Chorshanba17:34
Jinsiy aloqa er-xotin munosabatlarida eng asosiy hisoblanmasa ham, u juda muhimdir. Oiladagi totuvlik ham jinsiy munosabatlarda muammo bo'lmasligiga bog'liq. Afsus, yillar o'tib, 10-15 yil birga yashagan er-xotinda jinsiy munosabatlar o'z boyligi, ehtirosi, kuchi va romantikasini yo'qotib boradi. Qanday qilib bunga yo'l qo'ymaslik mumkin?
Jinsiy aloqa asosiy bo'lmasa ham, u bo'lmasligi yaxshi emas.
Er-xotin har kuni yoki har ikki kunda jinsiy aloqa qilishi shart emas. Umuman aloqalar haftada necha marta bo'lishi emas, ularning er-xotin uchun yetarli bo'lishi muhim. Jismoniy yaqinlik natijasida ruhiy yaqinlik ham kuchayadi. Agar er-xotin borgan sari kamroq jismoniy aloqada bo'lsa, ular orasida ruhiy uzoqlashuv paydo bo'la boshlaydi, bu esa o'z navbatida yana jismoniy sovuqlikka olib keladi.
Bir-biringizni nafaqat tunda, balki kun mobaynida erkalash haqida unutmang.
Kopincha juftliklar jismoniy yaqinlashuvni faqat jinsiy aloqadan oldin amalga oshiradilar. Agar yaqin daqiqalarda jinsiy munosabatga imkoniyat bo'lmasa, demak bir-birini tegish, silash, erkalash ham mumkin emasdek tuyuladi. Psixolgolarning fikricha, kun mobaynida natijasi jinsiy aloqa bo'lmasa ham, er-xotin bir-birini erkalab turishi ular orasidagi jismoniy yaqinlikni kuchayishiga olib kelar ekan.
Biron xafagarchilikdan so'ng yarashish jinsiy aloqa bilan yakunlansin.
Qattiq kelishmovchilik natijasida er-xotin xa
...
Читать дальше »
Chorshanba17:15
Uning mohiyati nimada? Tabiatan jinsiy aloqa erkak uchun jismoniy ehtiyojdir. Erkakning gormonal va jismoniy holatiga bog'liq ravishda bu ehtiyoj kuchli, normal va sust bo'lishi mumkin. Agar hayvonot olamida jinsiy aloqa nasl qoldirish uchun ro'y bersa, insoniyatda jismoniy lazzatlanish va ruhiy qoniqish uchun ham amalga oshiriladi. Erkak uchun har bir aloqa orgazm bilan yakunlanadi. Ayoldan farqli o'laroq erkakda u aloqaning oxiridagina namoyon bo'ladi. Ayolda esa butun jarayon hissiyotga boy bo'lishi mumkin. Aynan mana shu farq erkakni aloqadan ruhiy qoniqishi shart ekanligini ko'rsatadi.
Bu nima degani? Ayol har safar ham aloqadan lazzatlana olmaydi. Buning uchun uning va erining bunga qo'shgan hissasi bo'lishi kerak. Erkak orgazmi uchun esa aloqani yakunlashdan boshqa hech qanday qo'shimcha harakat talab etilmaydi. Ya'ni yonida qanday ayol bo'lmasin, go'zalmi yo'qmi, mahorati bormi mahoratsizmi, erkak baribir aloqa natijasida jismonan qoniqadi. Nega unda ba'zida u qoniqmagandek bo'ladi? Sababi, unga ruhiy qoniqish ham kerak. Jismoniy qoniqish unga yetarli emas, ayolga ham erkakka ham jinsiy aloqadan ruhiy qoniqish talab etiladi. Aynan shu ruhiy qoniqishni o'z ayolida topa olmagan erkak boshqa jinsiy munosabatlarni izlashni boshlaydi.
Ruhiy qoniqishni erkakka nima beradi? Ayoli! Aloqa davomida erkak ruhan qoniqishi uchun ayolining ozg'in-to'laligi, go'zalligi, kelishganligi hech qanday
...
Читать дальше »
Chorshanba17:09
Shunday ham bo'lib turadi...Ajrashish? Yo'q, hech qachon ajrashishga shoshilmang, bu haqda hatto o'ylamang ham. Chunki turmushdagi muammolarni bartaraf etish mumkin va kerak, bu faqat sizning qo'lingizda!
Qanday qilib? Hech bir turmush muammosiz bo'lmaydi. Istaymizmi yo'qmi, lekin har bir juftlikda bir davr boladi-ki, ular bir-biridan yiroqroq bo'lishga intilib qoladilar. Kimdadir bu hissiyot kuchli namoyon bo'lsa, kimdadir(baxtliroq juftliklarda) bu holat bir necha kun davom etadi. Nima bo'lganda ham turmushdan charchagan payt hammada bo'ladi. Bu degani siz baxtsiz emas, siz biroz dangasalik qilyapsiz deganidir. Erkak bo'lsangiz, yaxshi pul topib ishlayotgan bo'lishingiz mumkin, ayol bo'lsangiz, oshxona ishlarini bir maronda olib borayotgan bo'lishingiz mumkin, lekin turmushingizdan charchayapsizmi, demak o'z hayotingiz ustida ishlashga dangasalik qilayotganingiz aniq.
