00:45 Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 9 haftasi | |
Onaning holati To'qqizinchi hafta juda muhim hafta hisoblanadi. Chunki bu davrga kelib ayol tuxumdonidagi sariq moddaning gormon ishlab chiqarish faoliyati sustlanib ushbu faoliyatni asta sekinlik bilan yo'ldosh o'z zimmasiga olishi kuzatiladi. Yo'ldoshning shu davrga kelib qanchalik rivojlanganligi homiladorlik normal davom etishiga ta'sir ko'rsatadi. Agar yo'ldosh yetarlicha rivojlangan bo'lsa, u holda u kerakli gormonlarni ishlab chiqarishni o'z zimmasiga oladi, lekin uning rivojlanishi kechikkan bo'lsa, u holda homilaning tushish ehtimoli vujudga keladi. Agar sizda qalqonsimon bez muammolari mavjud bo'lsa, bu davrda endokrinolog bilan maslahatlashish maqsadga muvofiq bo'ladi. Onaning qalqonsimon bez faoliyatining buzulishi homilaning qalqonsimon bezi faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Shuning uchun edokronologning tavsiyasi bilan kerakli muolajani olish foydadan xoli bo'lmaydi. Ba'zida qinda ozgina sariq ajralishlar kuzatilishi mumkin. Bu narsa tabiiy bo'lib, sizni bezovta qilmasligi kerak. Bolaning holati Homila uzunligi 13-15 mm bo'lib, og'irligi 2 grammni tashkil qilmoqda. Embrionning beli bukilgan holatdan asta sekinlik bilan to'g'rilanib kelmoqda. Boshi hali ham ko'krakka egilib turib, badaniga nisbatan ancha katta razmerga ega. Homilaning qo'l va oyoqlari shakllanishda davom etmoqda, bu harakatda qo'llar ancha oldinda. O'pkada ingichka trubka shaklida bronxlar paydo bo'lmoqda. manba: Uzbaby.uz | |
|
| |
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot

Reklama