15:50 Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 34 haftasi | |
Onaning holati Endi Brekston Xiks tug'luqlari muntazamlashmoqda. Bu og'riqlar bachadonning yuqori qismida boshlanib keyin past tomonga yoyilib yo'q bo'ladi. Ba'zi ayollar bu haqiqiy tug'luqlar deb bezovta bo'ladilar. Lekin ularning haqiqiy tug'luqlardan farqi ular tez tugab, yaqin orada qaytmaydi. Agar suv ketib qolsa, ya'ni qindan tiniq suv ajralishi namoyon bo'lsa, bu tug'ish jarayoni boshlanganidan dalolat beradi. Homiladorlikning bu davrida ko'pincha ultra tovushli diagnostika qilinadi. Bunda bolaning joylashuvi, homila oldi suvlar miqdori, yo'ldoshning holati va uning yetukligi aniqlanadi. Bolaning holati Bolaning uzunligi 42 sm Og'irligi 200 gr Bolaning boshidagi sochlari qalinlashgan, lekin ularning rangi bola kattaroq bo'lganidagi rangdan farq qiladi. Uning momiq tuklari deyarli to'kilib bo'lgan, lekin yangi chaqaloq moyi miqdori ko'payib bormoqda. Bolaning buyrak usti bezlari kattalarnikiga nisbatan 10 barobar ko'proq steroid gormonini ishlab chiqmoda. Bu gormon laktasiya, ya'ni ona ko'kragiga sut kelishini ta'minlaydi. Undan tashqari bolaning buyrak usti bezlari razmeri ham xuddi kattalarniki singari bo'ladi, faqat tug'ilganidan so'ng ular kichiklashadi. Bola o'z suyaklarini o'stirish maqsadida sizdan kalsiyni olmoqda. Agar bola ushbu davrda tug'ilib qolsa, uni muddatidan oldin tug'ilgan degandan ko'ra vaqtida tug'ilgan deb atashadi. Chunki uning o'zi va o'pka to'qimalari barkamol rivojlangan. Bu davrda tug'ilgan bolalar mustaqil nafas oladilar va hech qanday intensiv ko'rikka muhtoj bo'lmaydilar. Shifokorlar talab etilsa, bolaning o'pkasi rivojlanganligi darajasini homila pufagini punksiya qilib surfaktant miqdoridan aniqlasalar bo'ladi. Bunday muolaja muddatidan oldin tug'ilish ehtimoli katta bo'lgandagina amalga oshiriladi. Bola bachadonda tiqilgan bo'lib, u holatini deyarli o'zgartira olmaydi. Ko'pincha u boshi bilan onaning qin tomoniga qaragan bo'lib joylashgan bo'ladi. Uning teri rangi ancha ochlashgan. Tirnoqlari barmoq uchidan chiqib turmoqda. Oyoq va qo'llaridan har bir inson uchun yagona jimjimador bezak shakllangan. Endi uning quloqlari boshidan ajralib turibdi, oldin ular boshga yopishgan edi. manba: Uzbaby.uz | |
|
| |
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot

Reklama