Turmush esa, ayniqsa baxtli turmush tinmay mehnatni talab qiladi. Munosabatlar ustidagi mehnat! Bir eslang, siz turmushga chiqqaningizda yoki o'ylanayotganingzida qanday edingiz? Turmush o'rtog'ingiz qanday edi? Nahotki yillar o'tib siz yoki turmush o'rtog'ingiz o'sha-o'sha bo'lib qolaverasizlar, deb o'ylasangiz? Yoki undan yomoni nega turmush o'rtog'im boshida bo'lgani kabi emas deb nolib yurgan bo'lsangiz?. Shuni bilingki, siz hatto ideal insonga turmushga chiqqan yoki o'ylangan bo'lsangiz ham turmushingizni baxtli qilish ustida ishlamasangi
...
Читать дальше »
Dushanba23:34
Turmushda o'zbek ayolini bir nechta turga ajratib ko'rsa bo'ladi.
1. Kelin ayol Bu kabi ayollar yoshligidan faqat kelin bo'lishga o'rgatiladi. Ular uchun qaynona-qaynotaga xizmat qilish hayotda birinchi o'rinda turadi. Bolasi yig'lab turgan bo'lsa ham, qaynonasi aytgan chuchvarani qilib qo'yish bunday ayollar uchun eng birlamchi vazifadir. Turmush o'rto'giga ham qaynona-qaynotasining o'g'lidek qaraydi. Ya'ni, erining ehtiyoji qaynona-qaynotasining ehtiyojidan kelib chiqqan holda baholanadi. "Kelin" ayol turmush o'rto'gi bilan alohida chiqib ketsa, turmushida kelishmovchiliklar ko'payadi, chunki bu ayollar qaynona-qaynotalik uyda yashashga moslashgan. Ularning eri boshida ota-onamga yaxshi xizmat qilyapti deb xursand bo'lsa, borib-borib o'ziga va farzandlarga bo'lgan bee'tiborlikdan nolishni boshlaydi.
2. Tili shirin ayol Bunday ayollar tili bilan hammani o'ziga qaratay oladi. Uyning kirligi, bolalarning muammolari, ovqatning bemazaligi ayolning shirin tili bilan qoplanib ketadi. Ularni urishgan taqdirda ham uydagi vaziyat o'zgarmaydi, lekin og'zidan bol tomib, "ho'p bo'ladi" degan gapi bu kabi ayollarga hamma narsani kechirishga undaydi. Ular uy ishiga yo'q, farzandlari tarbiyasiga befarq bo'ladilar. Bu kabi vazifalar asosan erining bo'ynida bo'ladi. Eri esa "tili shirin" ayolining shirin so'ziga mahliyo bo'lib hamma ishni o'z bo'ynida ko'tarib kun kechiradi. Bunday erkaklar odatda ishda katta muvaffaqaiyatlarga erisha olm
...
Читать дальше »
Seshanba22:56
Qizlik pardasini olish tibbiyot tilida defloratsiya (lot. de «olib tashlash, bartaraf etish» + flos, floris «gul, yoshlik, bokiralik», qizlikni olish ) deb ataladi. Qizlik pardasi birinchi jinsiy aloqada olinishi mumkin. Parda cho’ziladi va agar kiritilish qo’pol ravishda, tabiiy yoki sun’iy ishqalanishni kamaytiruvchi suyuqliklar kamligida amalga oshirilsa, pardada mikroyoriqlar paydo bo’ladi va u qonaydi, lekin uning o’zi o’zgarishsiz qoladi. Shuningdek yoriqlardan qochish ham mumkin, shunda birinchi jinsiy aloqa qon ketishsiz o’tadi. Qizlik pardasi olinishi ikki aspektdan (jihat, nuqati nazar) iborat: fiziologik va psixologik.
Fizologik aspekt
Defloratsiya manbalari va mexanizmlari. Tasnif A. N. Samoylichenko bo’yicha tuzlgan.
1 Jinsiy aloqa qilish vaqtida - Jinsiy olatni qinga kiritish 2 Boshqa harakatlarni amalga oshirishda - Qinga qo’l barmoqlari, boshqa yot jismlarni kirishda 3 Tug’ruq davomida - Homilaning tug’ruq yo’llaridan o’tishi 4 Tibbiy manipulyatsiyalarda - Jarrohlik aralashuvlari, abort qilish, tibbiy asboblarni kiritish 5 Tasodifiy shikastlanishlarda - Qichish, masturbatsiya davomida o’z barmoqlari bilan 6 Umumiy mexanik jarohatda - Tos jarohati 7 Ba’zi holatlar va vaziyatlarda - O’tkir yoki o’tmas predmetlarga tasodifan urilib ketish
Ba’zida qizlik pardasi tug’ma mavjud bo’lmasligi mumkin.
Bundan tashqari, sun’iy defloratsiya — qizl
...
Читать дальше »
Shanba00:29
Erni tunda xursand qilish bu ayolning vazifasi. Jinsiy aloqa sifatli va yoqimli bo'lishi uchun ayol ham, erkak ham birdek izlanish va harakatda bo'lishi lozim. Barcha mas'uliyat erkakda deb o'ylamang, aziz ayollar...
Ayollar tunda qiladigan xatolarning aksariyati bilan tanishib o'tamiz:
1. "Men 'qimirlamay' yotsam ham bo'ladi. Erim hammasini o'zi bajaradi" degan fikrda bo'lsangiz, adashasiz. Erkak jinsiy aloqa jarayonida ayolini hissiyotlarini ko'rishni, sezishni istaydi. Erkak "qimirlamay" yotgan ayoli o'ziga, qilayotgan harakatlariga va jinsiy aloqaga nisbatan befarq ekan deb o'ylaydi. Tinch yotib aloqani tugashini kutmay, o'z tuyg'ularingizni, xohish va ehtiyojlaringizni namoyon eting. Ayolini erkalayotgan erkak unga yoqimli ekanini sezishi lozim.
2. Suhbatlashish uchun boshqa vaqt toping. Eringiz sizni aloqaga undab erkalashni boshlaganda suhbatlashish niyatingizni uzoqroqqa surib qo'ying. Farzandingiz bugun maktabda "5" baho olgani haqida aloqadan keyin ham suhbatlashsa bo'ladi. Erkalash va jinsiy aloqa davomida esa butun xayolingz va fikringiz aynan eringizda va uning harakatlarida bo'lsin. Bundan o'zingiz yutasiz.
3. Birga bo'lishdan oldin pardoz qilmang. Ayolning go'zalligi uning tabiiyligidadir. Pomada, pudra, tush kabilar sizga to'shakda go'zallik qo'shib bermaydi. Ularni restoranga borishga ishlatish uchun olib qo'ying. To'shakda esa eringizga toza, xushboy va tabiiy bo'lib olsangiz yoqimliroq
...
Читать дальше »
Shanba00:26
Oiladagi kelishmovchiliklarning kelib chiqishi er va xotin bir birini tushunmasligidadir. Deyarli hamma er-xotin muntazam ravishda bir biriga arazlashib turadi. Nega birga yashaydigan ikki insonga bir birini tushunish shunchalik qiyin? Oilada totuvlik, ahillik bo'lishi uchun nima qilish kerak? Bu haqda bizga dunyoga mashhur kitob muallifi, psixolog psixolog Gerri Chempen so'zlab beradi. Bu savolga javob juda oson. Er va xotin bir tilda gaplashish kerak. Biz hozir o'zbek tili haqida gapirayotganimiz yo'q. Biz nazarda tutayotgan til bu psixologik tildir. Uning 5 turi mavjud. Ko'pincha er psixologik tilning bir turida gaplashayotgan bo'lsa, xotini esa boshqa tilda gaplashayotgan bo'ladi, bu esa ular orasida tushunmovchilikni yaratadi.
Psixologik tilning 5 turi:
1. Rag'batlantirish
Ayrim insonlar rag'batlantirish, maqtov yoki stimulyatsiyaga muhtoj bo'ladilar. Misol uchun, er yangi biznes boshladi. U har kuni tinmay ishlamoqda, izlanmoqda, yangi biznesni oyoqqa turg'azish maqsadida harakat qilmoqda. Har kuni uyga kech kelsa ham, bollari bilan dars qiladi, ularni uxlatadi, keyin esa xotini bilan gaplashib o'tiradi. Xotini eri charchayotganini ko'rib unga mazali taomlar pishiradi, kechqurun esa erim dam olish kerak deb, uni bezovta qilmay kirib yotadi. Lekin, negadir eri xafa, xomush ko'rinadi. Nega? Bir ko'rinishdan hammasi yaxshiga o'xshaydi-ku, ammo unday emas. Eri maqtov, minnatdorchilik, rag'batlantirish so'zlarini birontasi
...
Читать дальше »
Shanba00:07
Har bir ayol eri (suyukli yori) xiyonat qilishini istamaydi. Erkak xiyonat qilishiga nima sabab bo'larkan? Qanday qilib buni oldini olish mumkin? Albatta hamma erkak ham xiyonat qilmaydi. Xiyonat qilganlar esa xotinini sevmaydi degan gap ham emas. Erkakni xiyonat qilishiga nima turtki bo'ladi:
1. Jismoniy holati Erkakning jinsiy aloqaga bo'lgan ehtiyoji uning organizmidagi testosteron gormoniga bog'liq. Bu garmon qanchalik ko'p ishlab chiqilsa, erkakning jinsiy aloqaga ehtiyoji shunchalik yuqori bo'ladi. Ana shunday yuqori ehtiyojli erkaklar o'z xotini bilan ehtiyojini qondirolmay, boshqa ayollar bilan aloqaga kirishadi. Xotin nima qilishi mumkin: bunday erkaklarni jismonan jinsiy aloqada ehtiyoji katta bo'lgani uchun, ayoli uni doim qondirishga tayyor bo'lishi kerak. Erkakning ehtiyoji yuqori ekanligini qanday qilib bilsa bo'ladi? Ko'pincha bunday erkaklar turmush qurilganiga bir necha yil o'tganiga qaramay, jinsiy aloqani har kuni, yoki kunda bir necha bor istaydilar. Ular ko'pincha past bo'ylik, badanida tuki ko'p bo'lgan bo'ladi. Bunday erkaklar vaqtida ehtiyojlarini qondirmasalar jismonan qiynaladilar.
