00:16 Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 30 haftasi | |
Onaning holati Homiladorlikning 28-32-hafta oralig'iga bolaga hali ham vitaminlar, minerallar va foydali ozuqalar juda kerak. Bularning barchasini onaning organizmi ta'minlab beradi. Tug'ishdan oldin ko'proq dam olish kerakligi haqida unutmang. Uyda remont, katta o'zgarishlar, ko'chish kabi tashvishlarni boshlamang. Albatta, ertalabdan kechgacha uxlash kerak emas. Bo'lajak ona harakatda bo'lishi kerak, lekin qattiq charchov ham foydali bo'lmaydi. Undan ko'ra toza havoda aylanib, homiladorlar uchun maxsus jismoniy mashg'ulotlardan qilishingiz bolaga ham, bo'lajak tug'ishga ham foydali bo'ladi. Ko'p ayollarni qorinda gazlar yig'ilishi bezovta qilishi mumkin. Bunday holat yuz bermasligi uchun uzum, karam, no'xat, boshqa dukkakli mahsulotlar, oq non va shirinliklardan yemaslik kerak. Lekin sizga va bolajoningizgan har kuni ertalab 100-200 gramm qirg'ichdan chiqarilgan sabzi bilan olmaga smetana qo'shib yeyishingiz juda ham yoqimli bo'ladi. Qatiq va quruq mevalar sharbati ham juda foydali bo'ladi. Homiladorlikning 3-trimestrida ichni bo'shatadiga dorilardan aslo ichmang. Ular bachadon qisqarishini va tug'ruq boshlanib ketishini qo'zg'atib yurborishi mumkin. Odatda bola homiladorlikning 32- haftasiga kelib bachadon ichida qin tomonga boshi bilan qaragan holda joylashib oladi. Agar bugunga qadar bola hali ham qin tomon tozi va dumbasi bilan joylashgan bo'lsa, u holda siz quyidagi mashg'ulotlarni amalga oshirsangiz tug'ish muddati kelguncha bola bachadonda qin tomon ag'darilib olishiga yordam berasiz: 1. Yoqimli klassik musiqani qo'yib naushnikni o'z qiningiz tomonga joylashtiring. Bola musiqani eshitish maqsadida boshi bilan pastga ag'darilib oladi. 2. Bola bilan har kuni mehr bilan gaplashib undan ag'darilib olishini iltimos qiling. Siz uni naqadar yaxshi ko'rishingizni, uning ag'darilishi siz va uning salomatligi uchun juda muhimligini aytib yuring. 3. Ginekologdan bolani ag'darilishiga ta'sir qiluvchi maxsus mashg'ulotlar haqida so'rang. 4. Bola boshi bilan pastga ag'darilib olsa, o'sha kundan maxsus bandaj taqib yuring. Shunda bola yana oldingi holatiga qaytmaydi. Uchinchi trmestrda belda uxlash tavsiya etilmaydi. Bachadon orqasida tomir joylashgan bo'lib, bu tomir orqali qon pastdan yurak tomon ko'tariladi. Shuning uchun, belda yotganingiz o'sha tomirni siqish natijasida qon bosimingiz pasayib ketishi yoki hushdan ketishingiz yuz berishi mumkin. Undan tashqari tomir bosilishi natijasida ayolning nafas olishi tezlashishi, bosh aylanishi, terlashi va yurak urushi tezlanishi namoyon bo'lishi mumkin. Buni oldini olish maqsadida biqiningizda uxlashga odatlaning. Uzoq vaqt mobaynida orqa tomirning siqilishi natijasida bachadon bo'ylab qon aylanish darajasi pasayadi, natijada bola qon va qondagi ozuqa moddalar bilan yetarlicha ta'minlanmaydi. Tug'ishga hali vaqt ko'pligiga qaramay, hozirdan tug'ruqxonalar haqida ma'lumot yig'ishni va qaysi ginekologda tug'ish haqida qaror qabul qilishni boshlashingiz kerak. Bolaning holati Bolaning uzunligi 37.5 sm Og'irligi - 1300-1400 gr Bola sizni borgan sari yaxshiroq tushuna olmoqda. Siz qorningiz silaganini his etadi. Bola endi o'z o'pkalari to'g'ri nafas olishni mashq qildirmoqda. Ko'krak qismini yuqoriga ko'tarib ba'zida amniotik suyuqlikni yutib yuboradi. Shunda hikichok tortishini siz sezib qolasiz. Shu muddatga kelib bola teri osti yog'larga yetarlicha qoplangan bo'lib, endi u tug'ilib qolishi xavfli emas. Bizga bachadon go'yo qorong'i joydek tuyuladi. Lekin bachadon ichidagi yorug'lik onaning atrof muhitidagi yoruqlikka bog'liq. Endi siz bolaning uyquda bo'lish va uyg'oq bo'lish vaqtini aniqroq bilasiz. Negadir aynan siz uxlamoqchi bo'lgan payti uning aktivlashgani seziladi. U tug'ilgandan keyin bu uyqulik va uyqusizlik vaqtlari o'zgarishi mumkin. Uning harakatlari juda ko'p: u yuzini bujmaytiradi, musht ushlaydi, oyoq va qo'llarini ko'p qimirlatadi. Agar uning onasi chekadiganlar orasida yoki yomon kayfiyatda bo'lsa u buni sezib o'zini boshqacha namoyon qila boshlaydi: uning tepinishlari kuchliroq va keskinroq bo'ladi. manba: Uzbaby.uz | |
|
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot
Reklama