00:57 Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 1 haftasi | |
Aslida homila hali vujudga kelmagan bu davrni ham ginekologlar homiladorlik davri deb atashadi. Bu davr ayolning homiladorlikkacha bo'lgan oxirgi hayz ko'rishining birinchi kunidan boshlab hisobga olinadi. Aynan shu kundan boshlab ayol tuxumdonida tuxum hujayrasi bo'lajak urug'lanishga tayyorlanib rivojlanishni boshlaydi. Homiladorlik alomatlari namoyon bo'lishi mumkin. Homilador bo'lishni rejalashtirayotgan ayol homilarodlikdan 3 oy oldin butunlay sog'lom hayot tarzida yashashi lozim. Alkogol ichimliklar va dori qabul qilmaslik tavsiya qilinadi. Majburiyat tug'ilganda ba'zi dorilarni shifokor bilan maslahatlashgan holda ichish mumkin, lekin noma'qul. Agar oilangiz a'zolaridan biri tug'ma kasallikka chalingan bo'lsa, ayrim kasalliklar homiladorlikka yoki homilaga ta'sir ko'rsatishi sababli bu haqda kelajakda sizni nazorat qiladigan ginekologga xabar berish kerak. Ushbu davrda stress, jismoniy zo'riqish va asabiylashishdan xoli bo'ling. Imkon qadar ko'proq meva va sabzavotlardan iste'mol qilib, toza havoda ko'p vaqt o'tkazishni odat qilishni boshlang. manba: Uzbaby.uz | |
|
| |
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot

Reklama