00:39 Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 15 haftasi | |
Onaning holati Ko'pchilik ayollarda aynan shu kunlardan boshlab kiyimlarning siqishi kuzatiladi. Bu davrdan asta sekin maxsus homilador ayollar kiyimi haqida o'ylashni boshlasangiz bo'ladi. Deyarli hammada toksikoz alomatlari o'tib ketdi. Endi homiladorlikning yengil davri boshlandi. Sizning energiyangiz esa ko'paygandek tuyulmoqda. Homilani kislorod bilan to'ydirish maqsadida yuragingiz aktivlashmoqda. Bolaning holati Homilaning bo'yi 13 sm bo'lib, og'irligi 90 gramm atrofida. Bolaning terisi juda ingichka bo'lib, uning orasidan qon tomirlari ko'rinib turmoqda. Uning boshida sochlari o'sib qoshlari qalinlashmoqda. Agar bola qora sochli bo'lsa, uning follikulalari maxsus pigment ishlab chiqarishni boshladi. Bola harakatchan va qayshqoq bo'lmoqda. Qo'llari bukilib u musht tugmoqda. Skelet va suyak miyasining shakllanishi davom etmoqda. Homila oldi suvlarini homila pufagi ishlab chiqarmoqda. Shu suvlar kuniga 8-10 martagacha yangilanmoqdalar. Buning natijasi suv doim steril va kerakli tarkib (suv, mineral va organik moddalarning nisbati)da saqlanmoqda. Homila pufagi bilan amniotik suyuqligining ahamiyati homila uchun juda katta. Bu homilani mexanik shikastlardan saqlovchi, erkin harakat ta'minlovchi, o'pka, buyrak va hazm qilish tizimini rivojlantiruvchi katta yordamdir. manba: Uzbaby.uz | |
|
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot
Reklama