15:48 Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 35 haftasi | |
Onaning holati Sizning qorningiz ko'krak qafasingizni siqishni boshlamoqda, sizga nafas olish va ovqatni hazm qilish borgan sari qiyinlashmoqda. Kun mobaynida tez-tez oz-ozdan yeganingiz ma'qul. Ko'proq dam oling, shishlarni oldini olish maqsadida uzoq vaqt davomida o'tirgan yoki turgan holatda bo'lmang. Agar uzoq yo'lga mashinada ketayotgan bo'lsangiz, orada toza havoga chiqib mushaklaringizni u'qalab qo'ying. Hozir sizni uyqusizlik yoki uyqu bilan bog'liq muammolar bezovta qilishi mumkin. Kechasi uyquga ketolmaslik yoki yaxshi uxlab qolib keyin tun orasida uyg'onib qayta uxlolmaslik, uyquning chuqur bo'lmasligi, tuni bilan g'imirlab joy topa olmasligingiz sizni qiynab yuborishi mumkin. Bu muammolarni hal qilish maqsadida uxlatadgan dori vositalaridan aslo icha ko'rmang. Bu yoqimsiz holatni sizni tabiat ona bo'lganingizdagi bo'lajak uyqusiz tunlarga tayyorlamoqda deb o'ylang. Undan tashqari siydikning tez-tez qistashi va beldagi og'riqlar ham sizni chuqur uyquga ketishingizga xalaqit qiladi. Homiladorlik davrida sizning qoriningiz shakli va kattaligi sizning bo'yingiz, og'irligingiz, suyaklaringiz yo'g'on yoki ingichkaligiga bog'liq. Bolaning holati Bolaning uzunligi 45 sm Og'irligi 2200-2220 gr Ushbu haftada bolaning tirnoqlari uning barmoq uchigacha o'sib qoldi. Uning tug'ilgan kunida tirnoqlari uzunligini ko'rishingiz mumkin bo'ladi. Uning yuzlarida esa shu tirnoqlarning arzimagan izlari bachadon davrini eslatib turadi. Uning barcha organlarining barkamollashuvi nihoyasiga yetmoqda. Bolaning teri osti yog' qatlamlari o'sishda davom etib, asosan yelka qismlarda ko'paymoqda: endi bolaning yelkalari dumaloqlashgan va yumshoq bo'lmoqda. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarning hammasini ko'zi ko'kish rangda bo'ladi. Shu rang bola o'sgan sari uning irsiyatiga qarab o'zgarib ketadi. Bola chiqish yo'llariga yaqinlashishi natijasida sizning bachadoningiz bo'yni bir uzayib bir qisqarmoqda, bir kengayib bir toraymoqda. Bachadon bo'ynini torayishini latent davri deb ataladi. Tug'luq jarayoni va bachadon bo'ynini kengayishini aktiv davr deb ataladi. Oxirida o'tish davri ya'ni bachadon bo'ynini tug'ish jarayoniga tayyorlanib 10 sm ga ochilishiga aytiladi. manba: Uzbaby.uz | |
|
| |
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot

Reklama