16:25 Laporoskopiya | |
Bepushtlik va ayol jinsiy a'zolari bilan bog'liq boshqa bir qator kasalliklarni davolashda qo'llab kelinayotgan muolaja - laporoskopiya haqida Doctor-D klinikasi ma'lumotlari. Laporoskopiya bu shunday muolajaki, unda bemorning qorin bo'shlig'iga optik vositalar bilan ta'minlangan asbob kiritiladi. Buning uchun kindik atrofida, undan sal pastroq yoki qorinning past qismida bitta yoki zaruratga qarab 2-3 ta 5-7mmlik kesim qilinadi. Laporoskopiya aniq tashhis qo'yish, bepushtlik sababini aniqlash yoki ba'zi jarrohlik aralashuvlarni amalga oshirish uchun qo'llaniladi. So'nggi paytlarda shifokorlar laporoskopiyani gisteroskopiya bilan qo'shib o'tkazmoqdalar. Bu usul jinsiy a'zoni ko'z bilan kuzatish va zarurat bo'lsa, unda aniqlangan polip, mioma va shu kabi patologik o'zgarishlarni olib tashlash imkonini beradi. Ushbu muolaja kuchli jarohatli aralashuv hisoblananib, uni hayz davri normal va bachadonning Ultra tekshiruv holati me'yorida bo'lgan yosh ayollarda o'tkazmaslik ma'qulroq. Agar ayolda peritonit, ichak tutilishi va shu kabi sabablarga ko'ra qorin bo'shlig'ida avval jarrohlik operasiyalar bilan bog'liq katta chandiqlar mavjud bo'lsa, laporoskopiya qilinmaydi, chunki muolaja davomida ichak shikkastlanish xavfi yuqori bo'ladi. Saboq.Org saytidan olingan. Undan tashqari laporoskopiya muolajasini yurak faoliyati aniq ifodalangan buzilishga ega bo'lganda o'tkazish mumkin emas. Chunki muolaja davrida bemor boshi bilan pastga qarab yotqiziladi va uning qorin bo'shlig'i gaz bilan to'ldiriladi, bu esa yurak faoliyati kompensasiyasining buzilishiga olib kelishi mumkin. Bugungi kunda laporoskopiya yordamida quyidagi muolajalar amalga oshiriladi: bachadon naychalari tutilishini tiklash maqsadida tortmalarni yorish; tuxumdondagi uncha katta bo'lmagan kista va miomatoz tugunlarni olib tashlash; endometrioz o'choqlarini kuydirish; polikistoz (ko'p kistasi bor) tuxumdonlarning koagulyasiyasi; bachadondan tashqari homiladorlik bo'lsa, bachadon naychasini olib tashlash va boshqalar. Laporaskopiya muolajasidan so'ng bemor tezda faol hayot tarziga qayta oladi. Afsus laporoskopiya imkoniyatlari cheklangan bo'lib, katta rekonstruktiv operasiyalar qorin boshlig'ini kesib ochgan holdagina amalga oshiriladi. Undan tashqari juda ko'p hollarda laporoskopiya muolajasidan so'ng qisqa davr ichida olib tashlangan tortmalarning bitishishi qaytalanadi. manba: Uzbaby.uz | |
|
| |
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot

Reklama