00:34 Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 19 haftasi | |
Onaning holati Siz bag'ringizdagi bolangiz qimirlashini sezmoqdasiz. Vazningiz oshib, bo'ksalaringiz asta kengaymoqda. Qorin ham sekin kattalashib bormoqda. Agar sizning bu holatingiz kechqurun uxlashda qiynayotgan bo'lsa, u holda atrofingizni yostiqlar bilan o'rab oling va o'zingiz istagan tomoningizga yostiqlarni tirgab qo'yishingiz qulay uxlashingizga yordam beradi. Imkoniyatingiz bo'lsa, homiladorlar uchun maxsus darslarga qatnashing. Darslarga qatnashib tuqqan ayollar ancha oson va og'riqsiz tug'ishlari tasdiqlanib kelmoqda. Homiladorlikning 5-oyida ayol quyidagi holatlarni his qiladi: homila qimirlashining kuchayishi; qin ajralishlarining ko'payishi; qorin tagida yengil og'riqlar; ich qotishi; jig'ildoq qaynashi, qorin shishi (gazlar); bosh og'rig'i, bosh aylanishi, hushdan ketish; burun oqishi, burundan qon oqishi, burun bitishi; quloq bitishi; milklarning qonashi; ishtaha kuchayishi; oyoq tomirlarining tortishi; oyoq va qo'llarning, ba'zida yuzning shishi; tizza va oyoq qon tomirlarining varikoz kengayishi; yurak urushining tezlashishi; bel og'rishi; qorin yoki yuz terisiga dog'lar tushishi; homiladorlikni vujud bilan his etish; kayfiyat o'zgaruvchalikni kamayishi. Bu davrda o'zingizni charchatmasligingiz lozim. Ish va dam olishni bir me'yorga qo'ying. Hozir sizga homiladorlikning 1- trimestriga nisbatan kuchingiz ko'pdek tuyulishiga qaramay siz o'zingizni va kuchingizni nihoyatda asrashingiz kerak. Ona bo'lganingizda sizga bu juda kerak bo'ladi. Homilador ayol chap biqinida uxlashi tavsiya etiladi. Shunda oyoqlar orasiga yostiq qo'yib yotish qulay bo'ladi. Bu holat bolaga kerakli ozuqaga boy qon oqimining borishini ta'minlab, ayolning buyrak faoliyatini yaxshilaydi. Natijada oyoq va qo'l shishlari kamayadi. Bolaning holati Homilaning uzunligi 20-22 sm Og'irligi 227-230 gr Shu haftada bolaning miyasi o'sib bormoqda. Bolaning boshi noproporsional kattaligi uning miyasi rivojlanib borishidan dalolat beradi. Uning miyasidagi mushaklarga javob beruvchi asab to'qimalari o'z joyini egallab olgan bo'lib, endi bolaning harakatlari ancha aniqdir. Bu hafta bolaning tez o'sish haftasi. Agar bagr'ingizda qiz bo'lsa, uning tuxumdonida dastlabki tuxum hujayralari vujudga kelmoqda. Butun badani hali ham lanugo nozik momiq bilan qoplangan. Bu momiq uning tug'ilgunicha badanida bo'ladi. Uning boshida kichik quloqlari o'z joyini egallab olishdi. Sut tishlari kurtaklari ostida asosiy tishlar kurtaklari paydo bo'ldi. Qo'l va oyoqlari proporsional razmerga ega bo'ldi. Hozir bolaning tovoni 2.5 sm bo'lgani bilan keyinchalik u o'sgan sari uning oyoq uzunligiga bo'lgan nisbati shundayligicha qoladi. Asosiysi - aql. Bolaning boshida millionlab neyronlar bir-birlari bilan aloqa o'rnatmoqdalar. Bolaning ajralib chiqayotgan siydik miqdori juda kam bo'lib u 5 oyda soatida 2.2 ml ni tashkil qilmoqda. Ajralib chiqayotgan siydik yo'ldosh orqali onaning qoniga o'tib ketadi. Shuning uchun yo'ldosh bola uchun nafaqat oziqlantirish, nafas oldirish funksiyasini bajaradi, balki chiqaruvchi funksiyasini ham amalga oshirib kelmoqda. manba: Uzbaby.uz | |
|
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot
Reklama