00:26
Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 23 haftasi

Onaning holati
Homiladorlikning shu davridan
boshlab Brekston-Xiks tug'luqlari
boshlanishi mumkin. Ular
to'satdan vujudga keladigan qisqa
muddatli bachadondagi og'riq
sifatida namoyon bo'ladi. Bu
tug'luqlar bir necha soniya davom
etib, bachadonni asta sekin
kutilayotgan tug'ish jarayoniga
tayyorlaydilar.
Homiladorlik rivojlangan sari bu
tug'luqlar ham kuchayib boradi.
Faqat ularni haqiqiy tug'ish
tug'luqlari bilan adashtirib
yubormang.
Ginekolog huzurida
bo'lganingizda shifokor
qorningizni ushlab ko'rib bolaning
joylashishini aniqlay oladi, undan
tashqari maxsus o'lchagich orqali
bolaning taxminiy o'lchovlarini
aytib berishi mumkin. Ba'zi ayollar
qorni juda kichikligidan yoki,
aksincha, kattaligidan xavotirda
bo'ladilar. Bunga aslo o'rin yo'q,
chunki har bir ayolning jismoniy
tuzilishi har xil bo'lgani uchun
qorin shakli ham hammada har xil
bo'lishi mumkin.
Ba'zida homilador ayol qorindan
og'riqlar his etishi mumkin. Bu
og'riqlar bachadonni ushlab
turuvchi mushaklarning
cho'zilishidan namoyon bo'lishi
mumkin.
Ko'pincha shu davr atrofida
sizning sochlaringiz qalinlashib,
kuchlanishini sezishingiz mumkin
bo'ladi. Bunga qo'shimcha
ravishda kutilmaganda sizning
qorin, son, yuz va yelkalaringizda
ham soch o'sishini ko'rib hayron
qolishingzi mumkin. Buning
sababi qon aylanishining
tezlashishi tufayli ayol organizmi
foydali moddalar bilan to'liq
ta'minlanishidir. Sizni hayron
qilayotgan bu keraksiz sochlar
homiladorlikdan so'ng yo'qolib
ketishi kerak.
Arzimas qorin o'grishi bu davrda
tez-tez kuzatilishi mumkin, lekin
unga qo'shimcha ravishda
mazangiz bo'lmay, holsizlanib,
hushdan ketish, tana harorati
ko'tarilishi, qindan ko'p miqdorda
suyuqlik ajralishi yoki boshqa sizni
havotirga solayotgan holatlar
vujudga kelsa, tezda shifokoringiz
bilan bog'laning.
Ba'zi homilador ayollarda yuziga
dog' tushishi mumkin. Buning
sababi quyidagilardir:
quyoshdan kuyish (toza havoga
chiqqaningizda har doim quyosh
nurlaridan himoya qiluvchi
kremlardan foydalaning yoki yuzni
himoyalovchi shlyapa taqib
yuring);
organizmga foliy kislotasini
yetishmovchiligi (ovqatlanish
ratsioningizda sabzavotlar,
apelsin, suli yormasi va bug'doy
nonlari bo'lishi zarur);
ishqalanish (masalan, sonlarning
ichki tomonidagi dog'lar sababi).
Havotir olmang, bu dog'larning
barchasi homiladorlikdan so'ng
o'tib ketadi.
Bolaning holati
Homilaning uzunligi 30 sm
atrofida og'irligi 500-510 gramm.
Bola yog' yig'ishni tez sur'at bilan
amalga oshirishiga qaramay uning
yuzlari hali ham qizg'ish rang
bo'lib juda burushgan. Buning
sababi teri qatlamining yog'
qatlamiga qaraganda tezroq
shakllanishidadir.
Yuzining qizg'ishligi esa terini
shaffofligini kamaytirish uchun
paydo bo'lgan pigmentlar
natijasidir.
Bola borgan sari ko'proq
harakatlarini bildirmoqda. Endi
sizni sekingina ichingizdan itarib
qo'yishi ham mumkin. Ultra
tovushli diagnostika orqali bolani
qorin ichida qimirlab, kindik yo'lini
ushlab, homila pufagini oyoqlari
bilan tepib qo'yishini nazorat qilsa
bo'ladi. Bu hozir uning butun
olamidir.
Bola amniotik suyuqlikni yutishni
davom etib, undagi namlik va
qandni hazm qilmoqda. Yo'ldosh
va kindik orqali keladigan
ozuqaga bu ham qo'shimcha
ozuqadir. Ba'zida bolaning
suyuqlik ichishining natijasida
hiqichoq tutishini his etishingiz
mumkin bo'ladi.
Pigmentatsiya natijasida uning
qo'l va oyoqlari pushti-qizg'ish
rangga ega. Agar oldin u qo'lini
og'ziga tiqqan bo'lsa, hozirda uni
bemalol so'rishni o'rgandi. Bola
o'sishda davom etib tug'ilishga
tayyorlanmoqda. U o'zini yaxshi
his qilib, Brekston-Xiks tug'luqlari
uni bezovta qilmayapti. Mekoniy
(dastlabki chaqaloq najasini)
yig'ishda davom etmoqda.
Bolaning deyarli barcha endokrin
bezlari ishga tushgan. Ularning
gormonlari bolaning
organizmidagi modda
almashinuviga juda katta ta'sir
ko'rsatib kelmoqda. Uning talog'i
o'z faoliyatini endi boshladi. Aynan
taloq organizmda himoya
funksiyasini bajaruvchi limfosit va
monositlarni ishlab chiqarmoqda.
Taloq bolaning suyak miyasi ishlab
chiqarayotgan eritrositlar sifatini
nazorat qilgan holda ular ichidan
nuqsoni borlarini ajratib olib yo'q
qilmoqda.

manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 3476 | Добавил: XakkeR_Kg | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytda sizga nimalar yoqmaydi ?
Всего ответов: 1
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama