16:39 Ko'krak og'rishi-mastopatiya | |
Mastopatiya - ayol ko'krak bezi to'qimalaridagi o'zgarishdir. Mastopatiya sababi Mastopatiyaning asosiy sababi ayol gormonal tizimidagi buzulish hisoblanadi. Ayol organizmida har oy gormonal o'zgarishlar siklik ravishda bo'lib o'tadi. Bu siklik jarayon buzulsa, ko'krak bezida o'zgarishlar, ya'ni mastopatiya vujudga kelishi mumkin. Gormonal sikl buzulishiga nima olib kelishi mumkin: 1. Bachadon va bachadon oldi yo'llar yallig'lanishi; 2. Ona avlodida bunday kasallikning mavjudligi; 3. Qolqonsimon bez kasalliklari; 4. Jigar va o't pufagi kasalliklari; 5. Diabet, semirish; 6. Organizmda yod moddasining yetishmovchiligi; 7. Stress, depressiya, noregulyar jinsiy hayot; 8. Abort, ko'krak bezi shikasti, alkogol, chekish, radiasiya; 9. Homilador bo'lmaslik yoki kechki homiladorlik ; 10. Emizish davrining qisqaligi; 11. Xayzning kech yoki erta kelishi. Mastopatiya simptomlari Mastopatiyaning asosiy simptomi bo'lib, ko'krakdagi aniq seziladigan shishlar hisoblanadi. Saboq.Org saytidan olingan. Ayrim hollarda ko'krakdan qon ko'rinishidagi suyuqlik chiqishi kuzatilishi mumkin (rak kasalligi yoki ko'krak bezlarining jiddiy kasalliklari haqida dalolat beruvchi simptom). Odatda shishlarga ayhollar ahamiyat bermay yuradilar. Bu shishlar ko'pincha xayz boshlanishidan 2-3 kun oldingina og'riq berishi mumkin, keyin og'riq sezilmaydi. Ayrim hollarda og'riq qo'lga va yelkaga ham tarqalib, mastopatiyaning og'ir ko'rinishi yuzaga kelganidan dalolat beradi. Mastopatiya diagnostikasi To'qson foiz holatda mastopatiyani ayolning o'zi belgilay oladi. Agar siz ko'kragingizda shishlarning mavjudligini yoki ko'krak og'rig'ini sezib tursangiz darhol vrachga murojaat qiling. Erta aniqlangan kasallikni davolash osonroq bo'ladi. Mastopatiyani davolash Asosan mastopatiya gormonlar va nogormonal usullar bilan davolalandi. Bu usulning har biri kasallikning hususiyatiga va boshqa bir qator faktorlarga qarab belgilanadi. Davolashning asosiy maqsadi organizmdagi gormonal buzulish sababini yoq qilishdan iborat. Mastopatiyaning o'tib ketgan ko'rinishi jarroxlik yo'li bilan davolanadi. Mastopatiyani oldini olish Birinchi navbatda sog'lom turmush kechirish; Yodning moddasining organizmga yetarlicha kelib tushishini ta'minlash; Jismoniy mashg'ulotlar bilan shug'ullanish; Stressdan holi bo'lish; Ko'krakka shikast yetkazmaslik; Muntazam ravishda ko'krakni tekshirib turish (shishlar bor-mi, yo'qmi?); Bir yilda 2 marta vrach nazoratiga borish. manba: Uzbaby.uz | |
|
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot
Reklama