00:39
Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 16 haftasi

Onaning holati
O'sayotgan homilaga joy bo'lishi
uchun sizning bachadoningiz
tobora kengayib bormoqda.
Homila oldi suvlarning miqdori bu
haftaga kelib 250 ml ni tashkil
qiladi. Odatda homiladorlikning
16-20 haftasida ko'plab test va
analizlar topshiriladi. Aynan shu
davrda AFP va uchlamchi test
amalga oshiriladi.
Bu testlar xavfsiz bo'lib Daun
sindromi, spina bifida(umurtqa
kasalliklari) va boshqa kasalliklarga
xatar borligi yo yo'qligini
aniqlaydi. Agar test natijalariga
ko'ra, onaning qonidagi
ko'rsatkichlar normadan
chetlashgani, chuqurroq
tekshiruvlar, masalan,
amniosentez muolajasi amalga
oshiriladi.
Statistikaga qaraganda, analiz
topshirgan 1000ta ayol ichidan 50
tasida qon testlari normadan
uzoqlashganini aniqlanadi,
shulardan faqat 1-2 tasida keyingi
tekshiruvlar natijasi haqiqiy
kasallik borligini aniqlab beradi.
Sizning ko'krak bezlaringiz
ishlashni boshladilar, shuning
uchun ko'krak sezuvchan bo'lib,
ozgina shishmoqda. Ko'krak
bezlari tomon qon o'tishining
kuchayishi natijasida ko'krak qon
tomirlari teridan aniqroq ko'rinib
turmoqda.
Belingiz deyarli yo'qolgan bo'lib
qorin asta dumoloqlashmoqda.
Sizning hissiyotlaringiz:
Kayfiyatingiz juda yaxshi.
Tez-tez xursand bo'lib
hayajondasiz.
Teringizda o'zgarishlar paydo
bo'lgan (dog' tushishi, ko'krak
uchining rangi to'qlashi, qorinda
dog'lar). Bu alomatlar
homiladorlikdan so'ng o'tib
ketishi kerak.
Homila o'sgan sari sizning
ishtahangiz oshib boryapri.
Kundalik kiyimingiz siqishni
boshlagani bilan homiladorlarning
kiyimini kiyishga hali erta.
Talab etilsa, temir preparatlarini va
vitaminlarni ichishni boshlasangiz
bo'ladi.
Agar sizda bundan oldin
homiladorlik bo'lgan bo'lsa, u
holda siz bu haftada bolaning
birinchi qimirlashini sezishingiz
mumkin bo'ladi. Agar bu birinchi
farzandingiz bo'lsa, u holda yana 2
haftacha kutishga to'g'ri keladi.
Vazningiz 2.5 kg ga oshgan
bo'lishi kerak.
Bolaning holati
Homilaning uzunligi 16 sm bo'lib,
og'irligi 85-100 grammni tashkil
qilmoqda.
Uning qosh va kipriklari paydo
bo'lgan bo'lib, uning badani
momiq bilan qoplangan. Qo'l va
oyoq bo'g'imlari shakllanib suyak
qattiqlanishni boshlanmoqda.
Jinsiy a'zolaridan bolaning jinsini
aniqlash mumkin. Lekin buni Ultra
tovushli diagnostika ham hali aniq
bilib bera olmaydi. Bolaning
ko'krak qismi nafas olish
harakatlarini qilmoqda. Bola
barmog'ini sormoqda. U hozir
juda ko'p harakat qilishi bilan siz
hali buni sezmasligingiz mumkin.
Uning yuragi sizning
yuragingizdan 2 barobar tezroq
urmoqda. Homiladorlikning 14 chi
haftasidan so'ng ginekolog buni
maxsus stetoskop yordamida
eshita oladi.
Hali ham bolaning boshi tanasiga
nisbatan katta. Uning bo'yni
yanada yaqollashdi. Bolaning
tirnoqlari butunlay shakllanib
bo'ldi. U har 40-45 daqiqa siydik
pufagini bo'shatmoqda.
Endi bola organizmi ishlash
faoliyatiga buyraklar qo'shildi. Endi
siydik ishlab chiqarishni ular o'z
zimmasiga olgan.
Bola kosmonavt singari homila
oldi suvlarida bemalol mazza qilib
suzib yurmoqda.
Ichki sekretsiya bezlari
takomillashib borib, bolaning
buyrak usti bezlari gormon ishlab
chiqarmoqda. Bu gormonlar bola
organizmining umumiy gormonlar
darajasiga o'z hissasini
qo'shmoqda.

manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 7450 | Добавил: XakkeR_Kg | Рейтинг: 1.0/1
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytning yangi ko'rinishi yoqdimi ?
Всего ответов: 4
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama