00:56 Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 2 haftasi | |
Bu haftada ayol tuxumdonida ovulyatsiyaga tayyorlanish avj olmoqda. Haftaning oxiriga kelib tuxumdonda tuxum hujayralari vujudga kelib bachadon yo'llariga tushish va erkak spermatozoidlari bilan uchrashish ehtimoli bor. Ovulyatsiya bo'lganini dorixonada sotadigan maxsus ovulyatsiya testlari yordamida aniqlasa bo'ladi. Undan tashqari hayz kelgan kunidan boshlab 2 hafta oldinga sanab ovulyatsiya davrini tahminan hisoblasa bo'ladi. Aynan shu kunlarda ayol tuxum hujayrasi urug'lanishga tayyor bo'ladi. Ayol tuxum hujayralari 1-2 kun davomida aktiv holatda bo'ladi. Erkak spermatozoidlari esa 3-4 kun davomida urug'lantirish qobiliyatini saqlab tura oladilar. Shunga homilador bo'lish uchun jinsiy aloqani tahminan ovulyatsiyadan 1 kun oldin yoki ovulyatsiya kuni yoki undan 2 kun o'tmasdan amalga oshirish lozim. Shunda spermatozoidlar ayol tuxum hujayralarini uchratish ehtimoli eng katta bo'ladi. Shu hafta davomida erkak sog'lom hayot tarzida yashamog'i maqsadga muvofiq bo'ladi. Alkogol, chekish, zararli gazlar kabilardan yiroqda bo'lib, yaxshi ovqatlanib yurishi lozim. Ayolni urug'lantirish kunidan oldin spermatoizoidlarning sonini oshirish maqsadida 2-3 kun davomida jinsiy aloqada bo'lmaslik tavsiya qilinadi. Ayol tuxum hujayrasi X xromosomalaridan iborat bo'lib, erkak spermatozoidlari X yoki Y xromosomaga ega. Agar urug'lanayotganda ayol tuxum hujayrasini erkakning X xromosomali spermatozoidi urug'lantirsa, u holda qiz tug'iladi, agar Y xrmosomali spermotozoid urug'lantirsa, unda o'g'il tug'iladi manba: Uzbaby.uz | |
|
| |
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot

Reklama