01:04
Ovulyasiya sikli

Tug'sh yoshidagi har bir ayol
o'rtacha har 28-32 kunda hayz
ko'radi. Hayz siklidan tashqari
ovulyasiya sikli ham mavjud. U
haqda bilish ovulyatsiyani
hisoblashda yordam beradi.
Ovulyasiya sikli fazalari:
Hayzning birinchi kunidan
boshlab follikulyar yoki hayz fazasi
boshlanadi. Bu davrda ayol
tuxumdonida bir necha follikula
o'sishni boshlaydi.
Hayz boshlangan kunidan 7
kunga kelib ovulyator faza davom
etadi. Shu davrda asosiy follikul
ajralib, unda tuxum hujayrasi
rivojlanadi.
Yigirma sakkiz kunlik hayz
siklining 14 kunida ovulyatsiya
sodir bo'ladi. Shu kunda yuqorida
ta'kidlangan asosiy follikula
yoriladi: undan yetilgan tuxum
hujayrasi chiqadi. Aynan shu
damda ayol ovulyasiya og'riqlarini
his etishi mumkin. Ovulyasiya
o'tgandan so'ng tuxum hujayrasi
bachadon tomon harakatlanadi. Saboq.Org saytidan olingan. Turli xil tadqiqotlar natijasiga
ko'ra tuxum hujayrasi 24-48 soat
yashaydi.
Yigirma sakkiz kunlik siklning 15
kunidan boshlab sariq tanaha
fazasi boshlanadi - bu davr
ovulyasiya bilan keyingi hayz
kelishining orasidagi muddatga
aytiladi. Bu davrda yorilgan
follikula devorchasi yog'lar va
lyutein pigmentini yig'a boshlaydi.
Bu pigment follikulaga sariq rang
beradi. Shuning uchun ushbu
follikulani endi sariq tanacha, bu
davrni esa sariq tanacha davri deb
atashadi. Agar o'tgan ovulyasiya
kunlari urug'lanish sodir
bo'lmagan bo'lsa, sariq tana davri
yakunlanishida yangi hayz
boshlanadi.
Ovulyasiya sikli o'zgarib turishi
ham mumkin:
1 yil mobaynida ( normada
ayolda 2-3 marta hayz sikli
ovulyasiyasiz o'tishi mumkin);
Tuqqandan so'ng;
Abortdan so'ng 3 oy davomida;
40 yoshdan so'ng.

manba: uzbaby.uz
Просмотров: 9870 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytda sizga nimalar yoqmaydi ?
Всего ответов: 1
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama