00:41
Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 13 haftasi

Onaning holati
Shu davrga kelib ko'pchilik
toksikozdan butunlay xoli bo'ladi.
Endi gormonal o'zgarishlar natijasi
bo'lmish onaning kayfiyatidagi
o'zgaruvchanlik, bezovtalik va
vahima yo'qqa chiqmoqda.
Endi 2 trimestr boshlanmoqda. Bu
davrni nisbatan tinch va yengil
davr deb atasak bo'ladi. Shu
kunlarda siz haqiqatan ona
bo'layotganingizdan xursand
bo'lishni boshlaysiz. Chunki o'tgan
12 hafta sizni toksikoz, homila
holati va salomatligi haqidagi
kuchli bezovtaliklaringiz endi
kamayadi.
Shifokor bilan maslahatlashgan
holda gimnastika, yoga va suzish
kabi mashg'ulotlar bilan
shug'ullanganingiz homilaga ham,
sizga ham foydali bo'ladi.
Bolaning holati
Homila uzunligi 105 mm bo'lib,
og'irligi 28.3 grammni tashkil
qilmoqda.
Uning 20 dona tishlari uchun asos
solindi. Oshqozon osti bezi insulin
ishlab chiqarishni boshladi.
Bolaning jigari safro chiqarmoqda.
Bosh miya rivojlanishda davom
etmoqda.Bolani ozuqa va kislorod
bilan ta'minlashda asosiy rolni
yo'ldosh o'ynamoqda. Keyingi
oylarda bu rolni o'ziga homila oldi
suvlari ham oladi. 13-haftada
progesteron va estriol kabi
gormonlar ishlab chiqarish
funksiyasini yo'ldosh o'z
zimmasiga oldi.
Yo'ldosh o'girligi 30 gramm.

manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 8728 | Добавил: XakkeR_Kg | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saboq.ORG saytiga qay darajada muhlissiz ?!
Всего ответов: 56
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama