00:42 Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 12 haftasi | |
Onaning holati Bachadon taxminan 10 smga kattalashgan bo'lib, toz qismiga sig'may qorin tomon ko'tarilmoqda. Endi ultra tovushli diagnostika yordamida shifokor homila razmerlarini va tug'ish muddatini aniqroq aytib berishi mumkin. Sizning yuragingiz urishi bir oz tezlashgan, chunki qon aylanishi kuchaygan. Hozirdan qaddingizni rostlab yurishga o'rganing, bukchaymang. Qorin kattalashgan sari o'zingizni to'g'ri ushlab turishingiz foyda bo'ladi. Ba'zi ayollarda ko'krak o'g'riqlari sezilishi mumkin. Asta sekinlik bilan toksikoz kamayishi kuzatilmoqda. Ovqatlanishingizga ahamiyat bering. Meva va sabzavotlar kundalik rasioningizda juda ko'p va xilma xil bo'lishi kerak. Shifokor bilan maslahatlashgan holda homilador ayollar uchun maxsus gimnastika, yoga yoki suzish bilan shug'ullanishni boshlasangiz bo'ladi. Sizning vazningiz tahminan haftasiga 0.5 kgga oshib bormoqda. Shirinliklardan nariroq bo'ling. Quyidagilarni his qilsangiz shifokorga murojaat qiling: - qindan ko'p miqdordagi ajralishlar, ayniqsa hidli bo'lsa; - qorindagi o'tkir og'riq; - qon ketishi. Bolaning holati homila 12 hafta UTD Homilaning uzunligi 70-90 mm, og'riligi 14-15 gramm. Bola keskin rivojlanib va o'sib kelmoqda. Oxirgi uch hafta ichida u 2 barobar kattalashgan. Homilaning boshi hali ham tanasiga nisbatan kattaroq bo'lishiga qaramay, u tobora odamchaga o'xshab ketmoqda. Bolaning harakatlari ko'paygan: endi u o'z barmoqlarini so'ra oladi, uyqusizlik payti o'g'zini ochib yopadi, qo'l va oyoqlarini qimirlatadi. Endi u tashqi muhitdagi tovush va harakatlarga javoban reaksiya qiladi. Shu davrdan e'tiboran homiladorlar uchun mo'ljallangan maxsus klasik musiqa tinglashni boshlang. Bu davrda bolaning deyarli barcha a'zolari shakllanib bo'lib, endi u tashqi muhit salbiy ta'siriga, xususan, ona ichayotgan dori vositalarga va infeksiyalarga bardoshliroq. Homilaning oyoq va qo'llari barmoqlarigacha to'liq shakllanib bo'ldi. Barmoqlarida tirnoq o'sishni boshladi. Homila atrofidagi suyuqlikni ichib yuta olmoqda, u hattoki siyadi ham. Quloqlari endi aniqroq belgilanmoqda. manba: Uzbaby.uz | |
|
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot
Reklama