00:18
Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 29 haftasi

Onaning holati
Bu davrga kelib ko'pchilik ayollar
ko'kragidan birinchi suyuqlik -
og'iz suti ajralishi boshlanadi.
Og'iz suti bolangizning birinchi
ozuqasidir. U asosiy sut
ajralishidan oldin kelib bola uchun
juda foydali hisoblanadi.
Asosiy sut bola tug'ilishidan
so'ng 2-3 kundan keyin keladi.
Endi sizning bachadoningiz
yanada kattalashgan bo'lib, u
qorin bo'shlig'i organlari, o'pka va
siydik pufagiga bosim bermoqda.
Natijada siz tez-tez siydik
qistashini sezasiz va harsillash
paydo bo'ladi.
Bola, bachadon va sizning
qorningiz kattalashgani tufayli
huddi ichingiz to'lib ketgandek
o'zingizni his qilasiz.
Uchinchi trimestr noqulayliklarini
yengillash uchun:
qulay holatda bo'ling;
sog'lom ovqatlaning;
shifokor tavsiyasi bilan
homiladorlar uchun maxsus
gimnastika yoki yoga
mashg'ulotlarini qiling;
ko'p dam oling va uxlang.
Bolaning holati
Bolaning uzunligi - 36-37 sm
Og'irligi - 1150-1160 gr
Ko'kragingizdagi sut paydo
bo'lishiga bola ham bevosita ta'sir
ko'rsatmoqda.
Bolaning buyrak usti bezlari
androgen (erkak jinsiy
gormonlariga o'xshash)ga
o'xshash moddalarni ishlab
chiqarmoqda. Ular bolaning qon
tizimi bo'ylab harakatlanib,
yo'ldoshga yetgach estrogenga
(estriol shaklida) aylanmoqda.
Tadqiqotlarning ko'rsatishicha,
aynan shu gormon sizning
organizmingizda sut paydo
bo'lishini ta'minlovchi prolaktinni
ishlab chiqishini qo'zg'atadi.
Bola tug'ilishga tayyorgarlik
ko'rish bilan ovora. Bola o'z tana
haroratini maromda ushlab
turishni o'rganmoqda. Uning
suyak miyasi qondagi qizil
moddalarni ishlab chiqarishga
mas'ul.
Bola bir sutkada amniotik
suyuqlikka 0.5 litr miqdorida
siydik ajratmoqda.
Uning harakatlari bu haftadan
boshlab o'zgarib boradi. Agar
oldin siz uning bachadondan
aylanib, ag'darilishini sezgan
bo'lsangiz, endi unga bachadonda
borgan sari joy kamayishi tufayli
uning qo'l va oyoqlarini harakatini
sezasiz xolos. Ba'zida uning tirsagi
yoki tizzasi qorningizdan chiqib
qolganini ham ko'rib qolishingiz
mumkin bo'ladi.

manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 4791 | Добавил: XakkeR_Kg | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Сайтга Кунда Неча Бор Кирасиз ???
Всего ответов: 88
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama