00:49 Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 7 haftasi | |
Onaning holati Ko'p ayollar bu davrda quyidagi jismoniy va psixologik ko'rinishlarini his etadilar: ko'ngil aynish, qusish, so'lakning keskin ajralib chiqishi; ich qotishi; jig'ildoq qaynashi, qorinda gazlar yig'ilishi, ovqat hazm qilish tizimining buzulishi; ishtahaning o'zgarishi; ovqatlarga nizbatan kuchli nafrat yoki ehtiyoj paydo bo'lishi; ko'krak bezlarining oz'garishi: kattalashishi, uchlarining atrofi to'qlashishi; bosh og'riqlar namoyon bo'lishi; bosh aylanishi; vahima, qo'rquv, kayfiyatning tez-tez o'zgarishi. Homiladorlikning 2-oyida quyidagi analizlar topshiriladi: Qin mazogi; OITS va sifilis testlari; Qon va siydikning umumiy analizlari; Xorionganodropin gormonini aniqlovchi siydik analizi (uning yordamida homiladorlik ma'qul tarzda o'tayotgani aniqlanadi); Boshqa maxsus tekshiruvlar (agar bundan oldingi homiladorlikda muammolar yoki homila yo'qotilishi sodir bo'lgan bo'lsa). Bolaning holati Homilaning uzunligi 6-9 mm ni, og'irligi esa 0.8 grammni tashkil qiladi. Uning jigari qon yaratish markaziga aylandi. Qizilo'ngach va traxeya rivojlanmoqda. Ingichka ichak bilan ko'krak qismi rivojlanishni endi boshlamoqda. Buyrak usti bezlari shakllanmoqda. Bosh miya intensiv rivojlanmoqda. Embrionning katta boshi ko'kragiga egilib turmoqda. Qo'l va oyoqlari ajralib kelmoqda.Markaziy asab tizimining umumiy holati shakllanmoqda. Suyak hujayralarining rivojlanishi boshlandi. manba: Uzbaby.uz | |
|
| |
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot

Reklama