00:16
Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 31 haftasi

Onaning holati
Homiladorlikning oxirgi oylarida
beldagi og'riqlardan afsuski
qutulib bo'lmaydi. Buning sababi
bel mushaklarining bo'lajak
tug'ish jarayoniga tayyorgarlik
ko'rib hozir bo'shashganidir.
Oyoqlarda tomirlarning kengayishi
ham hozirgi davrga kelib ko'p
uchraydigan holat.
Undan tashqari jig'ildoq qaynashi
sizni tobora ko'proq bezovta qilib
kelishi mumkin. Hozir sizning
organizmingiz relaksin gormoni
ishlab chiqarilmoqda. Aynan shu
gormon toz suyak va mushaklarini
bo'shatib, tug'ish jarayoniga
tayyorlamoqda. Ba'zi ayollarning
yurishi o'rdakka oxshab qolgani
ham shundan.
Lekin shunday ayollar borki ular,
bel og'rishi, tozdagi og'riqlar,
yurishning o'zgarishini boshdan
kechirmaydilar. Bu degani
organizm tug'ish jarayoniga
tayyorgarlik ko'rmayapti degani
emas. Bunga har xil faktorlar ta'sir
qiladi, masalan, ayolning jismoniy
holati va tayyorgarligi, irsiyati va
boshqalar.
Homiladorlikning 31-haftasiga
kelib ayolning umumiy vazni
o'rtacha 8.6 kgga oshgan bo'ladi.
Bu og'rilik bola, yo'ldosh, homila
oldi suvlari, kattalashgan
bachadonning og'riligidan bo'lib,
undan tashari organizmda qon
miqdorining, yog' qatlamlarining
va suv miqdorining oshganligi
hisobiga yig'ilgan.
Shu muddatda homilador ayol
shifokor huzurida 2 haftada bir
marta bo'lishi tavsiya etiladi.
Kechki toksikoz alomatlariga
ahamiyatli bo'ling. Ular oyoq va
qo'l shishi va vazning keskin oshib
borishidir.
Imkon qadar sho'r, dudlangan va
achchiq mahsulotlarni yeyish
rasioningizdan chiqarib tashlang.
Agar sizni o'tkir bosh og'riqlari,
ko'z oldi jimirlashi, talvasa bezovta
qilsa, tezda shiforkorga bu haqda
xabar bering. Bu homiladorlik
davrida yuz berishi mumkin
bo'lgan eklampsiya kasalligi
alomatlari bo'lishi mumkin.
Bolaning holati
Bolaning uzunligi 38-39 sm
Og'irligi - 1500 gr
Agar bola shu hafta tug'ilib qolsa,
uning yashab ketish imkoniyati
ancha yuqori. Chunki uning o'pka
faoliyati yetarlicha shakllangan.
Bundan oldin ham ular
shakllangan bo'lishiga qaramay,
bola hali mustaqil nafas ololmas
edi. Endi uning o'pkasida
surfaktant moddasi yaxshi ishlab
chiqilmoqda. Ushbu modda
yordamida o'pka devorlari bir-
birga yopishmay, bolaga bemalol
nafas olishga imkoniyat yaratadi.
Hozir bachadonga qon tizimi
bo'ylab 500 ml ga yaqin qon
aylanmoqda. Bachadon o'z
navbatida yo'ldoshning kapillyar
tizimi bilan bevosita bo'gliq. Bu
tizim bola organizmidagi qon
aylanishiga javob beradi. Sizning
qonigniz hech qachon bola qoni
bilan aralashib ketmaydi. Ularning
orasida yo'ldosh baryer bo'lib
turib, u orqali suv va ozuqa
moddalari va hayot faoliyati
chiqindilari 1 soniyaga 10ml tezligi
bilan almashinadi.
Undan tashqari bola homila oldi
suvlarini yutib siydik qilib chiqarib
yubormoqda.
Bolaning teri osti yog'
qatlamlarining ko'paygani tufayli
endi uning teri qizil emas
pushtiroq rangda bo'ladi.

manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 4802 | Добавил: XakkeR_Kg | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Qaysi bo'limlarni sevib mutolaa qilasiz ?
Всего ответов: 11
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama