16:12 Oilada bepushtlik muammosi | |
Afsuski, bepusht oilalar oramizda yo'q emas. Farzand ko'ra olmay yuzlab shifoxonalarga qatnagan, ko'plab qiyinchiliklardan o'tgan er- xotin qanchalik qiynalishi boshidan kechirmaganga qorong'u bo'lsa kerak. Atrof muhitning ta'siri, yaqinlarning munosabatlari, do'st- dushmanning gaplari bunday er- xotinga juda katta psixologik ta'sir ko'rsatadi. Oilada bir necha yil davomida farzand dunyoga kelmasa: Avallambor to'g'ri va aniq davolanish lozim. Afsuski, ayrim shifokorlar davolash o'rniga jarohat yetkazishi ham mumkin. Qanday desangiz, noto'gir diagnoz qo'yilib davolangan kasallik og'ir oqibatga olib kelishi mumkin. Shuning uchun birinchidan, turmush qurganingizga 1 yildan oshmagan bo'lsa, aslo shifokorga murojat qilmang. Sog'lom oilalarning 12% da muntazam jinsiy aloqalar 8-12 oy davom etganda homiladorlik yuz beradi. Siz ana shunday oilalar qatorida bo'lishingiz mumkin. Ortiqcha dori-vositalar bilan sog'lom organizmingizga zarar keltirib qo'ymang. Savodli shifokor 1 yillik kelin-kuyovga hech qachon o'tkir davolanish mexanizmini qo'llamaydi. Agar oila qurganingizga 1 yildan oshgan bo'lib homiladorlik yuz bermay, shifokorga murojaat qilishni ko'zda tutgan bo'lsangiz, bunga mas'uliyat bilan yondashing. Saboq.Org saytidan olingan. Tanishlardan surushtirib yaxshi va ishonchli shifokorni topib u bilan maslahatlashing. Bepushtlikda eng asosiysi - to'g'ri diagnostika. Bepushtlik sababini aniq bilish uni davolanishing 50% garovidir. Bepushtlik sababi esa ayolda ham, erkakda ham bo'lishi mumkin. Shuning uchun diagnostikani er- xotin birga boshlashi shart. Bepushtlik sababi aniqlanganda, davolanishni shifokorning maslahatiga binoan amalga oshirilish kerak. Shifokor aytgan dori-vositalari adashtirilmay, o'z vaqtida, kerakli miqdorda o'zgartirilmay qabul qilinish kerak. Bepushtlikka qarshi dori-vositalar gormonal bo'lishi mumkin. Gormonal vositalarni to'g'ri va vaqtida ichmasa, davolanish samarasiz bo'ladi. "Bu dori juda kuchli, buning o'rniga boshqasini ichaqoli", yoki "Dori soni ko'p ekan, bir-ikkitasini ichmay qoya qoli,"-deb shifokor bilan maslahatlashmagan holda qaror qabul qilsangiz davolanish samarasiz bo'ladi. Davolanish boshlanganda er-xotin sog'lom hayot kechirishi kerak. Vitaminga boy ovqatlanish, yog'liq, achchiq ovqat va shirinliklarni me'yoridan ko'p yemaslik lozim. Erkaklar sauna va hokazolar orqali jinsiy a'zolarini ortiqcha qizib ketishidan saqlanishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Spirtli ichimliklar va chekish davolanish davomida iloji boricha yo'qqa chiqarilishi lozim. Stress va psixologik holat davolanishga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Stress organizmda kuchli gormonal o'zgarishlarni, natijada ayollarda ovulyatsiya buzulishini yoki boshqa salbiy o'zgarishlarni yuzaga keltirishi mumkin. Davolanish tugab homiladorlik yuz bermasa, tushkunlikka tushmaslik zarur. Odatda davolanish tugasa ham, organizmga vaqt talab etiladi. Shifokorning davolash mexanizmini boshqa shifokor bilan solishtirib ko'ring. Iloji bo'lsa, bir necha shifokor maslahatini olib, tahlil qilib ko'ring. Sizda ishonch tug'diradigan, gaplari asoslangan va samarasi sezilayotgan shifokorda davolanishni davom eting. Davolanish haqida saytlarda suhbatlashing. Bepusht bo'lib farzand ko'ra olgan boshqa oilalar bilan maslahatlashing. Er-xotin bir-biringizga nisbatan mehr-muhabbat bo'lsa kurashing. Hozirgi kunda bepushtlikni davolash yo'llari juda ko'p va samarali. Tushkunlikka tushib, ayblarga yo'l qo'ymang. Birovlarning gina, kesatuvlariga ahamiyat bermay o'z baxtingiz sari intiling. Bir necha yildan so'ng Olloh farzand berganda sizchalik baxtli inson dunyoda bo'lmaydi. Er-xotin bir-biringizni qo'llab quvvatlang. Hozir eng muhimi sizning munosabatlaringiz. Agar birga kurashsangiz albatta muammolarni yengasiz. Farzand 10 yildan ortiq dunyoga kelmasa, davolanishning yangi uslublarini izlang, imkoniyat topib chet el shifoxonalariga murojaat qiling. Eng asosiysi bunga kurashishga sabab bo'lishi kerak. Bu sabab er va xotinning aynan bir-biridan farzand ko'rishni niyat qilishidir. Bir-biringizni sevib, niyat qilib, ishonsangiz, Ollohni o'zi farzand beradi. Bepusht er-xotin hali dunyoga kelmagan farzandi bilan gaplashib uni qanchalik kutayotganingizni, sevishini aytib xayolan chaqirish kerak. Farzand ko'rishdan ortiqroq baxt bo'lmasa kerak dunyoda. Bunday baxtga barchamiz sazovor bo'laylik. Ollohni o'zi har bir juftlikka farzand bersin. manba: Uzbaby.uz | |
|
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot
Reklama