00:36
Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 17 haftasi

Onaning holati
O'sayotgan homilani
oziqlantirishda yo'ldoshga yordam
beruvchi sizning yurak
faoliyatingiz 40%ga oshgan.
Kuchli qon aylanish kichik qon
tomirlariga og'irlik qilishi mumkin.
Shuning uchun burundan qon
oqishi yoki milklar qonashi shu
davrda tez-tez kuzatilib turishi
mumkin.
Bachadoningiz kindikdan 3.8-5 sm
pastroqda
joylashgan. Homiladorlik davrida
onaning qon bosimi o'zgaruvchan
bo'lib qoladi.
Odatda homiladrolikning dastlab
davrida u biroz pasaygan bo'lsa,
homiladorlikning 7-oylaridan
so'ng ko'tarilishni boshlaydi.
Homiladorlik davrida qon
bosimining ko'tarilganligiga
quyidagilar sabab bo'ladi:
asabiylashish;
tez yurish;
vahima;
vaznning tez oshishi;
organizmda suv qolib ketishi
natijasida qo'l va oyoqlarning
shishi;
siydikda oqsil paydo bo'lishi.
Agar sizda qon bosimingiz tez-tez
ko'tarilib turayotgan bo'lsa, bu
haqda shifokorga xabar
berishingiz kerak. Undan tashqari
iloji boricha asabiylashmay,
vahimaga tushmay yaxshi narsalar
haqida o'ylab, chiroyli niyatlar qilib
yurishingiz foydali bo'ladi.
Homiladorlikning 2-trimestrida
anemiya (kamqonlik) holati ham
uchrab turadi. Anemiya haqiqatan
mavjudligini shifokor analizlardan
bilib oladi. Anemiyani oldini olish
uchun homilador ayol temir
moddasiga boy mahsulotlardan
iste'mol qilishi kerak. Agar
shifokor lozim topsa
homiladorlarga mo'ljallangan
temirga boy maxsus temir
preparatlarini qabul qilishi kerak
bo'ladi.
Odatda homilanining temirga
bo'lgan ehtiyoji birinchi navbatda
qondiriladi. Shuning uchun
anemiyasi bor homilador ayollar
tuqqan bolada temir kamchiligi
kuzatilishi juda kam. Lekin ba'zida
bola muddatidan oldin yoki kichik
vazn bilan tug'ilib qolishi mumkin.
Bolaning holati
Bolaning uzunligi 17 sm
Og'irligi - 142 gr
Homila tez sur'atlarda rivojlanib
bormoqda. Yo'ldosh ham undan
qolmay rivojlanishda davom
etmoqda. Agar homiladorlikning
boshida yo'ldosh ingichka parda
shaklida bo'lgan bo'lsa,
homiladorlikning oxiriga kelib
qalinligi 2.5 sm lik devorlarga ega
bo'lgan o'g'ir massaga aylanadi.
17 haftada yo'ldosh butunlay
shakllanib bo'lgan bo'ladi. Uning
qalin qon tomirlari orqali homilaga
ozuqa yetkazilib berilmoqda. Shu
haftada maxsus jigar rang yog'
ajralib turadi. Bu yog'
to'qimasining maxsus qatlami
bo'lib, u organizm uchun muhim
bo'lgan issiqlik aylanishida
ishtiroq etadi.
Ushbu davrda bolaning butun
badani maxsus lanugo momig'i
bilan qoplanadi. Bu keyinchalik
insonning terisidagi betakror
chiziqlarga aylanadi. Bolaning teri
hali ham juda ingichka bo'lib, yog'
qatlamlari mavjud emas. Lekin
yog'lar asta sekinlik bilan
yig'ilishni boshlayapti. Shu yog'lar
bola tug'ilgandan so'ng badanini
kerakli haroratda ushlab turishda
yordam beradi. Endi bola
yo'ldoshdan ko'ra og'irroq.
Bachadondan tashqaridagi
sho'lqinlar bolani hayron
qoldirmoqda. Bolaning bo'yni aniq
ko'rinmoqda. Ko'krak qismi nafas
olish harakatlarini amalga
oshirishi ko'rinmoqda. Sut tishlari
kurtaklari dentin - tishning asosiy
to'qimasi - bilan qoplanmoqda.

manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 7509 | Добавил: XakkeR_Kg | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytning yangi ko'rinishi yoqdimi ?
Всего ответов: 4
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama