02:23 Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 39 haftasi | |
Onaning holati Hozir bachadon bo'yni qisqarib ochilmoqda. Siydik pufagi esa o'zida juda katta bosim his etmoqda. Tug'ish payti yaqinlashayotgan sari biroz asabiylashishingiz mumkin. Tug'ish jarayoni boshlanayotganidan muntazam ravishda qaytarilayotgan tug'luqlar dalolat beradi. Tug'ish jarayoni Tug'ish jarayoni yaqinlashmog'i haqida yana bir belgi suv kabi suyuqlikning qindan ajralishi yoki biroz xavfliroq holatda qon ajralishi. Bunda tezda shifoxonaga borish yoki Tez yordam chaqirtirish talab etiladi. Tug'ishdan oldin bolaning boshi tozda yaxshilab o'rnashib oladi. Bu holat uning tug'ish jarayonida oson harakatlanishiga yordam beradi. Ayniqsa oldin tuqqan ayollarda bunday bo'ladi. Shuning uchun tuqqan ayollarda tug'ish jarayoni osonroq, davomiyligi esa qisqaroq bo'ladi. Saboq.Moy.Su saytidan olingan. Bolaning holati Bolaning uzunligi 50 sm Og'irligi 3000 gr Bola asosiy momiq tuklarini yo'qotib bo'ldi. Oyoq barmoqlaridagi tirnoqlari o'sib bo'ldi. Bolaning kindik ichakchasi 1.3 sm qalinlikda bo'lib u orqali xali ham ozuqa moddalari bolaga yetkazilib berilmoqda. Sizning qoningizdagi antimoddalarning kichik miqdori bolaning qoniga yo'ldosh orqali o'tib qolishi mumkin. Bu uning immun tizimi ishga tushishiga turtki bo'ladi. Chaqaloqning ushbu immun tizimi tug'ilganidan keyin dastlabki 6 oyda uni kasalliklardan himoya qiladi. Keyinchalik bolaning o'z mustaqil immun tizimi shakllanishni boshlaydi. Tug'ishning uchinchi bosqichi yo'ldoshning tug'ilishidan oldin bolaning kindik ichakchasi kesiladi, bundan buyon u butunlay mustaqil inson bo'lib, barcha hayotning muhim funksiyalarini amalga oshiradi. Shunisi ma'lumki, amniotik suyuqlik har 3 soatda almashib turadi. Brioq uning qaerdan qanday qilib paydo bo'lishi aniq emas. Bola mana bir necha haftalar davomida uni nafas olishga tayyorgarlik ko'rganida ichiga yutib olib kelmoqda. Bola tug'ilganidan so'ng undan dastlabki chaqaloq najasi - mekoniy chiqadi. Tug'ish holatlarigning 30 %da mekoniy bola tug'ilishidan oldin chiqib ketib amniotik suyuqlikda tarqalib ketadi. Bola bunday amniotik suyuqlikni yutib yuborishi ba'zi muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu muammolar jiddiy emas. Bolaning ko'zlari 20-30 sm uzoqlikda ko'ra oladi. Aynan shu masofa bola emayotganida onasining yuzini ko'rish uchun kifoya bo'ladi. Lekin uning ko'rish qobiliyati kattalardek barkamol emas. Uning asab tizimi hali yetuk bo'lmay, asosan yuz asablari javob beruvchi qismi shakllanish darajasida bo'ladi. Bu asablar so'rish uchun javob beradi. manba: Uzbaby.uz | |
|
| |
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot

Reklama