00:43 Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 11 haftasi | |
Onaning holati Bu davrda onani quyidagi holatlar bezovta qilishi mumkin: - charchov; - uyquchilik; - tez-tez siydik qistashi; - ko'ngil aynish va qusish; - so'lakning ko'p ajralishi; - jig'ildoq qaynashi; - gaz yig'ilishi; - ko'krak bezlarining o'zgarishi (kattalashgani, tajanglashgani, ko'krak uchinining chiqib qolishi, va rangi o'zgarishi); - qorin va oyoqlarda tomirlarning kengayishi; - bosh og'rishi; - kayfiyatning o'zgaruvchanligi. Har kuni kamida 2-3 soat davomida toza havoda aylanib yurish, chiroyli narsalarga qarab, yoqimli musiqa eshitish haqida unutmang. Bolaning holati Homilaning uzunligi - 55 mm, og'irligi 7 gramm atrofida. Homila nafaqat qimirlayapti, balki onaning harakatlari (kulishi, yo'talishi)ga javob ham qaytarmoqda. Uning qo'lchalari ushlash harakatlarini amalga oshirmoqda. Endi homila hid seza oladi. Ona yeyayotgan ovqatning hidini homila ham his eta oladi. Qon-tomir tizmi shakllanishni tugatmoqda. Shakllanish jarayonida onaga tashqi muhitning salbiy ta'siri homilada yurak kasalliklar paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun 1-trimestr homilani himoya qilish va tashqi muhitdan asrashda eng muhim davr. Tashqi muhit ta'siriga har xil dori vositalarni qabul qilish ham kiradi. Homilaning ko'zlari rivojlanib bo'ldi, lekin hali jajji ko'z qovoqlari bilan qoplanib turibdi. Eng asosiysi bu davrda uning og'iz va ichak tizimi butunlay shakllanib bo'ldi. Miyaning ikkala yarimsharlari shakllanib rivojlanishda davom etmoqda. manba: Uzbaby.uz | |
|
| |
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot

Reklama