00:25
Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 24 haftasi

Onaning holati
Vazningiz tobora oshib
bormoqda. Natijada esa, bosh
og'riqlari, oyoqqa og'irlik va
umumiy holsizlanish ham ko'payib
kelmoqda. Shuning uchun
yotganingizda oyoqlaringiz
tanangizdan doim balandroqda
bo'lishiga ahamiyat bering.
Ko'pchilikda 5-oy homiladorlikning
eng yaxshi oyidir. Siz juda ochilib
ketgan ko'rinib, o'zingizni
baxtiyor his etasiz.
Agar shu paytgacha siz asta-
sekinlik bilan semirib kelgan
bo'lsangiz, endi vazningiz bundan
ham tezroq ko'payadi.
Qo'l va yelkalaringizning biroz
shishganligi organizmda suv
miqdori qolib ketganligi
natijasidir. Homiladorlikdan so'ng
u o'tib ketadi. Yuzingiz ham biroz
shishgan bo'lib, ko'krak uchi
cho'chchaymoqda. Qorin esa
borgan sari kattalashmoqda.
Bachadonning yuqori qismi
kindikdan yuqorida joylashgan.
Endi siz bolangiz uxlayotganini
yoki o'ynab yotganligini bemalol
his qila olasiz.
Yoz faslida yetarlicha suv ichishga
harakat qiling. Organizmning
suvsizlanishi muddatidan oldin
tug'luqlarni chaqirishi mumkin.
Shu davrga kelib sizning
terlashingiz kuchayadi. Shuning
uchun sintetik kiyimlardan voz
keching.
Ko'proq dam olishga o'rganing.
Shifokor bilan maslahatlashgan
holda maxsus gimnastika yoga
yoki nafas olish mashg'ulotlarini
amalga oshiring.
Agar quyidagi alomatlardan birini
his etsangiz, zudlik bilan Tez
yordamni chaqiring:
- qorningiz 1 soat ichida kamida 5
marotaba qizqarishi;
- qindan qon chiqishi;
- qo'l va yuzning keskin shishib
borishi;
- siyish jarayonida og'riqlar;
- qorinda kuchli yoki uzoq davom
etadiga og'riq;
- o'tkir yoki to'xtamaydigan
qusish;
- qindan suyuqlik ajralishi;
- belning qattiq og'rishi;
- najas qilishga undovchi toz
qismidagi hissiyotlar.
Homiladorlikning 24-haftasiga
kelib sizning vazningiz 4.5 kgdan
ortiq oshmagan bo'lsa, bu eng
optimal holat.
Brekston Xiks tug'luqlari namoyon
bo'lib turishi mumkin. Ularning
davomiyligi 1-2 daqiqadan
ortmaydi. Bu tug'luqlarning
haqiqiy tug'luqlardan farqi
shundaki, ular kun mobaynida bir
ikki marta bo'ladi xolos. Haqiqiay
tug'luqlar esa kun mobaynida bir
necha bor ma'lum bir interval
bilan takrorlanadi.
Agar sizda takrorlanuvchi
tug'luqlar namoyon bo'layotgan
bo'lsa, tezda shifoxonaga boring,
u yerda maxsus apparat orqali
haqiqiy tug'luqmi yoqmi aniqlab,
bola muddatidan oldin tug'ilishini
oldini olish maqsadida kerakli
muolajalar qilinadi.
Bolaning holati
Homilaning uzunligi 29-30 sm
Og'irligi 590-595 gramm
Bolaning yuzi shakllanib bo'ldi
desak bo'ladi. Endi uning yuz
ko'rinishi aynan tug'ilganida
bo'ladigan ko'rinishga ega.
Bola kattalashgani uchun
bachadonda bir oz siqilib qolgan
va harakatlari oldinchalik har
tomonlama emas. U borgan sari
tashqi muhitga ko'proq quloq
solmoqda. Agar siz cho'chib
ketsangiz, bola ham cho'chiydi.
Tadqiqotlarning ko'rsatishicha,
bola cho'chish va xavotirlik
holatda bir necha soatgacha
qolishi mumkin ekan.
Uning teri osti yog'lari ko'payib
kelmoqda. Bu yog'lar bolaning
tug'ilishidan keyin tana haroratini
maromda ushlab turishni
ta'minlaydi. Shuning uchun
muddatidan avval tug'ilgan
chaqaloqlarning tana haroratini
bir maromda bo'lishi juda katta
muammo bo'lib, g'amho'rlik va
kerakli ahamiyat yordamida uning
hayotini saqlab qolish imkoniyati
bo'ladi. Bunday bolalar maxsus
ko'rikda bir necha haftalar
davomida bo'lishi kerak bo'ladi.
Odatda bola muddatidan oldin
tug'ilib qolsa, uning shifoxonada
bo'lish muddati tug'ilishining
haqiqiy muddati kelguniga qadar
belgilanadi. Ya'ni, bola 26-28
haftalarda tug'ilib qolsa, u holda u
12 hafta davomida shifoxonada
maxsus ko'rik ostida bo'ladi. Shu
vaqt ichida uning yog' bezlari
faoliyatini boshlab, o'pkasi yetiladi.
O'pka ichida u nafas olish
jarayonida devorlari yopishib
qolmasligini ta'minlovchi maxsus
plyonka paydo bo'ladi. Agar bola
shu davrda tug'ilib qolib, unga
kerakli qarov berilsa, uning yashab
ketish ehtimoli bor. Muddatidan
oldin tug'ilgan chaqaloqlarning
asosiy muammosi ularning o'pkasi
rivojlanmaganligidir. Shuning
uchun ularga steroidlar berilib
o'pkasini sun'iy rivojlantirishadi.
Endi bolaning jahli chiqishi ham
mumkin. Buni ultra tovushli
diagnostikada namoyon bo'lgan
ko'zlari ko'rsatadi. Aytancha, endi
u uyquga ketib tush ko'rishi ham
mumkin!
Badanida yog' qatlamlarining
yo'qligi tufayli u juda ozg'in.
Terisida esa yog' bezlari vujudga
kelmoqda. Bolaning qo'l va oyoq
mushaklari juda yaxshi
rivojlangan. Bolaning aktiv holati
uning tinch bo'lgan holati bilan
almashib turibdi. Ichingizda yengil
tepinish sezilsa, demak bola
yo'taldi yoki hichiqoq tortdi.
Uning teri qalinlashib bormoqda.
Ko'zlari esa kattadek tuyuladi.
Homiladorlikning 6-oyining
yakuniga kelib bolaning miyasi
100 grammni tashkil qiladi.
Bolaga kislorod onadan qon orqali
keladi. U nafas olish harakatlarini
qilgani bilan haqiqiy nafas
olmaydi. Amniotik suyuqlikni
arzimagan miqdori o'pkaga
tushadi, lekin buning hech qanday
zarari yo'q. Bunday harakatlar
bolaning miyasidagi nafas olish
markazi rivojlanganligidan dalolat
beradi.
Mazkur markazning vaqtida
rivojlanishi onaning sog'lom hayot
tarzida yashashiga bog'liq bo'ladi.
Agar bo'lajak ona ko'p dam olib,
toza havoda ko'p vaqt o'tkazib,
yetarlicha uxlasa demak hammasi
yaxshi rivojlanmoqda. Lekin agar
ona alkogol, nikotin, lak, kraska,
kraska eritgichi kabi moddalarni
ona tez-tez nafas olib tursa,
bolaning markaziy asab tizimi
buziladi va nafas olish markazi
faoliyati orqada qolishi mumkin.

manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 5739 | Добавил: XakkeR_Kg | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytda sizga nimalar yoqmaydi ?
Всего ответов: 1
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama