02:15 Homiladorlikning 2-trimestri (14-28 haftalar) | |
Ushbu davr mobaynida homilaning bo'yi 30 sm gacha o'sadi, vazni 700gr gacha oshadi. Homiladorlikning 2-trimestrida bo'lajak farzand jinsini aniqlash mumkin. Ikkinchi trimestr ko'pchilik ayollar uchun eng yengil va yoqimli davrdir. Bu davrga kelib toksikoz alomatlari deyarli yo'qolgan bo'ladi. Qorin kattalashgani bilinadi, birinchi bor tug'ayotganlarda aynan shu davrdan boshlab qorin chiqqani atrofdagilarga ayon bo'ladi. O'n oltinchi haftalarga kelib yo'ldosh va homila organlarining deyarli barchasi shakillanib bo'ladi. Agar 1-trimestrda homiladorlikni saqlanishiga ayol organizmi ishlab chiqaradigan progesteron javob bergan bo'lsa, endi homiladorlik uchun muhim bo'lgan gormon ishlab chiqarilishini, tashqi muhitdagi zararli moddalardan homilani asrash kabi funksiyalarni yo'ldosh bajaradi. Undan tashqari, homilani oziqa va kislorod bilan ta'minlash ham yo'ldoshning vazifasi. Birinchi farzand kutayotganlarda 20-haftadan, ikkinchi farzand kutayotganlarda esa 18- haftadan boshlab homilaning qimirlashi seziladi. Homilador ayol uchun homilaning birinchi bor qimirlashi juda katta xursandchilik keltiradi. Saboq.Moy.Su saytidan olingan. Ikkinchi trimestrning o'rtalaridan bel og'rishini oldini olish, qorinda iz tushishini profilaktika qilish maqsadida bandaj taqib yurish tavsiya qilinadi. Ushbu davrda homilador ayol yaxshi ovqatlanib, yaxshi dam olishi kerak. Vitamin va minerallarga boy mahsulotlar juda foydali. Kremli tort, shirmoy non kabi mahsulotlar o'rniga meva va sabzavotlardan ko'proq iste'mol qilishni o'rganing. Undan tashqari har kuni toza havoda aylanish homilani kislorod bilan ta'minlashga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ikkinchi trimestrda xavf tug'diradigan vaziyatlardan biri - bu muddatidan oldin tug'ruq boshlanishidir. Agar kunda bir necha bor qaytariladigan muntazam og'riqlarni, jinsiy a'zolardan rangsiz suyuqlik oqib chiqayotganini, qon chiqishini sezsangiz darhol vrachga murojaat qiling. Yigirma sakkiz haftagacha tug'ilgan bolani hayotini asrab qolish mumkin, lekin imkoniyati boricha homiladorlikni 37 haftagacha cho'zish kerak. manba: Uzbaby.uz | |
|
| |
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot

Reklama