16:09 Spermatazoid sifati va erkak bepushtligi | |
Erkak bepushtligini asosiy sababchilaridan biri - spermatozoid sifati bilan bo'gliq muammolardir. Hozirgi zamon tibbiyoti bu muammolarni ko'pincha muvaffaqiyatli bartaraf etib kelmoqda. Quyida spermatozoid bilan bog'liq muammo va yechimlar haqida suhbatlashamiz. Jinsiy aloqa jarayonida millionlab spermatozoidlar ayol organizmiga kirib, ular orasidan faqat bir necha yuztasi ayol tuxumdoniga yetib borishi va uni urug'lay olishi mumkin bo'ladi. Spermatozoid ayol tuxum hujayralarini muvaffaqiyatli urug'lashiga bir qator faktorlar ta'sir qiladi: Spermatozoid miqdori; Spermatazoid konsistensiyasi (1 millimetr urug'da spermatazoidlarning soni); Erkak urug'i hajmi; Spermatozoid harakat qilish qobiliyati; Spermatozoid harakati tezligi; Spermatozoid morfologiyasi (shakli). Saboq.Org saytidan olingan. Ushbu faktorlarning yomonlashuvi erkak bepushtligiga sabab bo'lishi mumkin. Shuning uchun ularning har biri yuqori ko'rsatgichga egaligi muhim ahamiyat kasb etadi. Spermatozoid muammolarini nima keltirib chiqaradi? Erkakning yoshi Umuman, erkakning ayolni urug'lay olish qobiliyati 35 yoshdan so'ng asta so'nishni boshlaydi. Bu asosan spermatozoid miqdori va harakatlanuvchanligida namoyon bo'ladi. Immunitet muammolari Erkak immun tizimida muammolar yuzaga kelsa, ba'zida organizm spermatozoidni yod modda deb qabul qila boshlaydi va ularni nobud qilish uchun maxsus antimodda ishlab chiqaradi. Saraton kasalliklarini Saraton kasalligini davolashda qo'llaniladigan radio-kimyoviy terapiya, ba'zi dori-vositalari erkak bepushtligiga olib kelishi mumkin. Jinsiy aloqa orqali o'tadigan kasalliklar Shu turkumdagi ba'zi kasalliklar jinsiy aloqa jarayonida spermatozoid yo'llarini zararlantirish xususiyatiga ega. Boshqa faktorlar. Tashqi muhitning holati va erkakning hayot tarzi ham spermatozoid buzilishiga olib kelishi mumkin. Undan tashqari erkak bepushtligiga anotomik muammolar ham sababchi bo'ladi: Varikotsele - erkak tuxumi tomirlari kasalligi bo'lib, bepusht erkaklarning 40% da uchraydi. Noto'g'ri eyakulyatsiya - bunda urug' tashqariga emas, balki siydik pufagiga tashlanadi. Kriptorxizm - tuxumning o'z joyiga joylashmagani tufayli ba'zida unda spermatozoid ishlab chiqarilmaydi. Erektil disfunksiya - bunda erkak jinsiy aloqaga kirisha olmaydi, kuchsiz bo'ladi. Bir necha yil davomida oilada farzand bo'lmayotgan bo'lsa, erkak albatta spermatozoidini tekshirtirishi talab etiladi. Aynan spermatozoid sifatiga qarab bepushtlik sababini aniqlash oson va tez bo'ladi. manba: Uzbaby.uz | |
|
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot
Reklama