00:35 Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 18 haftasi | |
Onaning holati Agar bu sizning birinchi homiladorligingiz bo'lsa, u holda aynan shu hafta siz uchun juda hayajonli davr. Chunki aynan shu davr ichida siz birinchi bor bolangiz qimirlashini seza olasiz. Lekin vazni og'ir ayollar bola qimirlashini birinchi bor 19-20 haftalarda his qilishlari mumkin. Bolaning qimirlashi qorinda suvning kulkullaganiga o'xshaydi. Ba'zi ayollarga bolaning qimirlashi qorindagi gazlar harakatini eslatadi. Homiladorlik davirda qindan ajralishlarning ko'payishi kuzatiladi. Bundan xavotir olish kerak emas. Lekin ajrlalishlarning patologik, ya'ni normal bo'lmagan turlari ham mavjud. Bu infeksiya yoki zamburg' kasalliklari vujudga kelganidan dalolat beradi. Ularni oldini olish maqsadida quyidagilarni bajarish foydali bo'ladi: tamponlardan foydalanmang, ular qin ichiga mikroorganizmlarni tushishiga olib kelishi mumkin; jinsiy a'zolaringiz tozaligiga ahamiyat berib yuring; qisadigan, sintetikadan yasalgan ichki kiyimlarni kiymang; o'tkir kimyoviy gigiyena vositalaridan foydalanmang; shakrli mahsulotlarni kamroq yeng, iloji bo'lsa umuman yemang; qatiq yoki yogurtdan bir stakan har kuni yeyishga o'rganing, undagi sut kislotasi tayoqchalari qindagi muhitni kasalikka qarshi qilib ushlab turishga yordam beradi. hojatxonaga borganda najasni qin tomon o'tishiga yo'l qo'ymaslik kerak; agar infeksiya eringizdan o'tgan bo'lsa, u holda davolangandan so'ng jinsiy aloqani faqat prezervativ bilan amalga oshirish kerak bo'ladi. Agar qindagi ajralishlarning hidi bo'lsa, ularning rangi sarg'ish, kul rang yashil bo'lib, juda quyuq bo'lsa, ularga qo'shimcha sizni qichinish, achitish yoki og'riq va qizarish bezovta qilsa, tezda ginekologga uchrashingiz talab etiladi. Ushbu holatlar qinda infeksiya yoki bakterial kasallik mavjudligini ko'rsatmoqda. Ularni homilaga zarari bo'lmasligi uchun o'z vaqitda davolash talab etiladi. Bolaning holati Homilaning uzunligi 20 sm; Og'irligi 198-200 gr Bag'ringizdagi bolangiz tashqi dunyoni idrok etmoqda va o'zi haqida sizga tepkilari bilan xabar bermoqda. Bola sizni eshitishni ham boshlagan. Uning quloqlaridagi eshitish apparati va miyasidagi eshitish uchun javob beradigan qatlamlar butunlay shakllanib bo'ldi. Uni sizning yurak urushingiz yoki qon aylanish tovushi aslo bezovta qilmayapti. Lekin tashqi muhitdagi kuchli sho'lqin uni cho'chitib yuborishi mumkin. Endi unga klasik musiqalarni qo'yib u bilan bemalol suhbatlashishingiz hatto ertak o'qib berishingiz ham mumkin. Hozircha yo'ldosh ichida bo'sh joy ko'pligi uchun bola harakatlarida juda erkin. U o'z holatini tez-tez o'zgaritirb turadi. Sizga bola uxlayotgani tuyulgani bilan u tashqi muhitni butunlay seza olmoqda. Masalan, agar siz yalong'och qorningizni quyosh nurlari ostiga keltirsangiz, bola och pushti yog'duni ko'ra oladi. Uning suyaklari mustahkamlanishda davom etmoqda. Homilaning harakatchaligi tufayli uning yurak faoliyati kuchaymoqda, qon bosimi ko'tarilmoqda, organizm va yo'ldosh bo'lylab qon oqimi tezlashmoqda, natijada qon tarkibida kislorod va oziq moddalar miqdori ko'paymoqda. manba: Uzbaby.uz | |
|
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot
Reklama