Yakshanba01:24
Ayol go'zalligi nafaqat uning xusnida, balki go'zal qomatida ham.
Quyidagi oson qoidalar qomatingiz tabiiy ravishda go'zallashishiga yordam beradi!
1. Har bir tamadidan oldin 1-2 stakan suv ichib oling. 2. Kuniga kamida 2 litr suv iching. 3. Shirinliklarni kunduzgi 12 gacha yeb oling, undan keyin mumkin emas. 4. Kartoshka, makaron, non o'rniga bulg'or qalampiri, baqlajon, pomidor, kabachok, sukkini kabi sabzavotlarni iste'mol qiling. 5. Sosiska, kolbasa kabi mahsulotlardan umuman voz keching. 6. Har 3 soat oz-ozdan ovqatlaning. 7. Uyqudan oldin kamida 3-4 soat davomida hech narsa yemang. 8. Har kuni kamida 30 daqiqa davomida jismoniy mashg'ulot bajaring (Tez yurish, o'ynash, yo'ga kabi mashg'ulotlar ham bo'ladi.) 9. Doim nonushta qiling. Nonushtani o'tkazib yuborish mumkin emas. 10. Ovqat yegandan so'ng kamida 30 daqiqa davomida suv(suyuqlik) ichmang.
Yakshanba01:34
Ozg'inlar kabi fikr yuritishni o'rganing. Bu nima degani?
Ko'pincha semirib ketayotgan odamning fikricha, u juda kam yeydi, shuning uchun u suyagi qalinligi yoki boshqa tashqi faktorlar tufayli oza olmayotgan bo'ladi. Aslida suyagi qalinlik, bu erinchoqlar o'ylab topgan gap. Kam yeyish tushunchasi esa juda nisbiydir. Mana shu "kam yeyish" tushunchaga ozg'in odamlar qaragandek qarashni o'rganmoq lozim. Shunda ozish juda oson bo'ladi. Ozg'in odam uchun "kam yeyish" nima degani?
Bu avallambor bir porsiya ovqat 2 mushtingizdan oshmasligini bildiradi. Ya'ni ikki mushtingizga sig'a oladigan ovqat porsiyasini bir o'tirishda yeyish yetarli bo'ladi.
Undan tashqari bu 2 musht ichiga hamma narsa kirishi kerak. Masalan, agar siz ham ovqat, ham meva, ham shirinlik yeyishni rejalashtirgan bo'lsangiz, u holda ovqatni 2 mushtdek solib, ketidan shirinlik va meva yeyish degani emas.
Siz mevani ham, ovqatni ham, shirinlikni ham haligi 2 musht ichiga birgalikda sig'dirib yeyishingiz kerak bo'ladi. Juda kam deb o'ylaysizmi? Demak, siz ozg'in isnondek o'ylashga tayyor emassiz.
Shuni bilingki, olmani ham, danakni ham, hatto pista-qurtni ham yaxshigina kaloriyasi mavjud. Men kuni bilan hech narsa yemadim degan gapning ostida
...
Читать дальше »
Seshanba01:40
Dunyoga o'zining ozish haqidagi va boshqa kitoblari bilan mashhur yozuvchi Allen Karrning "Ozishning oson yo'li" kitobiga asoslangan maslahatlar.
Bizga ma'lumki, ozish uchun kam yeyish emas to'g'ri ovqatlanish zarur. Ya'ni hammamiz biladigan semirtiradigan mahsulotlardan voz kechish vazn kamayishiga olib keladi. Semirtiradigan kalloriyasi ko'p mahsulotlar bu - shokolad, yog'liq go'sht, shirinliklar, non va non mahsulotlari va hokazolardir. Allen Karr bu tamoyilga qo'shimcha qilib bir qator maslahatlar beradi. Ularning ba'zilarini keltirib o'tamiz:
Ozishni niyat qilgan odam kuniga 3-4 mahal ovqatlanishi kerak. Muhimi shundaki, shu ovqatlanish vaqti orasida suyuqlikdan boshqa hech nima yemaslik kerak. Ertalabki nonushta faqat mevalardan iborat bo'lishi kerak. Bir o'tirishda to'yib ketguncha emas, balki yetarlicha yeyish lozim. To'yish hissi paydo bo'lishi ko'p yeyilganidan dalolat beradi. Yetarlicha yeyishga esa o'z vazningizdan kelib chiqqan holda ma'lum bir portsiyani yeyish tushuniladi. Yetarli portsiya hajmini aniqlash uchun hozirgi yeyayotgan portsiyangizni asta-sekin kamaytirib borish kerak. Shunda to'qlik hissigacha olib kelmaydigan hajm siz uchun yetarli portsiya hisoblanadi. Undan ortig'i organizmingizg
...
Читать дальше »
Yakshanba02:05
Sakrash uchun arg‘amchi (skakalka) barchamizga bolalikdan tanish. U paytlarda arg‘amchi shunchaki o‘yin bo‘lsa, endi uning foydali tomonlarini ishlatishingiz mumkin. Arg‘amchi turli mashqlar uchun ajoyib vosita hisoblanadi. Narxi qimmat emas, ko‘p joyni ham egallamaydi, buning ustiga undan istalgan joyda va paytda – xoh uyda, xoh ko‘chada foydalanishingiz mumkin. U ozishga, mushaklarni va yurak qon-tomir tizimini mustahkamlashga yordam beradi… Sakrash uchun arg‘amchidan bokschilar, basketbolchilar, voleybolchilar foydalanadi, axir u ajoyib trenajyor-da. Kuniga bor-yo‘g‘i 20-30 daqiqa sakrash butun tanangizning to‘g‘irlanishiga, ortiqcha kilogrammlardan xalos bo‘lishga, salomatligingizni mustahkamlashga, harakatlar koordinatsiyasini to‘g‘irlashga ko‘maklashadi. Ushbu maqolada sakrash uchun arg‘amchi bilan mashqlarning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz.
Hozir arg‘amchida sakrashni “skiping” degan modali so‘z bilan atashadi, ingliz tilidan tarjimada bu so‘z “sakrash”ni bildiradi. Arg‘amchi chidamlilikni rivojlantiradi, vaznni kamaytiradi, nafas olish tizimini mustahkamlaydi, qomatni chiroyli qiladi, 2-3 daqiqa arg‘amchida mashq qilish davomida mashqlarning jadalligiga qarab 100 dan 350 kaloriyagacha yo‘qotasiz, bunday yondashuv 34 kilometrga yugurishning o‘rnini bo
...
Читать дальше »
Shanba13:10
Ozishni istaganlar ko'p, lekin haqiqiy natijalarga faqat ba'zilar erisha oladi. Tez muddatda dori vositalar yordamida yoki och qolish yo'li bilan ozayotganlar katta xato qiladilar. Birinchidan, bu organizmga qattiq zarba keltiradi, ikkinchidan, bunday yo'l bilan yo'qotilgan vazn tez orada o'z o'rniga qaytadi. Chunki tez ozish natijasida organizmda yog'lardan tashqari suv, mushak massasi va uglevodlar miqdori ham kamayadi, ketgan yo'g' o'rni esa bo'sh qoladi, natijada ushbu bo'sh qolgan to'qimalar yana yog' bilan qoplanib olishga harakat qiladi. Undan tashqari har xil dietalar natijasida mushak massasi o'zgaraverib yurak kasalliklarini va qandli diabet kasalligini yuzaga keltirishi mumkin. Yuqoridagi salbiy oqaibatlardan xoli bo'lish uchun kuniga 5-6 marta, lekin kichik miqdorda ovqatlanish tavsiya etiladi. Vazn yo'qotilgandan so'ng esa, yeyish porsiyasini oshirmagan ma'qul. Yana bir ayyorlik-bu oshqozonni aldash. Ya'ni oshqozonga to'qlik hissini berish. Bunga yengil sho'rvalar, sabzavotli pyure, yog'sizlangan sut mahsulotlari, qaynatilgan jigarrang guruch va tabiiy sharbatlar yordam beradi. Undan tashqari ovqatlanishda
...
Читать дальше »
Shanba13:04
Bu dieta 1 oylik hisoblanadi. Afsuski uning natijasi uzoq vaqt saqlanib qolishi qiyin, lekin bayram arafasida chiroyli ko'ylakni kiyish maqsadida ushbu dieta orqali ozish imkoniyati katta. Oyning 1 - haftasi Birinchi nonushta: 1 choy qoshiq asal solingan iliq sut bilan qurutilgan nondan bir bo'lak. Ikkinchi nonushta: 1 stakan choy bilan sariyog' surtilgan va salat bargi qo'yilgan 2 dona qora non. Tushlik: Baliq, 2-3 dona qaynatilgan kartoshka, limon sharbati va zaytun yog'i solingan salat barglari. Oradagi tushlik: 2 dona pomidor va toman sharbati yoki 2 dona meva va uning sharbati. Kechki ovqat: 1 stakan qatiq bilan 2 bo'lak qora non.
Oyning 2 - haftasi Birinchi nonushta: 1 choy qoshiq asal solingan iliq choy bilan 1 bo'lak qora non. Ikkinchi nonushta: Qaynatilgan go'sht qo'yilgan ikki bo'lak qora non, pomidor va 1 stakan choy. Tushlik: Go'shtli 2 dona kotlet, sabzili salat, kisel Oradagi tushlik: Meva yoki 1 stakan qatiq. Kechki ovqat: 1 stakan choy bilan ikki bo'lak pishloq.
Oyning 3 - haftasi Birinchi nonushta: Bir piyola kofe bilan asal surtilgan 1 bo'lak qora non. Ikkinchi nonushta: 1 stakan qatiq, pishirilgan tuxum, sariyog' surtilgan 1 bo'lak qora non. T
...
Читать дальше »
|
Reklama