2. O'zidan ranjish Agar ayol kishi erining qadrini bilmay, eriga minnatdor bo'lishni bilmay, doim muammolar haqida gapirib nolaversa, erkak siqilib, men ayol kishini baxtiyor eta olmas ekanman deb o'zidan ranjiydi. Shu payt boshqa bir ayol uning harakatlarini, arzimagan ishlarini maqtab, u erkakni ruhan ko
...
Читать дальше »
Shanba00:01
Jinsiy aloqa davomida ayollarning jinsiy a'zolarida kuzatiladigan og'riq dispaunareya deb ataladi. Og'riq oldidagi qo'rquv (masalan, homiladorlik davrida) ayollarni jinsiy aloqadan bosh tortishga olib keladi. Bu esa oilada kelishmovchilik, siqilish va boshqa muammolarni keltirib chiqaradi.
Ko'pchilik ayollarda aloqa davomidagi og'riq bir qator kasalliklar natijasi ekanligidan dalolat beradi.
Jinsiy aloqa davomida ayollarga og'riq keltiradigan kasalliklar:
1. Agar og'riq aynan kirish yo'llarida bo'lsa: - ayol jinsiy a'zolarining kirish yo'llarida yallig'lanish; - ayolda jinsiy aloqani yengillashtiruvchi maxsus suyuqlik chiqish darajasi pasayishi; - kirish yo'llarining devorlarini ingichkalashib ketgani (yoshi katta ayollarda); - siydik chiqish yo'llarida yallig'lanish.
2. Chuqur toz bo'limidagi og'riq: - endometrioz; - tuxumdon kistasi; - tuxumdon yorilishi (apopleksiya); - bachadon yo'llari kasalliklari; - bachadon miomasi; - kichik toz tomirlarining kengaygani; - ginekologik operasiyalardan so'ng tozdagi spaykalar.
Lekin bu sabablardan tashqari psixologik holat ham jinsiy aloqa davomida og'riq bo'lishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Ko'pincha ayollarda jinsiy aloqaga nisbatan yomon munosabati bo'lsa (yomon tajribadan kelib chiqib), aloqa jarayonida ayol organizmidagi muskullarning siqilishi namoyon bo'l
...
Читать дальше »
Juma23:59
Jinsiy aloqaga bo'lgan munosabat yoki jinsiy talpinish ilmiy so'z bilan aytganda libido deb ataladi. Libido erkak va ayollarda hayot davomida o'zgarishlarga uchrab turadi. Qanday omillar bunga ta'sir qilishini va bu omillarni bartaraf etib, to'liq jinsiy hayot bilan yashash imkoniyatlarini ko'rib chiqamiz. Omillar psixologik va jismoniy bo'ladi, ularning eng asosiy va ko'p uchraydiganlarini ko'rib chiqamiz:
1. STRESS
Stress jarayonida inson ishlab, aktiv faoliyat bilan shug'ullanishi qiyin emas. Lekin jinsiy talpinishni o'z me'yorida bo'lishiga bu salbiy ta'siz ko'rsatadi. Ishxonada ish ko'payib ketishi, moliyaviy muammolar, yaqin qarindoshlar muammolari va boshqa shu kabi qiyinchiliklar sizning jinsiy aloqaga sovuqqon bo'lib qolishingizga turtki bo'ladi. Stress holatini keltirib chiqaruvchi muammolarni tezda hal qilishga harakat qiling.
2. SPIRTLI ICHIMLIKLAR
Spirtli ichimliklar insonga ikki tomonlama ta'sir qilishi mumkin. Ayollarda me'yorida ichilgan spirtli ichimlik jinsiy aloqaga talpinishni kuchaytrisa, erkaklarda spirtli ichimliklar sezgirlikni pasayishiga olib keladi. Bu nafaqat spirtli ichimliklarga xos xususiyat, balki spirtli tibbiyot vositalariga ham xosdir. Spirtli ichimliklardan kamroq iching.
3. UYQUGA TO'YMASLIK
Uyquga to'ymaslik jinsiy aloqaga talpinish pasayishiga olib keluvchi eng katta omil. Yetarlicha to'yib uxlamaslik jinsiy aloqaga eht
...
Читать дальше »
Seshanba16:50
Agar kinolarda jinsiy aloqadan so'ng juftliklar uyquga ketsa, hayotda biroz boshqacharoq bo'lgani yaxshi.
Diniy qo'llanmalarda bu borada aniq qonun-qoidalar mavjud. Biz bunga tibbiyot va psixologik nuqtai nazardan yondashamiz.
1. Aloqadan so'ng oz vaqt bo'lsada er-xotin bir-birini quchoqlab yotishi ularda ma'naviy yaqinlikni kuchaytiradi. Chunki aloqadan so'ng erkak ham ayol ham bir-biriga iliqlik hissini sezadi. 2. Bir-biriga erkalanib bo'lgach ayol kishi yuvinishdan oldin albatta hojatga borishi lozim. Siydik pufagi bo'sh bo'lgan taqdirda ham har safar jinsiy aloqadan so'ng siydikni kuchanib bo'lsa ham chiqarish sistit va boshqa infeksion kaslaliklarni rivojlanishini oldini oladi. 3. Ayol ham, erkak ham aloqadan so'ng yuvinishlari muhim. 4. Agar homiladorlik rejalashtirilayotgan bo'lsa, u holda jinsiy aloqadan so'ng kamida 30 daqiqa davomida ayol oyog'ini boshdan yuqoriroq holatga keltirib yotishi lozim. Bu holat homilador bo'lish ehtimolini oshiradi. 5. Jinsiy aloqani tugatish jarayonida ba'zi erkaklar kontrasepsiya vositasi sifatida tashqariga chiqarishga odatlanadilar. Bu vaziyat ayol va erkak organizmi uchun salbiy ta'sirga ega. Birinchidan, erkak aloqa sifatini to'liq his qila olmaydi, ikkinchidan vaqt o'tgan sayin jinsiy aloqani tugatishi bilan muammolarga duch keladi. Ayolda esa tugallanmagan holat yuz beradi. U jinsiy aloqadan lazzatlana olmaydi, mushaklari tajang holatd
...
Читать дальше »
Payshanba23:37
Sigaret so’zi asli ispan tilidan tamaki barglarni ustma ust o’rab silindir shakliga keltirilishi sigarello so’zidan kelib chiqqan.
Sigaret chekish natijasida rivojlanadigan kasalliklar sababli har yili dunyoda 3-4million kishi halok bo’ladi, agar oldini olinmasa bu raqam 12millionga ham chiqishi mumkinligi tahmin qilinmoqda. Sigareting OIDS, tuberkulyoz, avtohalokatlar, onalar o’limi, o’z joniga qasd qilishliklar yoki umumiy qotilliklardan ham ko’ra ko’proq kishilarning hayotiga zavol bo’layotgan bugungi kunda sir emas. Sigaretni bir qancha zararlarini bilamiz, lekin bu maqolada jinsiy hayotga bo’lgan zararlari haqida to’xtalib o’tamiz.
Ishonsalaring erkaklarning ham ayollarning ham jinsiy hayotiga juda katta zarar keltiradi, quyida sabablarni keltirib o’tamiz:
Erkaklar sigaret chekkanda erkaklik gormoni Testosteronda pasayish kuzatiladi, Testosteron erkaklarning jinsiy a’zolarining rivojlanishida va jinsiy aloqaga bo’lgan xohishni ta’minlashda muhim rol oynaydi. Sigaret chekkandagi libidoni pasayishini mexanizmi ham aynan shu gormonni pastlashi bilan bog’liqdir.
Bundan tashqari bu gormonni kamayishi erkaklarda ko’krak bezlarini kattalashishiga olib keladi, yani ginekomastiya rivojlanishiga olib keladi. Yog’ bosishga sabab bo’ladi, mushak toqimasidan ko’ra yog’ toqimasini nisbati ko’paydi.
Erkaklarning spermatozoidlarida ham ozgarishlar kuzatiladi, spermagrammani sifati pastlaydi, spermatozoid anomaliyala
...
Читать дальше »
Payshanba01:10
Hozirda jinsiy aloqa haqida bilmoqchi bo’lgan barcha narsalarni so’rash odatiy tus olib bormoqda. Ammo intim mavzular bo’yicha ma’lumot juda ko’p miqdorda bo’lib, ular orasida chalkashib qolish osondir — lekin jinsiy aloqa qilishni a’lo qiladigan asosiy shartlar va maslahatlarni topish qiyinroq. Bir nechta oddiy qoidalar siz va juftingiz uchun ushbu ajoyib jarayonni sezilarli darajada osonlashtirishi mumkin.
Erkaklarga jinsiy aloqa bo’yicha maslahatlar 1. Juftingizni kuzating. Har bir kishi o’z tabiatiga, odatlariga va… erogen zonalarga ega bo’lgan yorqin shaxsdir. Biroq, erkaklarga o’z juftiga birdan o’rganib ketish oson emas, ayniqsa bundan oldin boshqa munosabatlari bo’lgan bo’lsa. Lekin ehtirosli jinsiy aloqa istagi hali ham mavjud. Birinchi kunlardanoq intim tabiatli savollar berish — romantikaga to’g’ri kelmaydi, ammo ko’zlari bor ko’radi: tananing qanday «samimiy» nuqtalariga ta’sir o’tkazilganda sevimli juftida yorqin reaktsiya paydo bo’ladi. Ko’pgina hollarda, erkaklar o’z berilib ketishlari va umidlarni oqlamaslikdan qo’rqib, taktil aloqa qilishni umuman eslaridan chiqarib yuboradilar.
