00:19 Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 28 haftasi | |
Onaning holati Endi siz ginekolog huzurida kamida 2 haftada bir marta bo'lishinigiz talab etiladi. Aynan shu haftada siz bir qator analizlar topshirasiz. Analizlar ichiga qondagi temir moddasining miqdori va glyukoza testi kiradi. Agar siz manfiy rezusli qonga ega bo'lsangiz, antimoddalar testini amalga oshirish tavsiya etiladi. Bu test yordamida sizning qoningizda bolaning qoniga nisbatan antimoddalar borligi yo yo'qligi aniqlanadi. Antimoddalar mavjudligi bolaning salomatligiga, shuningdek hozirgi va keyingi homiladorlik kechishiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Qaddingizni rostlab yurish haqida unutmang. Ko'krak tomirlari tobora ko'rinib bormoqda. Bachadon yuqori qismi ko'krak va kindik orasida joylashgan. Ko'krakdan sutga o'xshash suyuqlik ajralishi mumkin, lekin sizda bunday holat yuz bermasa xavotir olmang, Tuqqaningizdan keyin u albatta keladi. Suyuqlikning vaqtli yoki kech ajralishi kelgusida ko'krak suti miqdoriga hech qanday aloqasi yo'q. Qorin, toz va bo'ksalaringiz yog' bilan qoplanishi mumkin. Sizni jig'ildoq qaynashi ko'poq bezovta qilishi mumkin. Kunduzi albatta dam oling. Kechki uyquga vaqtliroq keting. Ishlayotgan bo'lsangiz, uzoq vaqt bir holatda o'tirmang, o'tirganigizda esa oyoqlaringiz tagiga 50-60 sm buyumni qo'yib o'tiring. Homiladorlikning 6-oyidan keyin qorin juda qichishadi. Qorinni qichimang, homiladorlar uchun terini namlatuvchi maxsus kremlardan surib yuring. Bu kremlar qichimani kamaytiradi. Endi uzoq vaqt tikka turmaslikka harakat qiling. Bu holat bolaga, homiladorlikka xavf keltiradi va beldagi og'riqlar, oyoqdagi tomirlarning varikoz kengayishiga sabab bo'ladi. Homiladorlikning 28-haftasiga kelib onaning vazni oshishining optimal ko'rsatkichi 9 kg. homila 28 hafta UTD Bolaning holati Bolaning uzunligi 35 sm Og'irligi - 1000 gr Endi bola barcha hissiyotlarga ega: eshitish, ko'rish, ta'm bilish, sezish (bu maxsus tadqiqotlar orqali aniqlangan). Uning terisi tobora qalinlashib yangi tug'ilgan chaqaloqning teriga tobora o'xshab bormoqda. Yetti oylik homila haqiqiy chaqaloqdek og'riqni his eta oladi. Uning kipriklari qalinlashib uzunlashmoqda. Agar siz o'g'il kutayotgan bo'lsangiz, uning tuxumlari bu haftada tuxumdonga tushadi. Bolaning bachadonda harakatlarini aktivlanishiga quyidagilar ta'sir qiladi: onaning tinch holatda bo'lganida, dam olayotganida bola qimirlashi ko'payadi; qondagi glyukoza miqdori oshishi bolani aktivlashtiradi. Agar ayol bolasining qimirlashini sezmoqchi bo'lsa, kichik shokolad yeb olishi kerak. Bola o'sha zahoti o'zi haqida xabar beradi. onaning asabiylashishi yoki stressda bo'lishi, onaning qonida adrenali miqdorini ortishi natijasida bola qorinda aktivlashadi. Bolaning qimirlashi eng ko'p 24-28 haftada seziladi. 28-32 hafta oralig'ida uning qimirlash miqdori, davomiyligi va muddatlari aniqroq bo'ladi. Bolaning qimirlashi kelajakda uning temperamenti haqida ham dalolat berishi mumkin. 28-haftadan boshlab siz kuniga ikki mahal, ertalab va kechqurun bolaning qimirlashiga amin bo'lib yurishingiz kerak. Agar bola sizga og'riq keltirish darajasida tepinsa xavotir olmang. U yetarlicha rivojlangan va kuchliroq bo'lgani uchun shunday bo'lyapti. Og'riqqa chidashingiz kerak bo'ladi. Lekin tepinishi hech to'xtamsa, u holda holatingizni o'zgartirishga, qorningizni silab, mehr bilan bolangizga unday qilmasligini aytib ko'ring. U tepinishlarini to'xtatadi. manba: Uzbaby.uz | |
|
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot
Reklama