00:51 Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 6 haftasi | |
Onaning holati Toksikozdan qiynalayotgan ayollar quyidagi maslahatlarga amal qilsalar, toksikoz namoyondalari kamroq bilinadi: Kun davomida tez-tez lekin oz- ozdan yeyish; Ertalabki birinchi nonushtani karavatdan turmasdan yotgan holda yeyish; Oqsilga boy mahsulotlar toksikoz alomatlarini kamaytirgani tufayli ulardan ko'roq ist'emol qilish. Shu davrda homilador ayol o'ziga juda ehtiyot bo'lishi, o'tkir harakatlar qilmasligi, sakramasligi, zinalardan yiroqroq yurish, poshnali tuflidan 9 oyga voz kechish va vannaxonada sirpanib ketishdan ehtiyot bo'lish kerak bo'ladi. Homilador ayollarda ovqatlanish tarzi butunlay o'zgarib ketishi mumkin. Birdan shirinlikka yoki sho'r mahsulotlarga talab paydo bo'lib qoladi. Yoki umuman ovqatlanishdan bosh tortadiganlar ham bo'ladi. Kimdir esa ko'p yeyishga o'tadi. Lekin shunday ayollar borki, homiladrolik davrida hech qanday o'zgarishni his qilmay xuddi oldindagidek hayot tarzini davom etadilar. Bir nima yeyishni istab qolsangiz, uni imkon qadar topib yeb olganingiz lozim. Agar u foydasiz shirinlik, shokolad, pivo kabi mahsulot bo'lsa, u holda ularning o'rnini bosuvchi va shu bilan birga sizni ehtiyojingizni qondirib bolani salomatligiga zarar bermaydigan boshqa mahsulotlar bilan almashtiring. Masalan shakar o'rniga shirali mevalar yoki quruq mevalar yeyish foydali bo'ladi. Bolaning holati Bolaning bosh va orqa miyasi shakllanmoqda. Ko'z chano'gi vujudga kelmoqda. Embrion kichik chig'anoq shakliga ega. Ichki organlar rovojlanishining ilk bosqichlari boshlanmoqda: ichak, jigar, siydik yo'llari, buyraklar. Yurak va miya rivojlanishda davom etishmoqda. Intensiv ravishda yo'ldosh rivojlanmoqda. Aynan u kelajakda homilaning nafas olishi, ovqatlanishi, himoyasi va gormon ishlab chiqarilishi uchun mas'ul bo'ladi. Homilaning uzunligi 4-6 mm. manba: Uzbaby.uz | |
|
| |
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot

Reklama