21:24 Sun'iy urug'lantirish (EKO) natijasi | |
Agar sun'iy urug'lantirish homiladorlikka olib kelsa, bu juda yaxshi, lekin ayrim holatlarda salbiy oqibatlar yuzaga kelishi mumkin. Ular: Ayol tuxumdoning giperstimulyatsiyasi: Buning natijasida tuxumdonda ko'plab sariq moddalar vujudga kelib, ular gormon chiqara boshlaydi. Bir xil ayollar ushbu gormonlarning ko'payib ketganidan o'zlarini yomon his qiladilar. Asosan qorin tagidagi og'riq, ko'ngil aynash kuzatiladi. Lekin ayrim hollarda bo'shashish, siydik miqdorining kamayib ketishi, qorinning qattiq shishi kuzatilishi mumkin. Saboq.Org saytidan olingan. Juda oz holatlarda giperstimulyatsiyaning natijasi og'ir asoratlarga olib keladi. Bunda ayol nafas olishga qiynaladi va qon bosimi tushib ketadi. Odatda bu holatlar oson davolalanadi. Davolanish davomida ko'p suyuqlik ichiladi, maxsus dori kapelnitsa orqali organizmga kiritiladi. Giperstimulyatsiyaning yengil shakllarida shifokor bilan maslahatlashgan holda uyda qolish mumkin, lekin og'irroq hollarda shifoxonaga yotish talab etiladi. Ko'p homilali homiladorlik : Homila paydo bo'lishi uchun sun'iy urug'lantirish jarayonida ayol bachadoniga bir nechta (ko'pi bilan 3 ta) embrion o'tqaziladi. Ba'zida bu ko'p homilali homiladorlikka olib kelishi mumkin. Agar bachadonda ikkitadan ko'p homila bo'lsa, bunday homiladorlikni o'tkazish va saqlab qolish juda qiyin bo'ladi. Shuning uchun maxsus usullar bilan bir embrionning rivojlanishi to'xtatiladi. Bunda boshqa embrionlarga ziyon yetkazilmaydi. Bu maxsus jarrohlik operatsiyasi bo'lib, u Ultra tovushli diagnostika apparati yordamida amalga oshiriladi. Sun'iy urug'lantirish natijasida vujudga kelgan homiladorlik bir oz zaifroq bo'lgani uchun bachadonda ikkitadan ko'p homila bo'lmasligini ta'minlash maqsadga muvofiq bo'ladi. Bachadondan tashqari homiladorlik: Agar ayol bachadoniga embrion o'tqazilgandan so'ng bo'shashib ketish, bosh aylanish, noaniq kuchli og'riq va homiladorlikning belgilari kuzatilsa bachadondan tashqari homiladorlik vujudga kelgan bo'lishi mumkin. Bunda homila bachadonda emas, balki unda tashqarida rivojlanadi. Bu juda xavfli holat bo'lib, tezda shifokorga murojaat qilishni talab etadi. manba: Uzbaby.uz | |
|
| |
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot

Reklama