2. Jinsiy aloqada suhbatlashing. Sevgi so’zlarini bilmagan eski askar haqida hikoya kuchli jins vakillari uchun doimiy bahonadir. Tanishish bosqichida erkaklar ozmi-ko’pmi suhbatchan va ishonchli bo’lishadi. Lekin yotoqda esa bu qayergadir yo’qoladi. Lekin siz bo’sh kelmasligingiz kerak: ba’zan sukut saqlashdan ko’ra gapirish yaxshiroqdir
...
Читать дальше »
Juma14:55
Ibn Sino haqidagi rivoyatlardan ham barchamiz yaxshi bilamizku sevgi ko’plab dardlarga davodir. Bu yerda qisqagina qilib ayollar o’zlarini jinsiy hayotdan cheklashlari, turmush ortoqlariga kun yoki son belgilashlari orqali eng avval o’zlariga ham ziyon qilishliklarini keltirib o’tmoqchimiz. Quyida ayollardagi jinsiy hayotning yoqligi va/yoki kamligi sababli rivojlanadigan 5ta kasallikni keltirib o’tamiz:
1. Ular odatda uyqu buzulishlariga duchor bo’lishadilar, uyqudan qoniqib, toyib uyg’onaolmaydilar, sababi jinsiy aloqa paytida ajraladigan tabiiy oksitosin organizmda yetarli miqdorda ishlab chiqarilmaydi. Oksitosin tabiiy rohatlantiruvchi, tinchlantiruvchi gormon hisoblanadi.
2. Terilari yoshlariga nisbatan quruq va yoshi o’tgandek bo’lib boradi har qanday namlantiruvchi, yoshartiruvchi kremlar ishlatishlariga qaramay, chunki teri yumshoq va silliq bolishi uchun kollagen ishlab chiqarilishi ham ishga tushishi kerak bo’ladi.
3. Teridagi ajinlarning ko’payishi ham tuxumdonlardan ajraladigan progesteron gormonini kamayishi bilan bog’liq bo’ladi. Undan tashqari yetarli darajada bu gormonni bolmasligi tartibsiz oy korishlarga, bachadon va bachadon boyni xavfli o’smalarini rivojalanishiga ham sabab bo’ladi.
4. Tez tez kasal bo’lishliklar kuzatiladi, jinsiy hayot kasalliklarga qarshi kurashish qobilyatini ham ortiradi. Organizmni kasallikka
...
Читать дальше »
Chorshanba01:11
«Qanday qilib jinsiy aloqada ayolni qoniqtirish mumkin» degan savolga berilayotgan ko’plab erkaklar bir narsaga ishonishadi — jinsiy aloqa qanchalik uzoq davom etsa, ayolning ko’zlarida jinsiy gigantlardek e’tibor qozonish imkoniyati shunchalik yuqori bo’ladi.
Xo’sh, ayollar bunga qanday qarashadi? «Jinsiy aloqa sifati» deganda ular nimani tushunishadi — faqat uning davomiyliginimi? Yashirib nima qilamiz — «necha marta?» va «qancha vaqt?» degan savollar odatda erkaklarning suhbatlarida ko’p o’rtaga tashlanadi. Xonimlar sumkalar, chegirmalar va boshqa yoqimli narsalar haqida suhbalashayotgan bir paytda, ularning erlari va juftlari juda ham muhim masalalarni muhokama qilishayotgan bo’ladi. Va jinsiy aloqalar soni va davomiyligi muammolari bu savollar ro’yhatida oxirgi o’rinlarda turmaydi, ayniqsa erkaklar hali yosh bo’lishsa va va jinsiy hayotni hali yaqin o’rtada yakunlash rejasi bo’lmasa. Asosan, albatta, ular maqtanish uchun «rekordni urish» ga emas, balki suyukli yorlarini maksimal qoniqtirishga harakat qilishadi. Biroq kimdir ayollarning o’zidan buni so’raganmi? Jinsiy aloqada ayolni qoniqtirish uchun nima qilish kerak? Ehtimol, ularga ko’p soatli jinsiy aloqaga kerak emasdir.
Olimlar aniqlashdi… Keling, quruq, lekin obyektiv ma’lumotlardan boshlaymiz. Seksologlar bila turib ishlashadi — g’ildirakni kashf qilishning hojati yo’q, hamma narsa ancha vaqtdan beri hisoblab chiqib bo’lingan. Xo’sh. Oddiy erkakda jinsiy aloqa ikki-uc
...
Читать дальше »
Dushanba22:26
Oilaviy hayotda jinsiy munosabatlar muhim o'rin tutadi. Buni inkor qilib bo'lmaydi. Hamma oilada ham bu munosabatlar mavjud. Lekin turli xil oilalarda ularning soni va albatta sifati ham turlichadir. Biz hozir jinsiy aloqalar soni haqida gap yuritmoqchimiz. Siz turmush o'rtog'ingiz bilan necha marta aloqada bo'lasiz? Bir oyda 1 marta? Bir haftada 1 marta? Yoki 1 kunda bir martami? Albatta erkakning yoki ayolning o'z turmush o'rtog'idan tashqari boshqa jinsiy aloqaga kirisha oladigan tanishi bo'lmasa, yuqoridagi savollarga haqqoniy javob olsa bo'ladi. Biringiz bizda oyda bir necha bor bo'ladi desangiz, biringiz haftada bir necha bor aloqada bo'lishingizni aytasiz. Ba'zilar esa kunda aloqada bo'lishini ta'kidlab o'tadi. Qaysi biri norma? Qaysi biri yaxshi yoki qaysi biri yomon? Bu savolga aniq javob bera olmaslikning bir asosiy sababi bor. Savolga javob beradiganlarning turmushi haqida ma'lumot mavjud emas. Oiladagi jinsiy aloqalar soni aslida ko'p faktorlarga bog'liq. Ular: 1. Turmush qurilgan davr. Albatta turmushning ilk 5 yillarida jinsiy munosabatlar soni keyinchalik turmushda kechadigan jisniy aloqalar soniga nisbatan ko'proq bo'ladi. 2. Erkak va ayolning salomatligi. Sog'lom erkak muntazam ravishdagi jinsiy munosabatlarga muxtoj bo'ladi. Jismonan va ruhan sog'lom ayolda esa jinsiy munosabatlarga ijobiy qarashi bo'ladi. 3. Er-xotin orasidagi munosabatlar. Erkak sog'lom bo'la turib oilada o'z xoti
...
Читать дальше »
Juma23:39
Эр-хотинликни узвий боғловчи қовушиш, яъни жинсий яқинликда қандай тиббий ҳикматлар мавжуд? Ғарб олимларининг тадқиқотларига кўра, эркакларнинг узоқ умр кечириши жинсий ҳаётдан оладиган лаззатланиш миқдори билан узвий боғлиқ эмиш.. Мутахассислар бунинг сабабини инзол пайтида қонга лаззат гормонлари – эндорфинларнинг кўпроқ миқдорда тушиши билан боғлайдилар. Бошқа жисмоний фаол ҳаракатлар каби меъёрий жинсий муносабат ҳам зиқликни бартараф этиб, асаб-руҳий тизим ва бошқа аъзолар фаолиятига ижобий таъсир этади. Албатта, ушбу ўринда эркак кишининг ўз хасми ҳалоли-рафиқаси билан бўлган муносабати назарда тутилмоқда. Зино эса, аксинча эрлик кушандаси эканлиги шубҳасиз. Агар эр-хотин ўртасидаги жинсий муносабат икковларини ҳам тўлақонли қаноатлантирадиган даражада бир маромда, режали тарзда муттасил амалга оширилса, унинг қуйидаги шифобахш жиҳатларидан баҳраманд бўлиш мумкин: Биринчидан, жинсий муносабат фаол жисмоний ҳаракат бўлганлиги боис, киши бир маротабалик интим яқинлик давомида спортчининг ярим соат шуғулланганига тенг миқдордаги энергияни йўқотади. Бу эса, танадаги ортиқча юкни бартараф этиб, аср таҳдиди бўлган семизликнинг олдини олади. Иккинчидан, яқинлик пайтидаги тананинг фаол ҳаракатлари сон, думба, бел ва тос мушаклари фаолиятини кескин кучайтириб, ундаги қон айланиши, модда алмашинуви каби кўплаб жараёнларга ижобий таъсир этади. Учинчидан, жинсий яқинлик учун зарурий биофаол тестостерон моддасининг ишлаб чиқилишининг
...
Читать дальше »
Juma23:26
— «Жимо баданни овқат учун тайёрлайди, шод қилади, ғазабни сўндиради, ёмон фикр ва савдойи васвасани, узоқ вақт жимо қилмай юриш сабабли юз берган мояк шишини қувади…»
Абу Али ибн Сино — «Дардларнинг асосий сабаблари: кўп ейиш, ортиқча жимо билан машғул бўлиш, кўп гапириш ва кўп ухлаш, яъни камҳаракатликдир… Луқмони Ҳаким Билгинки, шаҳватни кесадиган нарсалар олтитадир. Биринчи — ғамнинг кўплиги, иккинчи — бўғимларнинг сустлиги, учинчи — қаттиқ чарчаш, тўртинчи — хунук манзарани кўриш, бешинчи — уруғ идишларидан баъзисининг бузилиши, олтинчи — жинсий олатнинг шамоллаши. Абу Али ибн Сино Белни доимо маҳкам боғлаб юриш шаҳватни ҳаяжонга келтиради. Икки оёқни иссиқ тутиш эса жинсий алоқага ёрдам қилади, чунки у ҳаракатни баданнинг ташқи томонига ёяди. Отда юриш эрлик қувватини кучайтиради. «Хавос-ул Ашё» Жинсий алоқа асл иштиёқ туғилган пайт, қорин оч ҳам, тўқ ҳам бўлмай, бадан қизимай ҳам, совумай ҳам туриб, тан нам ҳам, қуруқ ҳам бўлмаган пайт, яъни кечанинг аввалида бўлиб, тонггача қувват яна тикланиб улгуриши лозим. «Тиб қонунлари» Мижозни суст қилиб, уруғга зарар етказадиган сабаблар: эрлик безидаги ва тухумдаги иллат, ҳаммомда кўп ўтириш ва кўп терлаш, камуйқулик, кўп қусиш ва су
...
