00:29 Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 22 haftasi | |
Onaning holati Xuddi o'tgan haftalar singari sizdagi qon hajmi tobora oshib bormoqda. Bunga qondagi plazma sababchi. Plazma bu qon suyuqligining tarkibi bo'lib u qon moddalarini eritish qobiliyatiga ega. Shuning uchun ko'p homilador ayollarda fiziologik anemiya kuzatiladi. Fiziologik anemiya normal holat bolishiga qaramay, haqiqiy anemiya emasligiga amin bo'lish uchun shifokor bilan temir moddasini qo'shimcha qabul qilish haqida maslahatlashing. Ikkinchi trimestrda siz juda aktiv bo'lib, o'zingizni yaxshi his qilmoqdasiz. Bu davrda toz organlarida qon aylanish tezlashgani tufayli sizning jinsiy aloqadan lazzatlanishingiz ko'payishi seziladi. Bundan havotirga tushmang. Bolaga buning zarari yo'q. Shifokor man qilmagan bo'lsa, bemalol jinsiy aloqa qilishingiz mumkin. O'tirganingizda qaddingizni rostlab o'tiring. Belingiz suyangan holatda bo'lsin. Doim oyoqlaringiz tagida kichik bir 20-30 smlik tokcha bo'lsa, oyoq tomirlariga tushayotgan og'irlik kamayadi. Homiladorlikning 5-oyida tovoningiz kattalashishi mumkin. Buning sababi oyoq shishi, vazn oshishi yoki bo'g'imlarning bo'shashishi bo'lishi mumkin. Bolaning holati Bolaning uzunligi 27-27.5 sm Og'irligi 420-425 gramm. Bola atrof-muhitni qabul qilish qobiliyati takomillashib bormoqda. Uning miyasida neyron hujayralarining barchasi vujudga kelib bo'ldi. Atrof-muhitni qo'llari bilan tegish orqali o'rganmoqda. Endi u qo'l- oyoqlarini bukushni, qanday bukishni, ular bilan harakat qilishni o'rganmoqda. U o'z yuzini tegmoqda, qo'llarini silamoqda, barmog'ini so'rishni ham biladi. Tug'ilgandan so'ng bolaning bu qobiliyatlari yanada mustahkamlanadi. Faqat keyin u qo'llari o'rniga nima ko'rsa og'ziga solishga harakat qiladi. Uning tirnoqlari to'liq o'sgan. Qoshlari butunlay shakllanib bo'ldi. manba: Uzbaby.uz | |
|
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot
Reklama