00:22 Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 27 haftasi | |
Onaning holati Homiladorlikning oxirgi oylarida ayol qonidagi xolesterin darajasi ko'payadi. Xolesterin yo'ldoshni rivojlanishida muhim modda bo'lib, uning yordamida yo'ldosh ba'zi gormonlarni ishlab chiqaradi. Bu gormonlar ko'krak bezini rivojlanishiga, bachadon mushaklarini kuchlanishidan saqlashga yordam beradi. Endi 3-trimestr boshlandi. Vazningiz borgan sari ortib bormoqda. Lekin vazningiz faqat sizning semirganingiz uchun emas, balki homila oldi suvlari va qon miqdorining ko'paygani, ko'krak kattalashgani, homilaning o'sishi va yo'ldoshning og'irligidan ko'paygan. Homiladorlik davomida qonning umumiy hajmi 30-50% oshadi. Semirib ketishdan qo'rqib aslo dieta tutmang. Dieta bolaga va homiladorlikni sog'lom kechishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Ayolning ko'krak massasi o'rtacha 200 grammga teng, homilador ayollarda esa u 780 grammga boradi. Bolaning holati Bolaning uzunligi - 34 sm Og'irligi - 900 gr Shu va undan keyingi haftada tug'ilgan bolaning yashab ketish ehtimoli 85%ni tashkil etadi. U endi yashash qobiliyatiga ega. Lekin uning to'liq rivojlanishiga hali kamida 11 hafta bor. Ungacha tug'ilib qolgan bolani saqlash uchun ko'plab muammolar yuzaga keladi. Bu muddatda bolaning yog' qatlamlari yetarlicha bo'lmagani tufayli u tana haroratini ushlay olmaydi, shuning uchun u maxsus boksda saqlanadi. Uning o'pkasi rivojlanmaganligi tufayli bola nafas olish apparatiga bog'langan bo'ladi. Uning jigari juda zaif, miyasi yaxshi rivojlanmagan, undan tashqari immun tizimi bo'shligi tufayli bola infeksiya yuqtirib olishga moyilligi katta bo'ladi. Bolaning ko'rinishi ozg'in va kichik bo'lishiga qaramay u aynan tug'ilganda bo'ladigan ko'rinishga ega. Bola amniotik suyuqlikda suzayotgani tufayli uning terisi burushgan bo'lib, ushbu burushganlik tug'ilgandan so'ng bir necha haftalardan keyin o'tib ketadi. Bola ota-ona ovozini juda yaxshi ajrata olayotgani uchun doim yaxshi kayfiyatda, mayin ovozda suhbatlashing. Endi u butun bachadonni to'ldirib joylashgan. Lekin hali ham holatini o'zgartirib turishi mumkin. Uning butun badani momiq tuklar bilan qoplangan bo'lib, oyoqlari ko'kragiga qadar bukilib turibdi. U kulishni va xafa bo'lishni biladi. Agar onasi chekayotganlar orasida bo'lsa u juda qiynaladi. manba: Uzbaby.uz | |
|
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot
Reklama