Читать дальше »
Juma22:58
Маълумингизким, ота-боболаримиз ҳам азалдан ҳомиладорликнинг олдини олиш борасида бош қотирганлар. Шу боис, ҳомила бўлиб қолмаслиги учун эркаклар «азил» услубини кенг қўллаганлар, яъни манийни аёл аъзосидан ташқарига тўкканлар. Замонавий контрацептив моддалар жуда сероб бўлган ҳозирги даврда айримларнинг мазкур услубдан фойдаланишлари қанчалик асосли?
Фикри ожизимизча, ҳомиладан сақловчи воситаларнинг юзлаб турлари пайдо бўлган бугунги кунда «азил» услубини қўллашнинг ҳеч ҳам зарурати йўқ. Зеро, замонавий табобат, «азил»нинг қуйидаги нохуш асоратларини эътироф этмоқда:
1.Олимларнинг таъкидлашларича, азил пайти жинсий алоқани бўлиб-бўлиб тўхтатавериш 67 фоиз аёлларда лаззат ҳиссиётининг сезилмаслигига олиб келиши билан таҳдидли экан. 2. Жинсий алоқа пайти шаҳватнинг беихтиёр қинга тўкилиб кетишидан ҳадиксираш эса асаб-руҳий беқарорлиги каби нохушликларга сабаб бўлар экан. 3. Шаҳват таркибидаги қатор моддаларга аёл вужудида табиий эҳтиёж мавжудлиги боис, азил натижасида аёл танасида гормонларга чанқоқлик ҳисси пайдо бўлар экан. 4. Шаҳватни ташқарига тўкиш пайтида эркак аъзоси қин айлана мушаклари оғушида бўлмаслиги ҳам нохушликларнинг асосий сабабларидан ҳисобланиб, эр-хотин низоларига ва ҳаттоки ажралишларга олиб келиши кузатилган. 5. Аёллар шаҳват тўкилганидан сўнг ҳам эркакни анча вақтгача ўз вужуди «таркибий қисми» сифатида оғушида бўлишини хуш кўришларида ҳам турфа ҳикматлар яширин эканлиги шубҳасиз. Бугун
...
Читать дальше »
Juma22:54
Ўз вақтида воқе бўлган ўрта мўътадил жинсий алоқа шундай бўладики , унинг кетидан чиқиндиларни бўшатиш, гавдани енгиллашуви ва гавдани кейинги ўсишга тайёрлаш ҳосил бўлади. Гуё сўнгги озиқдан бир нарсани кучлаб бадандан олинган бўлиб унинг ўрнини тўлдириш учун табиат кучли таъсир қиладиган ҳаракатда бўлади шу вақтда бўладиган бўшалиш бунга ёрдам қилади. Гоҳо алоқадан кейин кишини енгган фикр йўқолиб , тетиклик пайдо бўлади, қаттиқ аччиқланиш босилади ва киши тинчланади .
Бу ўзининг тетик қилиши ва мия ҳам юракда уруғ туфайли тўпланган дудни даф қилиши билан меланхолияга , савдойи касалликларнинг кўпига фойда қилади тўлиқликдан бўлган оғриқларига , балғамий касалликларнинг ҳаммасига, айниқса булар туғма ҳарорати уруғ чиқиши билан камаймайдиган кишиларда бўлсалар фойда қилади. Шунингдек , у овқатга иштаҳани очади , чов ва мояклар атрофида пайдо бўладиган шишларнинг моддасини кесади. Алоқани тарк қилган ва уруғ тўхталганида кўз олди қоронғиланиш , бош айлариши ва бош оғирлиги, буйракдан келувчи сийдик йўлларида ва белда оғриқ ва шишлар пайдо бўлган ҳар бир кишига муътадил алоқа шифо беради.
Мижози жинсий алоқани талаб қиладиган кишиларнинг кўпчилиги уни тарк қилганларида баданлари совиб, ҳоллари ёмонлашади ва овқатга иштаҳалари йўқолади , ҳаттоки овқатни қабул қилмасдан қусиб ташлайдилар. Баданида тутун буғи бўлган кишини алоқа енгиллаштириб , унга фойда қилади унинг учун қўрқинчли бўлган тутунли буғ тиқлиши натижасида юз берадиган зарарларни йўқотади .
...
Читать дальше »
|
Reklama