17:46 Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 32 haftasi | |
Onaning holati Bu haftada o'sib borayotgan qorningiz sizga oz muncha tashvish ham keltirishi mumkin. Agar bola bu davrga kelib boshi bilan pastga joylashib olgan bo'lsa, uning oyoqlari sizning qovurg'alaringizga botishi sezilishi mumkin. Shuning uchun maksimal ravishda qaddingizni rostlab yuring. Hozirgi kunda siz uchun eng katta muammo bu organizmda suv miqdorining ushlanib qolishi. Buni qo'l va oyoq barmoqlari shishganidan bilsa bo'ladi. Uzuk va taqinchoqlarni yechib tashlaganinzgi ma'qul. Siqib yopishib turadigan kiyimni ham kiymaslikka harakat qiling. Dam olish siz uchun eng muhim narsa. Kunduz kuni albatta dam oling, kechki uyquga ham vaqtliroq keting. Imkoniyatingiz bo'lsa, bo'lajak onalar uchun maxsus kurslarga qatnashing. Kindigingiz borgan sari kengayib yassi ko'rinishga kelmoqda. Kunduz kuni kamida 1-2 soat davomida uxlang. Oyoqlaringizni gorizontal holatda ushlang. Agar uyqusizlik sizni bezovta qilayotgan bo'lsa, uxlashdan oldin homiladorlar uchun maxsus relaksatsiya mashg'ulotlarini bajaring. Yon tomonda oyqlaringiz orasida yostiq qo'yib uxlang. Shifokor bilan maslahatlashgan holda anemiyani aniqlash, rezus- faktor yoki boshqa kerakli analizlarni topshiring. Agar siz juda ham semirib ketayotgan bo'lsangiz uglevod va yog' mahsulotlarni yeyishni kamaytiring. Homiladorlikning 32-haftasiga kelib onaning vazni ko'pi bilan 11 kgga oshganligi optimal bo'ladi. homila 32 hafta UTD Bolaning holati Bolaning uzunligi - 40 sm Og'riligi - 1700 gr Homiadorlikning oxirgi bosqichlarida bola atrofda bo'layotgan barcha tovushlarni yaxshi eshitadi. U sizning yurak urushingizni, qorindagi gazlar harakati va kindigidagi qon aylanishi tovushlarini yaxshi ajratib eshita olmoqda. Lekin barcha tovushlar ichida u o'z onasining ovozini aniq ajrata oladi. Shuning uchun u tug'ilgan zahoti o'sha ovozga talpinadi. Uning harakatlari bu haftada maksimumga yetadi. Bu haftadan boshlab ularning sifati va soni o'zgarib boradi. Endi uning vazni asosan teri osti yog' qatlamlari va mushak to'qimalari hisobiga oshmoqda. Bu haftada tug'ilgan bolalarda ko'krak emish bilan muammolar paydo bo'lishi mumkin. Bu muammo vazni 1500 kgdan kam bo'lgan boshqa bolalarga ham tegishli. Yaxshi va aktiv emish asab va mushaklarning yetukligidan dalolat beradi. Bolaning teri osti yog' to'qimalari rivojlangan sari uning qo'l va oyoqchalari semizgina ko'rinishga ega bo'lib bormoqda. Bolaning immun tizimiga asos solinmoqda: bola ona organizmidan immunoglobulinlar qabul qilib, ularga qarshi antimoddalar ishlab chiqarmoqda, ular uni tug'ilgandan so'ng dastlabki oylarida kasalliklardan himoya qilib turadilar. Bolani atrofidagi suyuqlik hajmi 1 litrga teng. Ular har 3 soatda almashib turib, bolaga nihoyatda toza muhitni ta'minlab bermoqdalar. Endi bola bir oz semirsa bo'ldi. Uning yuzlari silliqlashib, burushganligi yo'qolmoqda. Endi u yorug'lik va qorong'ulikni ajrata oladi. Bachadonda unga joy torlik qilishni boshlamoqda. manba: Uzbaby.uz | |
|
| |
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot

Reklama