17:43 Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 33 haftasi | |
Onaning holati Urug'lanish davridan boshlab bachadoningiz ancha kattalashgan. Endi fiziologik anemiiya keskinligini yo'qotmoqda. Qizig'i shundaki, homilador ayollarning tushlari juda ravshan va rangbarang bo'ladi. Faqat tundagi siydik qistashi sizni tobora ko'proq bezovta qiladi. Aslo siydigingizni ushlab yurmang, bu siydik pufagini yallig'lanishiga olib kelishi mumkin. Endi siz bolaning tizza va tirsaklarini ajratishni ham o'rganib olgan bo'lishingiz mumkin. Lekin uning harakatlari ancha sustlashgan va oldinchalik o'tkir emas. Bachadon ichidan kelayotgan sekin urilish bu bolaning hikichoq tutishi bo'lishi mumkin. Bola amniotik suyuqlikni ichib yuborishi ko'pincha hikichokni qo'zg'atib yuboradi. Onaning uyqusi ancha buzilgan bo'lishi mumkin. Oldin bezovta qilgan ich qotishi, tomirlarning kengayishi, beldagi og'riqlar, quloq bitib qolishi, burun va milklarning qonashi sizni hali ham tark etmagan. Lekin ba'zi ayollar bunday holatlardan butun homiladorlik davomida xoli bo'ladilar. Kindigingizdan pastga tomon cho'zilgan chiziqning rangi to'qlashmoqda. Kechki toksikoz xavfi hali ham mavjud. Shuning uchun vazningizga ahamiyat berishingiz lozim. Katta odamning qoni o'rtacha 4-4.5l miqdoriga ega bo'lsa, homilador ayolning qon miqdori homiladorlikning 32-36-haftasida 5-5.5l gacha oshadi. Bu litr qon yangi aylanish tizmida joylashgan bo'lib u aynan homiladorlik davrida paydo bo'lib, homilaning hayot faoliyatini ta'minlaydi. Kechki toksikozda ayol organizmida suyuqlik miqdori ko'payib to'qimalarda saqlanib qoladi. Natijada qon hajmi kamayadi. Bu esa yo'ldosh orqali uning o'tish miqdorini kamayishiga, natijada bolaga yetarlicha kislorod va ozuqa moddalari yetib kelmasligiga olib keladi. Ushbu muddatda quyidagi analizlar topshiriladi: qon bosimining o'zgarishi; vazn tekshirilishi; siydikda oqsil va qandning miqdori; bachadon o'lchovlari; bolaning joylashgani va kattaligi o'lchovlari; oaning oyoq va qo'llarida shishlar tekshiruvi; onani bezovta qilayotgan boshqa holatlar. Tug'ruqxonani tanlash haqida unutib qo'ymang. Bolaning holati Bolaning uzunligi 42 sm; Og'irligi 1800 gr Bachadon ichida siqilib o'tirgan bola yig'lashdan tashqari endi tugilishda kerak bo'ladigan barcha harakatlarni o'rganib oldi. Faqat yig'lashdan tashqari. U ko'p uxlab onasiga o'xshab tushlar ko'rmoqda. Buni uning qorachig'i harakatlaridan aniqlasa bo'ladi. Uyg'ongach, u atrof tovushlariga va o'z hissiyotlariga ahamiyat beradi. U bir nimalarni ko'rib o'rganmoqda: uning miyasidagi millionlab neyronlar trillion trillion yangi aloqalarni qabul qilmoqdalar. O'ttiz uchinchi haftaga kelib u boshi bilan pastga tomon joylashib olgan, u tug'ilishga tayyorlanmoqda. Bolaning holati haqida sizga ginekolog aniq aytishi kerak. Agar bola hozir tug'ilsa, u bemalol nafas oladi, lekin unga iliq boks (bola yotadigan yopiq maxsus idish) kerak bo'ladi. Bolaning o'pkasidagi surfoktant miqdori oshgan bo'lib, o'tgan haftalarga nisbatan uning yashab ketish imkoniyati ancha balandroq bo'ladi. Bolaning yuragi deyarli barkamol. Faqat bir kichik bo'shliq qolgan bo'lib, u bola tug'ilganida birinchi nafas olgan zahotidayoq yopiladi. Uning markaziy asab, endokrin va immun tizimi o'z shakllanishini yakunlamoqda. Uning hozirgi asosiy faoliyati o'sishga qaratilgan. U o'ziga kerakli barcha moddalarni onasidan kerakligicha olmoqda. Endi tug'ruq vujudga kelishiga onaning salomatligi emas, balki bolaning bachadondan qiynalayotgani sabab bo'ladi. manba: Uzbaby.uz | |
|
| |
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot

Reklama