00:24 Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 25 haftasi | |
Onaning holati Sizning bachadoningiz razmeri futbol koptogiga teng desak bo'ladi. U sizning oshqozoningizga bosim bermoqda. Bu faktor oshqozon faoliyatini sekinkashtiruvchi progesteron gormonining ta'siri bilan birga oshqozon safrosi yuqoriga qizilo'ngach tomon chiqishini keltiradi. Natijada jig'ildoq qaynashi kuzatiladi, ayniqsa ko'p ovqatanishdan keyin bu keskin namoyon bo'ladi. Endi shifokor huzuriga ko'proq borishingizga to'g'ri keladi. Yigirma beshinchi haftaga kelib bachadon, norma bo'yicha jinsiy a'zolardan 25 sm balandlikda joylashgan bo'ladi. Bu eng oddiy o'lchov bo'lib, bolaning normal rivojlanishini ko'rsatib beradi. Bolaning holati Homilaning uzunligi 31 sm Og'riligi 700-709 gr Bolaning yurak urushini maxsus spetoskopda bemalol eshitsa bo'ladi. Bundan tashqari xonada jimjitlik bo'lib, eringiz qorningizga quloq tutsa ham, yurak urushini eshitish mumkin. Bolaning jinsi endi aniq namoyon bo'ladi. O'g'il bolalarda tuxumi pastga tushmoqda, qizlarda esa, qin shakllanmoqda. Bolaning barmoqlari musht ushlashni o'rgandi. Hozirdan bola o'ng yoki chap qo'liga ko'proq e'tibor qiladi, bu esa uning chapaqay yoki o'npaqay bo'lishiga asos bo'ladi. Ushbu muddatga kelib bolaning uxlash va uyqusiz bo'lish davrlari shakllanib keldi. Ko'pincha aynan onaning uyqiga ketish vaqtida bola juda aktiv bo'lib, sizni o'z tepinishlari bilan uxlatmaydi. Endi u hatto oyoqlarini ham ushlab olishi mumkin. Uning suyaklari o'sishda davom etmoqda. Uning o'pkasida o'zgarishlar ko'paymoqda. Endi ularning nafas olishda yopishib qolmasligini ta'minlovchi modda - surfaktant ni ishlab chiqaruvchi hujayralar miqdori ko'paymoqda. Aynan surfaktantning yetarliligi bolaning tashqi muhitda nafas olishini ta'minlab beradi. Bola atrofidagi amniotik suyuqlik miqdori taxminan 700 ml ni tashkil qilmoqda. Uning suyak miyasi keskin rivojlanib bormoqda, endi u qon yaratuvchi asosiy organga aylanmoqda. manba: Uzbaby.uz | |
|
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot
Reklama