16:42
Bachadon bo'yni eroziyasi

1. Bachadon bo'yni eroziyasi faqat
tuqqan ayollarda bo'ladimi?
Yo'q, bachadon bo'yni eroziyasi
yosh qizlarda ham namoyon
bo'lishi mumkin. Lekin bu haqiqiy
eroziya bo'lmay, balki
adasheroziya hisoblanadi.
2. Adash eroziya sog'liq uchun
zararli emasmi?
Agar uning darajasi yuqori
bo'lmasa, oddiy davolanish yetarli
bo'ladi. Lekin adasheroziya ayol
qinigacha tarqalib ketgan bo'lsa, u
hol onkologik jarayonni
boshlanayotganidan dalolat
berishi mumkin.
3. Bachadon bo'yni eroziyasini
qanday bilsa bo'ladi?
Agar hayzdan tashqari bo'lgan
payt ayolda qon chiqishi kuzatilsa,
ayniqsa jinsiy aloqadan so'ng u
kuchaysa darhol vrachga murojaat
qilish kerak. Lekin ko'p hollarda
eroziya hech qanday alomatsiz
ham kechishi mumkin. Shuning
uchun 1 yilda bir marta ginekolog
qabulida bo'lish kerak.
4. Eroziyaning salbiy oqibatlari
qanday?
Eroziya ko'pincha yallig'lanish
natijasida kelib chiqadi.
Yallig'lanishga turli hil infeksiyalar
olib keladi. Bu infeksiyalarni
vaqtida davolamasa, bachadon
bo'yni patologik kasalliklari kelib
chiqishi mumkin.
5. Eroziyani davolash usullari
qanday?
- kimyoviy usul: azot bilan
kuydirish, radioto'lqinlik ta'sir.
- operasiya usuli: bunda bachadon
bo'yni eroziyaga uchragan qismi
olib tashlanadi.
- elektrkuydirish
- lazerli kuydirish
Shuni ta'kidlash lozimki davolash
usullarini ayrimlari tug'magan
ayollar uchun xavfli, chunki
bachadon bo'yni kuydirilgandan
so'ng iz qoladi, bu esa erkak
spermatazoidi bachadon tomon
oson o'tishi uchun to'sqinlik
ko'rsatishi mumkin.
6. Eroziya bepushtlik sababchisi
bo'lishi mumkinmi?
Ha, ko'pincha bachadon bo'yni
eroziyasi davolangandan so'ng tez
homilador bo'lish imkkoniyati bor. Saboq.Org saytidan olingan. Lekin davolanishni maxsus
ginekolog amalga oshirish kerak,
chunki yuqorida aytganimizdek
ayrim davolash usullari
homiladorlikka to'sqinlik qilishi
mumkin.
7. Eroziya bo'lishiga nima sabab
bo'ladi?
- Abort ko'p qilingan bo'lsa;
- Jinsiy hayot juda erta boshlangan
bo'lsa;
- Jinsiy infeksiyalar;
- Noto'g'ri kontrasepsiya;
- Gormonal balansning buzulgani;
- Tug'ishdan so'ng yirtilish;
- Jinsiy a'zolarning
shikkastlangani.

manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 18696 | Добавил: Admin | Рейтинг: 3.0/1
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytning yangi ko'rinishi yoqdimi ?
Всего ответов: 4
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama