00:33 Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 20 haftasi | |
Onaning holati Urug'lanishdan so'ng 18 hafta o'tgani bilan sizning homiladorligingiz endi hammaga ayon. Qorningiz ham dumaloq shaklga ega. Bachadonning yuqori qismi deyarli kindik darajasida joylashgan. O'sayotgan bachadon siydik pufagiga, oshqozon va o'pkaga bosim bermoqda. Natijada tez-tez siydik qistashi, hansirash sizni bezovta qilib turishi mumkin. Odatda hansirash tug'ishdan oldin 4-6 haftada yo'qoladi. Chunki Natijada tez-tez siydik qistashi, hansirash sizni bezovta qilib turishi mumkin. Odatda hansirash tug'ishdan oldin 4-6 haftada yo'qoladi. Chunki shu davrda bachadon va bola tug'ishga tayyorgarlik ko'rib pasayishni boshlaydilar. Siz endi homiladorlik davrining yarmini o'tib bo'ldingiz. Endi siz kuchingiz ko'payishini his qilasiz. Soch va teringiz holati ancha yaxshilanadi. Siz borgan sari ochilib ketayotganingizni hamma seza boshlaydi. Ko'proq toza havoda shahardan chetda dam olib turishda aylanishga borib turing. Ko'kragingiz kattalashgan bo'lib, ko'krak uchlari rangi yanada to'qlashgan. Ba'zi ayollarda ko'krak ichidan sariq suyuqlik ajralishi kuzatiladi. Uni aslo siqmasdan, toza chit sochiq bilan artib tashlang. Ko'krak bolani emizish uchun sut ajratishga tayyorgarlik ko'rmoqda. Bo'g'imlar bo'shashgani tufayli bel og'riqlari sizni bezovta qilib turishi mumkin. Past poshnali tufli kiyib yuring, qaddingizni rostlang, hozirdan egilib qolsangiz homiladorlikning 9-oyiga keib qorin ko'tarib yurishga qiynalib qolasiz. Undan tashqari, qaddini tik tutgan ayollarda bel og'riqlari kam kuzatiladi. Shu oyga kelib siz haftasida 0.5 kgdan ortiqroqqa semirmoqdasiz. Endi o'z vazningizni oshishiga e'tibor berib yuring. Semirtiradigan mahsulotlardan ko'ra foydali, vitamin va minerallarga boy mahsulotlardan yeyishga odatlaning. Homiladorlikning boshidan 20- haftasigacha kelib ayolning vazni optimal ravishda 3 kg ga oshgan bo'lishi kerak. Homiladorlik davrida sochni bo'yash tavsiya etilmaydi. Harakatlaringiz mayin bo'lsin. Sabchib o'rningizdan turmang, o'gir narsani birdaniga ko'tarib yubormang, barcha harakatlaringiz mayin va ravon bo'lsin. Agar yuzingizga dog' tushgan bo'lsa yuzingizni quyosh nurlaridan asrang. Bu degani ko'chaga chiqishdan voz kechish emas, sizga toza havo hozir juda kerak, faqatgina yuzingizni keng shlyapa kiyib quyoshdan bekitsangiz bo'ladi. Bel og'riqlarini kamaytirish maqsadida quyidagilarga amal qiling: Vazningizga e'tibor berib yuring, haddan tashqari semirmaslikka harakat qiling. Ortiqcha vazn umurtqaga qo'shimcha og'rilik bo'ladi. Baland poshnali tufli kiymang. Poshna past va keng bo'lishi kerak. Uzoq vaqt mobaynida tik turmang. Holatingizni tez-tez o'zgartirib turing. Yumshoq eziluvchan matrasdan ko'ra qattiq matrasda yotish beldagi og'riqlarni kamaytiradi. Karavatdan turayotganingizda birdan turmay, asta sekin turing. Ginekolog bilan maslahatlashgan holda maxsus belbog'larni taqib yuring. Qo'llaringizni baland ko'tarmang (parda ilish, kir ilish uchun tortilish va hokazo. Katta farzandlaringiz bo'lsa, ularni ko'tarmaslikka harakat qiling, agar ko'tarsangiz ham asta shoshmasdan ko'tarib uzoq vaqt ushlamang. Ginekologbilan maslahatlashgan holda homiladorlar uchun maxus jismoniy mashg'ulotlarni yoki homiladorlar uchun yoga mashg'ulotlarini bajaring. Odatda homiladorlikning 18-22- haftalari oralig'ida batafsil ultra tovushli diagnostika qilinadi. Bunda homilaning rivojlanishidagi tug'ma nuqsonlar, homiladorlikning ayrim patologiyalari yoki yo'ldosh holati patologiyalari aniqlanadi va kerak bo'lsa muolajalar belgilalanadi. Bolaning holati Bolaning uzunligi 25 sm, og'irligi 285 gramm atrofida. Bu haftada bolaning teri bir oz qalinlashadi va 4 qatlamga ega bo'ladi. Undan tashqari endi uning yog' bezlari uni himoyalovchi maxsus yo'glarni ajratishni boshladilar. Bu yog'lar bola terini amniotik suyuqlikdan himoya qilib turadi. Bola tug'ilganda uning qoshlari atrofida ushbu yog'larning yig'ilib qolganini ko'rishingiz mumkin bo'ladi. Bolaning yurak urushini bemalol ultra tovushli diagnostika orqali yoki maxsus apparatda eshitib ko'rsa bo'ladi. Bola harakatlari juda aktiv, lekin bola ma'lum bir vaqt qimirlashini sezmay qolsangiz havotir bo'lmang, demak u dam olyapti. Uning ichaklarida dastlabki najas - mekoniy ishlab chiqishi boshlandi. Agar sizda egizaklar bo'lsa, ular bir-birlariga qarab hatto qo'l ushashlari ham mumkin. manba: Uzbaby.uz | |
|
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot
Reklama