00:46 Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 8 haftasi | |
Onaning holati Ayol bachadoni kattalashgani bilan tashqaridan hali homiladorlik bilinmaydi. Toksikoz alomatlari saqlanibgina qolmay kuchayishi ham mumkin. Ayrim ayollarda tomirlarning kengayishi namoyon bo'lishi mumkin. Buning sababi bachadon tomirlarininig toz tomirlariga bosimi, oyoq tomirlaridagi bosimning ortib borishi, qon hajmining ko'payishi va boshqalardir. Tomir kengayishini ayolning oyoqlarida tormilarning setkasimon bo'lib yoyilib qolishidan ko'rsa bo'ladi. Tomir kengayishi homiladorlikning dastlabki kunlarida boshlanib homiladorlikning oxirgi davrida ayolga qiyinchiliklar tug'dirib qo'yishi mumkin. Uni oldini olish maqsadida quyidagilarga amal qilish kerak: Vazn o'ta oshib ketishini nazorat qiling, yog'li va uglevodli mahsulotlar(shirinliklar, tortlar)dan kamroq iste'mol qiling; Uzoq vaqt o'tirish yoki turishdan xoli bo'ling; O'tirganingizda oyoqlaringizni son balandligiga ko'tarib qo'ying; Yotganda oyoqlar ostiga ko'rpa yoki yostiq qo'yib yoting; Og'irlik ko'tarmang; Siqadigan kiyim kiymang; Toza havoda ko'p aylaning; Vitamin C ga boy mahsulotlardan ko'proq iste'mol qiling. Bolaning holati Homila uzunligi 8-11 mm bo'lib, og'irligi 1.5 grammni tashkil qilmoqda. Ko'rinishini qulupnay mevasiga o'xshatsa bo'ladi. Homilaning barmoqlari shakllanishni boshlab, qo'llari tirsaklarda bukilishni boshladi. Bo'yinning ikki tomonida quloqlar shakllanishni boshlab, yuzida tepa lab va burun shakli paydo bo'lmoqda. Homila tobora haqiqiy odamga o'xshab bormoqda. Uning yuragi urib, oshqozoni oshqozon safrosini ishlab chiqarmoqda, buyraklar o'z faoliyatini boshlamoqdalar. Ichki organlarning deyarli barchasi shakllanib bo'lgani bilan hali badan ichida o'z joyini egallashga ulgurmagan. Qo'l va oyoqlari uzunligi uzaygan. Homila harakatda bo'lgani bilan siz xali buni seza olmaysiz. manba: Uzbaby.uz | |
|
| |
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot

Reklama