00:31
Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 21 haftasi

Onaning holati
Keyingi 10 hafta davomida bola
yog' saqlashni boshlagani uchun
sizning vazningiz tez ko'payishni
boshlaydi. Bu davrda vazningiz
oshish darajasi butun
homiladorlik davomida orttirilgan
vazn miqdorining yarmiga teng
bo'ladi.
Undan tashqari sizning
ushtaxangiz oshayotganini
sezasiz, chunki hozir
organizmdagi modda almashinuvi
500 kalloriyaga ko'proq ozuqa
talab qilmoqda. Yaxshi
ovqatlaning, faqat yo'gliq
mahsulotlar va shirinliklardan
kamroq yeyishga harakat qiling.
Birdan g'alati narsa yegingiz kelib
qolsa, hayron bo'lmang. Ba'zi
ayollar qum yegisi kelib qolishi
ham mumkin. Bu shunchaki
homiladorlikning qiziq tomonlari,
xolos. Bachadonning yuqori qismi
taxminan kindikdan 1.25 sm
balandroqda. Sizning
ko'kraklaringiz ancha
kattalashgan. Ba'zi ayollarda
ko'krak uchidan suyuqlik ajralishi
kuzatiladi. Uni toza chit mato bilan
artib tashlang. Aslo siqmang.
Sizing soch va tirnoqlaringiz juda
tez o'smoqda. Oldin o'smagan
joylarda ham soch o'sishi
kuzatilishi mumkin.
Beldagi og'riqlarni kamaytirish
maqsadida quyidagilarni bilib
olganingiz ma'qul:
Og'irlik ko'tarmaslikka harakat
qiling. Agar ko'tarish talab etilsa, u
holda oyoqlaringizni keng ochib,
belni egmasdan tizzangizni
bukkan holda o'tiring va og'irlik
kuchi oyoqlarga tushishini
ta'minlab ko'taring.
Og'irlikni ikki qo'lga bo'lib olib
ko'taring.
Birdaniga og'ir yukni ko'tarib
olmang. Asta-sekin shoshmasdan
harakat qiling.
Agar orqa tomon (anus)dan qon
chiqishi kuzatilsa, qo'rqib
ketmang. Orqadan qon chiqishiga
odatda gemorroy sababchi
bo'ladi. Gemoroy homilador
ayollarda qon tomirlarining
kengayishi natijasida va ich
qotishi tufayli ko'p uchrab turadi.
Gemorroy va tomilarning
kengayishini oldini olish uchun
quyidagilarga rioya qiling:
Ich qotishini oldini oling, buning
uchun ko'proq meva va
sabzavotlardan, turshak va olxo'ri
sharbatlaridan iste'mol qiling.
To'g'ri ichak tomirlariga og'irlikni
kamaytirish maqsadida yon
tomoningizda uxlang.
Uzoq vaqt mobaynida turmang,
o'tirmang.
Ichingiz kelayotganda qattiq
kuchanmang;
Homiladorlik davrida klizmadan
foydalanish aslo mumkin emas,
chunki homila tushishiga,
bachadon mushaklari bo'shashib
ketishiga olib kelishi mumkin.
Kun davomida oyoqlaringizni
ko'targan holda ko'p dam oling.
Bu kichik qiyinchiliklar odatda
homiladorlikdan so'ng o'tib
ketadi.
Bolaning holati
Bolaning uzunligi 25 sm atrofida,
og'irligi 360-370 gramm
Uning qonida qizil moddalarning
miqdori yetarlicha bo'lib, endi oq
qon hujayralari ham ishlab
chiqarilmoqda. Ular infeksiyalar
bilan kurashishga yordam
beruvchi moddalardir.
Bolaning tilida ta'm aniqlovchi
a'zolari shakllanmoqda. Uning
peshanasi, labining yuqori
qismida momiqni aniq ko'rsa
bo'ladi. Ayniqsa qosh va ko'zlari
atrofida momiq miqdori juda ko'p.
Yuzning aynan shu qismi dastlabki
chaqaloq moyi bilan ko'p
qoplangan. Bu moy o'tgan
haftadan beri ishlab chiqilmoqda.
Uning ko'zlari hali ham qovoqlar
ostiga berkitilgan. Hozirgi davrda
bolaning jinsini aniq bilsa bo'ladi.
Lekin ba'zi bolalar oyoqlarini
bekitib olib jinsini bildirishni
istamaydilar. U homila oldi
suvlarida tez harakat qilmoqda.
Ushbu trimestrning oxiriga kelib
bola bir pozitsiyaga o'rnashishni
boshlaydi. Odatda bola boshi bilan
tug'ilish yo'llari tomon qaragan
bo'ladi. Ba'zida taxminan 3-4%
homilador ayollarda bola qin
tomonga dumbasi yoki tozi bilan
qaragan bo'lib qolishi mumkin.
Bolaning hazm qilish tizimi
yetarlicha shakllanib bo'lgani
uchun endi u homila oldi
suvlaridan ichib yuborganda
undagi qand ajralib ichaklariga
shimirilmoqda.
Bu ovqatlanishning yangi usuliga
o'tishdagi birinchi qadam. Albatta
hozirgi kunda hali ham bolani
asosiy oziqa moddalari bilan
yo'ldosh ta'minlab kelmoqda. Shu
davrga qadar qon yaratilish
funksiyasini jigar va selezyonka
bajargan bo'lsa, endi bu jarayonga
suyak miyasi ham rivojlanib
qo'shilmoqda.

manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 7061 | Добавил: XakkeR_Kg | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytda sizga nimalar yoqmaydi ?
Всего ответов: 1
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama