxlagan bola, erta uyg'onib kun mobaynida tetik bo'ladi va asabiylashmaydi. Har kuni bir vaqtda yotishga o'rgangan bola organizmi ham borib-borib aynan shu vaqtda uyquga ketishga odatlanadi. 2. Uxlash
...
Читать дальше »
Yakshanba00:11
Hech bir ota-ona bolasini urib yoki urshib katta qilishni istamaydi. Lekin barchamizga sir emas, bolasini biron marta urmagan ota-ona juda kam. Farzandimizni uramiz, keyin esa aynan urganimiz uchun o'zimizni ko'yib achinamiz. "Bolamni urgim kelmaydi, bolamni urushgim kelmaydi, lekin o'zi shunga majbur qiladi", deb o'zimizni oqlaymiz. Biz hozir nega ota-ona bolasini jazolashi haqida emas, balki qanday qilib bolani urmaslik yoki urushmaslik mumkinligi haqida suhbatlashmoqchimiz. Axir bolaning ba'zi qiliqlari, faoliyati, gaplari uni jazolashga majburlaydiku... Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, bolani jazolashga yuzlab faktorlar sababchi bo'lar ekan. Qizig'i shundaki, biron faktor ham bolaga taaluqli emas, ya'ni jazolashga bolaning o'zi hech qachon sababchi bo'lmas ekan. Qanday qilib? "Axir u oynani sindirib yubordi, u 4 soatdan beri kompyuterdan boshini ko'tarmayapti, u qo'shni bolasini sochini yuldi, u onasini atir upasini to'kib yubordi, aynan u xolodilnikdagi ovqatni ag'darib ketdi, u televizorda yomon narsalar ko'rdi, u yana u va yana u", deymiz, lekin bu faqat muammoning yuzasi ekanligini tushunmaymiz. Bolaning yuqoridagi "xatolari" muammo emas, balki chuqur muammoning bir ko'risnihi, xo
...
Читать дальше »
Yakshanba00:09
Angliya va Koreya tadqiqotchilarining fikricha, bolaning asabiy va agressiv bo'lishi bilan kompyuter o'yinlarini o'ynash orasida uzviy bog'liqlik bor ekan. Tadqiqtolar shuni aniqladiki, kompyuter o'yinlarini o'ynayotgan bolaning yaxshi rivojlanmagan psixikasi juda katta zarar ko'rar ekan. O'yinlarda qiyinchiliklardan o'tish shartlari bo'lsa, bu bolada agressiyani rivojlantirar ekan. Hatto oddiy TETRIS o'yinida ham bir pog'onadan ikkinchi pog'onaga o'tish shartlari mavjud bo'lib, bolani asabiy qilishi aniqlandi. Ba'zi ota-onalar kompyuter o'yinlari orqali bola rivojlanadi deb, unga maxsus o'yinlar ham olib beradilar. Afsus bu noto'g'ri yondashuv. Bolaning rivojlanishi uchun 5 hissiyot jalb etilishi kerak. Ko'rish, tegish, hidlash, eshitish va tatib ko'rish. Kompyuter o'yin o'ynash davomida bu hissiyotlardan birontasi ham jalb etilmaydi. Hatto ko'rish ham bu yerda passiv jalb etilgan, ko'rish davomida bola bir narsani ko'rib turib o'rganmay, o'yin davomida surat almashinuvini idrok etadi xolos. Natijada kompyuter o'yinlari nafaqat bolani aqliy rivojlantirmaydi, balki birinchidan, ularning psixiasiga salbiy ta'sir ko'rsatsa, ikkinchidan bolani asabiy qilar ekan. Koreada internet va kompyute
...
Читать дальше »
Yakshanba00:08
Bolaning o'z oilasini chizgan rasmiga qarab, uning oila a'zolariga bo'lgan munosabatini bilib olsa bo'ladi. Undan tashqari bola o'zini oilada qanday his etishini ham ko'rish mumkin. Bolaga o'z oilasini chizib berishini taklif qiling. Chizish jarayoniga aralashmaslik muhim. Rasm tayyor bo'lganda, uni tahlil qilsa bo'ladi. Ketma-ketlik: Oila a'zolarining chizilgan ketma-ketligiga qarab ularning qay biri bola uchun eng muhim ekanligini bilsa bo'ladi. Bola odatda birinchi bo'lib o'zi uchun eng qadrli va sevimli insonni chizadi. Agar oila a'zolardan kimnidur chizish esidan chiqqan bo'lsa, demak u inson bilan munosabati yaxshi emas. O'zini o'rtada chizgan bola, oilada u sevilayotganini his qilayotganidan dalolat beradi. Umuman o'zini chizmay qolsa, demak u yolg'iz va oila a'zolariga o'zini kerakmas hisoblamoqda. Razmer: Chizilayotgan insonning razmeri qanchalik katta bo'lsa, u shunchalik bola uchun hurmatga sazovordir. Oilada kamsitilayotganini his etgan bola o'zini kichkina chizadi. Masofa: Oilada tinchlik- hotirjamlik bo'lsa, barcha a'zolar bir-biriga yaqin joylashgan bo'ladi. Agar oila a'zolari orasida biron buyum yoki masofa tasvirlangan bo'lsa, demak ular munosabatlarida uzoqlik borligini bola his qila
...
Читать дальше »
Yakshanba00:05
Duduqlanish bu nutqning tempi, ravonligi, harakatining buzulishi bo'lib, nutq apparatining turli hil joyidagi tutqanoq natijasida kelib chiqadigan buzulishdir. Duduqlanayotgan bolada biz nutqning to'xtab qolishi yoki nutq davomida ayrim tovushlarni bir necha bor qaytarib borishini kuzatishimiz mumkin. Duduqlanish ko'pincha ikki yoshdan besh yoshgacha bo'lgan bolalarda uchraydi. Bolaga o'z vaqtida yordam berish uchun duduqlanishning eng asosiy alomatlarini ota onalar vaqtida ko'ra bilishlari lozim. Ular: Bola birdan gapirmay jim bo'lib qoladi. Bu sukunat ikki soatdan bir kungacha cho'zilib ketishi mumkin bo'lib, undan keyin bola duduqlanib gapirishni boshlaydi. Agar ayni shu paytda mutaxassisga uchrashsangiz bolaga tez yordam berish mumkin bo'ladi; Ayrim so'zlar oldida kerakmas tovushlarni ishlatadi ("a" va "i" tovushlari); Birinchi bo'g'inlarni yoki butun so'zlarni gap oldidan qaytaradi; So'z yoki gapni o'rtasida majburan to'xtab qoladi; Gap boshlashdan oldin qiyinchilik sezadi. Duduqlanish paydo bo'lishining sababi, markaziy asab tizimining kuchsizlanib ketganligidir. Duduqlanish paydo bo'lishiga turli sabablar turtki bo'lishi mumk
...
Читать дальше »
Yakshanba00:04
Astma kasalligi keng tarqalgan bo'lib, kattalarda juda og'ir kechadi. Astma bilan kasal bo'lgan bola nafas olishi qiyin bo'lib, doimiy yo'talishi bilan qiynaladi. Oddiy jismoniy mashg'ulotlardan keyin nafas olishi muamo bo'lish hollari ham mavjud. Astma kasalligini vaqtida aniqlab davolash kerak. Aks holda bola jismonan juda zaif bo'lib o'sadi. Agar kattalarda astma surunkali bo'lsa, bolalarda uni davolash mumkin. Astma kasalligining alomatlari: - Tez-tez, qisqa-qisqa nafas olish (chuqur nafas olish mushkul); - Nafas hushtak bilan chiqadi; - Nafas olinayotganda ko'krak mushaklari qattiq, ko'rinarli harakatda bo'ladi; - Lab, tirnoq yoki yuzning ko'kishroq rangda bo'lishi (o'pkaga yetarlicha kislorod tushmagani sababli); - Doimiy charchoq hisi; - Ishtahaning yo'qligi; - Yig'lash ohangining o'zgarishi (pastroq ohangda yig'lash); - Apatiya; - Bo'shlik. Astma simptomlari ko'pincha kechasi uyqu payti namoyon bo'ladi. Buning sababi: 1. Nafas olish yo'llari kechasi sezgirligi oshadi; 2. Tunda o'pka qisqarishi pasayadi; 3. Tunda organizm o'pka faoliyatini ozgartiruvchi maxsus moddalarni ishlab chiqaradi; 4. Badan harorati kechasi
...
Читать дальше »
|
Reklama