00:40
Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 14 haftasi

Onaning holati
Homiladrolkning eng chiroyli davri
boshlandi. Bu davrda onani deyarli
hech narsa bezovta qilmaydi. U
o'zining bo'lajak ona bo'lishidan
bahramand bo'lib yuradi.
Bachadon tobora qorin qismi
tomon ko'tarilib kindikdan
yuqorida ekanligi bilinmoqda.
Organizmdagi gormonal
o'zgarishlar sizda namoyon
bo'lmoda. Ba'zi ayollarda
kindikdan boshlab pastga tomon
ingichka to'q rangli chiziq - "linea
negra" - paydo bo'lishi mumkin.
Homiladorlikdan so'ng u o'tib
ketadi. Bu davrda burun oqish
yoki burundan qon oqishi qonda
progesteron va estrogenlarning
ko'payganidan vujudga keladi. Bu
holatni yengillashtirish uchun
havo namlagichlardan foydalanish
va burunni vazelin bilan artib
turish tavsiya etiladi. Ovqat
rasionida vitamin C ga boy
mahsulotlarning ko'pligi tomirlarni
kuchaytirib qon oqishini oldini
oladi.
Qo'shimcha vitaminlar ichishdan
ehtiyot bo'ling, ular bolaning
vaznini ko'payib ketishitishi, unda
har xil teri kasalliklarini vujudga
kelishiga olib kelishi mumkin.
Bu davrda odatda quyidagilar
qilinadi:
- ayol vazni va qon bosimi
o'lchanadi;
- oqsil va qand darajasini
aniqlovchi siydik analizi qilinadi;
- homila yurak urishi aniqlanadi;
- bachadon rezmerlari aniqlanadi;
- ayolning qo'l va oyoqlari tomirlar
varikoz kengayishi yoki shishlar
vujudga kelganligiga tekshiriladi;
- bo'lajak onani bezovta qiladigan
barcha savollar aniqlanadi.
Bolaning holati
Homilaning uzunligi 12-13 sm,
vazni 90-100 grammni tashkil
qiladi.
Homilaning yuzi tobora
o'zgarmoqda. Uning lo'njlari va
kanshari belgilanmoqda. Quloqlari
bo'yindan tobora bosh tomon
yaqinlashmoqda. Ko'zlarning
orasidagi masofa oldingi singari
katta emas. Bu davrning asosiy
ko'rsatkichi bo'lib bolaning
barmoqlarida lanugo-mikroskopik
rasm paydo bo'lishidir. Bu rasm
keyinchalik inson barmoq izlariga
aylanadi. Lanugodan tashqari
bolaning qoshlari paydo
bo'lmoqda.
Ushbu hafta ichki organlar uchun
juda muhim. Qalqonsimon bezi
gormon ishlab chiqarishda davom
etmoqda. Qiz bolalarda tuxumdoni
qorin qismidan toz qismiga
tushdi.
Endi bola amniotik suyuqlikka
siymoqda. Undan tashqari
amniotik suyuqlikni o'pkalariga
nafas olish harakatlarini
qilayotgan chog'i kirg'azib
yubormoqda. Shunisi qiziqki,
amniotik suyuqlik har 3 soatda
yangilanadi. Lekin u qaerdan va
qanday ishlab chiqilishi hali ham
to'liq aniq emas.
Agar jigar oldin faqat qon ishlab
chiqarish funksiyasini bajargan
bo'lsa, endi u hazm qilish tizimida
ham o'z o'rnini egalladi. Qonning
barcha to'qimalari
shakllanmaganligiga qaramay,
hozirdan qonning guruh va
rezusini aniqlash mumkin.
Ichaklarda dastlab chiqindilar
paydo bo'lmoda, lekin ular
hozircha faqat safrodir.

manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 4129 | Добавил: XakkeR_Kg | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Каердан сайтимизни Топдингиз?
Всего ответов: 112
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama